3. Flotatsiya mashina kamerasidagi bo‘tana sathi
Flotomashina kamerasida bo‘tana sathining pasayishi ko‘pikli
mahsulotni ajralishini kamayishiga va qimmatbaho komponentni
chiqindiga yo‘qotilishiga olib keladi.
Bo‘tana sathining oshib ketishi puch tog‘ jinslarini boyitma bilan
birga chiqib, boyitma sifatini pasayishiga olib keladi.
4. Jarayonning reagent tartibi
Bu jarayonning ososiy omillaridan biridir. Reagentlar sarfini qayta
ishlanayotgan ruda miqdoriga proporsional holda ushlab turish zarur.
Reagentlarni qo‘shish belgilangan miqdorda avtomatik amalga oshirilishi
zarur. Reagentlarning yetishmasligi va ko‘payib ketishi flotatsiyaning sifat
va miqdor ko‘rsatkichlariga yomon ta`sir ko‘rsatadi. Reagent tartibini
o‘zgartirish qayta ishlanayotgan ruda xarakteri va xossalari
o‘zgargandagina amalga oshiriladi.
5. Bo‘tanani aeratsiyalash
Bo‘tanani aralashtirish va ko‘pik hosil qilish uchun havoning
miqdori muhim parametr hisoblanadi. Havoning miqdorini nazorat qilish
ko‘pik hosil qilish sifatini, ko‘pik qatlami balandligini va havo
pufakchalari diametrini optimal o‘lchamda ushlab turish va pufakchani
minerallashtirish darajasini oshirish uchun muhimdir.
203
3.26.
Amalgamatsiya usulining nazariy asoslari
Simob yordamida ruda va boyitmalar tarkibidagi nodir metallarni
ajratib olish usuli amalgamatsiya deyiladi. Amalgamatsiyada oltin
saqlovchi material yanchilgan holda simob bilan o‘zaro ta'sirlashadi. Oltin
zarrachalari simob bilan ho‘llanadi, hamda amalgama hosil qilib
to‘planadi. Rangli metallar, temir va boshqa minerallar simob bilan
ho‘llanmaydi va shuning uchun amalgamaga o‘tmaydi. Shunday qilib
amalgamatsiya jarayonining asosida suyuq simobning oltinni tanlab
ho‘llab amalgama hosil qilishi yotadi. Amalgama katta zichlikka ega
bo‘lganligi uchun uni qoldiq material (bo‘sh tog‘ jinsi) dan oson ajratib
olish mumkin.
Amalgamatsiya jarayoni 2 ketma-ket keladigan bosqichdan iborat:
1) oltinning simob bilan ho‘llanishi;
2) simob bilan oltinning o‘zaro ta'siri (diffuziya).
Bunda birinchi bosqich - oltinni simob bilan ho‘llanishini hal
qiluvchi bosqich hisoblanadi. Oltin yuzasi qanchalik yaxshi ho‘llansa,
amalgamatsiya jarayoni suvli muhitda olib borilgani uchun, oltinni simob
bilan ho‘llanishida 3 ta faza - oltin, simob va suv ishtirok etadi.
Fizikaviy kimyo kursidan ma'lumki, ikki fazaning ajralish chegarasi
erkin holdagi sirt energiyasiga (sirt tarangligiga) ega, uning miqdori o‘zaro
tegib turgan fazalarning tabiatiga bog‘liq. O‘zaro tegib turgan fazalar
qutblanganligidagi farq qanchalik katta bo‘lsa, erkin sirt energiyasi
shunchalik katta bo‘ladi. Fazaning qutblanganligi o‘lchami sifatida
dielektrik doimiylik, molekulaning dipol momenti va fazaning boshqa
molekulyar xossalaridan foydalaniladi. Termodinamikaning ikkinchi
qonuniga asosan, har qanday fazalar aro yuza erkin energiyasini
kamaytirish uchun o‘z-o‘zidan qisqarishga harakat qiladi.
Oltinni simob bilan ho‘llanishi ajralish fazalari chegarasidagi sirt
tarangligi miqdori bilan o‘lchanadi. Bunday ajralish fazalari chegaralariga:
oltin-suv; oltin-simob; simob-suv kiradi.
Suvga botirilgan oltin plastinka ustiga bir tomchi simob tomizsak, u
quyidagi nisbat bilan o‘lchanadigan muvozanat qaror topmaguncha
plastinka ustida yoyiladi:
α burchagi – ho‘llanish burchagi deyiladi. Ho‘llanish burchagi α
qancha kichik bo‘lsa, ho‘llanish shuncha yaxshi bo‘ladi. Amalgamatsiya
jarayonini o‘rganishga I.N.Plaksin o‘zining juda ko‘p izlanishlarini
bag‘ishlagan. Bu ishlar natijasida shu narsa aniqlandi-ki, oltinning simob
204
bilan ho‘llanishi oltin va simobning kimyoviy tarkibiga, ular yuzasining
holatiga va simobning potensialiga bog‘liq.
