Oltinli rudаlаrini flоtаtsiya usulidа bоyitish tехnоlоgiyasi.
Ma’danlarda oltin sof holda, sulfidlarda mayda dispers holda, tellur yoki
selen bilan kimyoviy birikma holda, uchraydi. Sof oltin kimyoviy toza
holda bo‘lmaydi, kumush, mis, temir, vismut, palladiy va boshqa
qo‘shimchalar bilan uchraydi. Odatda sof oltinni probasi 700 dan 900
gacha bo‘ladi. Sof oltin zarrachalari nihoyatda mayda zarrachadan katta
sof, tug‘ma og‘irligi o‘nlab kilogrammgacha bo‘lishi mumkin.
Sof oltin uchraydigan sulfidli minerallar: pirit, arsenopirit, xira
ma'dan, xalkopirit, galenit va birikmalar bilan ham uchraydi.
Oltin konlaridagi noma'dan minerallar asosan kvars, kalsit, barit va
silikatlardan iborat bo‘ladi.
Oltin, shuningdek, kompleks ma’danlarda: oltini bor margumushli,
oltini bor sheelitli, oltin-misli va boshqa ma’danlar tarkibida bo‘ladi.
Oltin konlari sochma va ma’danli bo‘ladi. Oltin konlarini alohida
turi oltinli aglomeratlar tashkil qiladi. Bu turdagi oltin (va uran) koniga
dunyodagi eng katta kon Vitvatersrand (JAR) kiradi. Sochma oltin
konlarida oltin miqdori kam bo‘lsa ham, uni ajratib olish mumkin [2].
Hozirgi mavjud texnologiyalar asosida ma'danli konlardagi
oltinning miqdori 1-5g/t bo‘lganda, ajratib olish samarali bo‘lsa, ishlab
chqariladi.
Qadim zamonda, oltin sochma konlardan Afrikada, Janubiy
Amerikada, Osiyoda (Xitoy), Yevropada (Ispaniya) va boshqa bir qator
joylarda ishlab chiqarilgan.
XIX asr oxirlariga kelib sochma konlardagi oltin zahiralari juda
kamayib ketdi. Hozirgi vaqtda asosan ma'danli konlardan oltin olinadi va
uning umumiy miqdorini 2-3% ini sochma konlardan olinadi.
Zamonaviy ma’danli oltin konlar Kanada, AQSH, Avstraliya,
Zimbabve, Gana, Dominikan Respublikasi, Filippin orollari va boshqa
davlatlarda bor.
199
Sof oltin konlaridan tashqari, rangli metallarni sulfidli: misli, mis-
nikelli, mis-molibdenli, qo‘rg‘oshin-ruxli ma'danlarni qayta ishlashda
qo‘shimcha oltin va kumush ajratib olinadi. Oltin ma'danlarda asosan sof
metall holida qo‘shimchalar bilan birga uchraydi. Sof oltin tarkibiga
qo‘shimchalardan asosan kumush, mis, temir, oz miqdorda margumush,
vismut, tellur, selen va boshqa elementlar bo‘ladi. Sof metall tarkibidagi
oltin miqdori 75-90% (asosan 85% atrofida), kumush 1-10% (ayrim
hollarda 20% vahatto 40% gacha), temir va mis 1% gacha. Mis
ma’danlarida misli oltin, mis-nikelli ma’danlarda palladiyli, platinali,
rodiyli oltin uchraydi.
Oltinning ma’lum bo‘lgan minerallaridan (20 dan ortiq) sanoat
ahamiyatiga ega bo‘lgan oltin hisoblanadi.
Ma’danlarda sof oltin har xil shaklda bo‘ladi: irmoqli, simli,
dendritli,
plastinkali,
tangasimon
va
boshqa
turda.
Sof
oltin
zarrachalarining o‘lchami har xil, hatto mikroskop ostida ham
ko‘rinmaydigan mayda zarrachalardan tortib, gigant tug‘ma oltin og‘irligi
10-100 kg gacha bo‘lishi mumkin. Katta tug‘ma sof oltin juda kam
uchraydi. Sof oltinning asosiy qismi mayda zarrachalardan iborat 0,5-1mm
va undan kichik bo‘ladi. Sof oltinni ma’dandagi o‘lchamiga qarab yirik
(+70mkm), mayda (-70+1mkm) va juda mayda zarrachalarga (-1mkm)
bo‘linadi. Oxirgisi sulfidli ma’danlarga xos.
Yirik oltin zarrachalari ma’dan yanchilganda, ma’dansiz qismidan
ajraladi va gravitatsiya usulini qo‘llanilganda, gravitatsion boyitmaga
o‘tadi.
Yirik oltin zarrachalari flotatsion boyitmaga yaxshi o‘tmaydi va
sianid eritmasida sekin eriydi.
Mayda oltin zarrachalari yanchilganda, qisman toza holda va boshqa
minerallar bilan birikkan bo‘ladi. Sof holdagi mayda oltin zarrachalari
asosan flotatsiyalanadi, sianid eritmasida tez eriydi, gravitatsion jarayonda
boyitmaga yaxshi o‘tmaydi. Juda mayda zarrachali oltin sulfid minerallari
bilan birikkan bo‘lib, yanchilganda qisman ajraladi, asosiy qismi pirit va
arsenopirit minerallari bilan birga bo‘ladi.
Juda mayda zarrachali oltini bo‘lgan ma’danlar qiyin boyitiladi va
maxsus usullarni qo‘llab, qayta ishlanadi.
Ko‘p hollarda oltin zarrachalari temir yoki marganes oksidlari bilan,
arsenopirit (FeAsS), kovellin (CuS), galenit (PbS) va boshqa minerallar
bilan qoplangan bo‘ladi. Oltin zarracha ustidagi qoplama zich bo‘lganda,
oltin sianid eritmasiga kam o‘tadi.
200
Oltin zarrachasi yirik bo‘lib, usti plyonka bilan qoplangan bo‘lsa,
gravitatsiya qo‘llanilganda boyitmaga o‘tadi, boyitmadan ajratishda
maxsus usul qo‘llaniladi. Bunday ma’danlarni flotatsiyalashda olinadigan
boyitmada oltin miqdori nisbatan kam bo‘ladi. Oltin asosan valyuta
hisoblanadi.
Oltinni asosiy qismi zargarlik buyumlari ishlab chiqarishda, tish
ishlashda va tibbiyotda qo‘llaniladi. Oltin va uni qotishmalari elektron
hisoblash mashinalarida ishlatiladi. Oltin kimyo sanoatida ko‘p
ho‘llaniladi. Zargarlik buyumlari toza oltindan va uni qotishmalaridan
tayyorlanadi. Oltinga kumush va misni qo‘shilishi qotishmani qattiqligini
oshiradi. Zargarlik buyumlaridagi oltinni (kumushni yoki platinani)
qotishmadagi 1000 og‘irlik qismidagi ulushi probasini ko‘rsatadi. Oltin
buyumlari 375, 583, 750 va 958 proba bilan ishlab chiqariladi. Ayrim
davlatlarda (AQSH, Buyuk Britaniya, Shveytsariya) toza oltin (1000
probali) 24 karatga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |