57-rasm.
Saralovchilarning joylashish sxemasi
Bir tomonlama tanlab ajratishda lentaning maksimal kengligi 0,75
m, ikki tomonlama tanlab ajratishda esa 1,2 – 1,4 m chegaralarda bo‘ladi.
Ikki tomonlama tanlashda saralovchilar shaxmat tartibida joylashadi. Bitta
saralovchiga to‘g‘ri keladigan ruda ajratish maydonining uzunligi 1-2 m ni
tashkil etadi. Ruda ajratgich konveyerning harakatlanishi tezligi – 9-12
m/daq. Ni tashkil qiladi.
211
Ruda konveyerda bir qatlamli joylashishi lozim, bunda konveyer
lentasining uzunligi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
B = 0,28x10
-3
Q/(d
max
vdk),
bunda, Q – unumdorlik, t/s; d
max
– qayta ishlanadigan ruda
bo‘lagining eng katta o‘lchami, m; d – lentadagi rudaning sochilma
zichligi, t/m
3
; v – lentaning harakatlanishi tezligi, m/s; k – lentaning ruda
bilan to‘ldirilishi koeffitsiyenti, k = 0,3-0,4.
Lentaning uzunligi quyidagi formulalardan aniqlanadi:
saralovchilar lentaning bir tomoni bo‘ylab joylashuvida
L = L
0
+ (N + 1) l;
saralovchilar konveyerning ikkala tomoni bo‘ylab joylashuvida
L = L
0
+ 0,5(N + 1) l,
bunda, L
0
– lentaning bo‘sh qolgan uzunligi (xavfsizlik texnikasi
qoidalari bo‘yicha 3-4 m ga teng); l – saralovchilar o‘rtasidagi masofa, m;
N – saralovchilar soni.
Ruda ajratish jarayoni samaradorligi quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar
bilan tavsiflanadi: bo‘sh tog‘ jinslarini saralash koeffitsiyenti e bilan,
qoldiqli tiqilmalar R
q
bilan, ishlayotgan saralovchilar soni N bilan va
ularning mehnat unumdorligi bilan.
Bo‘sh tog‘ jinslarini saralash koeffitsiyenti:
e = 100 Q/Q
p
, %,
bunda, Q va Q
p
– bo‘sh tog‘ jinslarining massasi, mos ravishda
saralangan va dastlabki rudada, t.
Qoldiqli tiqilmalar quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
R
ost
= 100 Q
q
/ D, %,
bunda, Q
q
– saralashdan so‘ng rudada qolgan bo‘sh tog‘ jinslarining
massasi, t; D – saralashdan so‘nggi ruda massasi, t.
Saralovchilarning maqbul soni faqat iqtisodiy hisoblashlar bilan
belgilanadi.
Qo‘lda saralash unumdorligi rudaning yirikligiga, saralovchilarning
malakasiga bog‘liqdir. Rudaning 20-40 mm yirikligida saralovchining
unumdorligi 1,5 t/smena gacha va 200-300 mm yiriklikda 8 t/smena
gachani tashkil etadi.
58-rasmda ko‘mirni boyitish fabrikalarida bo‘sh tog‘ jinslarini
saralashning namunaviy sxemasi keltirilgan.
Qo‘lda saralash jarayoni yuqori darajada sermehnatligi bilan
tavsiflanadi, bu ajratiladigan material yirikligi kamayishi bilan oshib
boradi. Ishchi zonaning yoritilishi muhim ahamiyatga egadir. Bunda faqat
yetarlicha yoritilishni ta’minlab qolmasdan, balki yoritishning maqbul
212
xususiyatlarini: bir tekis tarqalgan yoki yo‘naltirilgan yorug‘lik, nurlanish
manbasining spektral xususiyatini (gazorazryadli simobli, lyuminessentli,
kvars lampali) ham tanlash lozim.
Saralash samaradorligini oshirish uchun ishlov berilayotgan
material farqlanuvchanligi: saralashdan oldin rudani yuvish, mayda
sinflarni ajratish, oldindan kimyoviy ishlov berish, UB-nurlar bilan
nurlantirish oshiriladi. Qator minerallar ultrabinafsha nurlar bilan
nurlantirilganda rangini o‘zgartiradi: olmos – havorang; sfalerit – sariq;
serussit (PbCO
3
) – sariq va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: |