Toza oltin kumush qo‘shimchalari temir rangli metallar aralashgan
oltinga nisbatan, simob bilan yaxshi ho‘llanadi. Bu holat shu bilan
tushuntiriladiki, oltinning tarkibida bo‘lgan qo‘shimchalar uning yuzasida
oksid parda hosil qiladi va bu parda ho‘llanishini qiyinlashtiradi. Oltinni
yuzasida oksid parda hosil bo‘lganda oltin-simob chegarasida sirt-taranglik
ortadi, oltin-suv chegarasida esa kamayadi, bu α ning ortishiga olib keladi.
Shuning uchun simob nodirmas metallarni ho‘llamaydi, chunki ularning
yuzasi hamma vaqt oksid parda bilan qoplangan bo‘ladi. Lekin, yangi hosil
qilingan, hali oksid parda bilan qoplanishga ulgurmagan nodirmas metallar
ham xuddi oltinga o‘xshab, simob bilan yaxshi ho‘llanadi. Masalan, agar
simobga solib qo‘yilgan rux plastinkani sindirib, yana simobga solsak, Zn
ning singan joyi simob bilan darrov ho‘llanadi.
Kimyoviy jihatdan toza simob oz miqdorda boshqa metallar (0,1 %
gacha) saqlovchi simobga nisbatan oltinni yomonroq ho‘llaydi. Rangli
metallar aralashmasi 0,1% dan ortsa ho‘llanish yomonlashadi.
Ho‘llanishning yomonlashuvi bu holda simobning yuzasida rangli
metallarning oksid pardasi hosil bo‘lishi bilan tushuntiriladi. Oltinning
simob bilan ho‘llanishiga oltinning yuzasining holati ham ta'sir qiladi.
Mahsulotning yanchish natijasida yangi ochilgan oltin yuzasi simob
bilan yaxshi ho‘llanadi. Agar yanchish davom ettirilsa,oltin yuzasi
sulfidlarning yoki boshqa qo‘shimchalarning mayda zarrachalari bilan
qoplanadi va ho‘llanish yomonlashadi, buning natijasida amalgamatsiya
jarayonining natijalari kamayadi. Shuning uchun oltinni simob bilan yuza
ochilgan zahoti biriktirish kerak.
Oltin
zarrachalarining
simob
bilan
ho‘llanishida
oltin
amalgamatsiyasida ishlatiladigan simob yuzasini holati katta ahamiyatga
ega. Simob qo‘zg‘aluvchan, yangi yaltiroq yuzaga ega bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, u mayda zarrachalarga bo‘linganda, bu zarrachalar tezda
birikib, yaxlit holga o‘tishi kerak. Mayda zarrachalarga bo‘linib, keyin
yaxlitlanmaydigan simobni ishlatilganda, ular birinchidan oltinni
zarrachalarini yomon ho‘llaydi, texnologik jarayondan chiqib ketadi va
o‘zi bilan oltin olib ketadi, qoldiq chiqindiga o‘tadi (penzovanie).
Buning sababi: loyqa (pulpa) ga yog‘li, ko‘mirli, grafit
moddalarning aralashib qolishi va h.k. Bu hodisa yuz bermasligi uchun
ruda me’yoridan ortiq maydalanib ketmasligi kerak.
Ba’zi hollarda olinadigan amalgama qotib qoladi yoki mo‘rt buladi.
Bunda simobga ma’lum miqdorda mis va temir aralashib qolgan bo‘ladi.
205
Mis odatda yomon amalgamatsiyalanadi, lekin yangi qaytarilgan,
oksidlanmagan holda osonlikcha simob bilan ho‘llanadi. Oltinli rudalar
ba'zi hollada ma'lum miqdorda mis minerallarini saqlashi mumkin. Bunday
rudalarni yanchilayotgan paytda mis ham eritmaga o‘tishi mumkin. Undan
tashqari, mis ionlari sanoat suvlari bilan ham jarayonga tushishi mumkin.
Mis ionlari maydalash mashinalaridagi mexanik ishqalanishlar ta'sirida
hosil bo‘lgan metall holdagi temir bilan qaytariladi. Buning natijasida
temir zarrachalari yuzasida mis sementlashadi, u simob bilan oson
ho‘llanadi va temir bilan birgalikda amalgamaga ilashadi va uni mo‘rt qilib
qo‘yadi. Mis ionlarining bunday salbiy ta'siriga qarshi kurashish
maqsadida loyqaga (pulpa) ohak qo‘shiladi va mis gidroksid holiga
cho‘ktiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |