Фитопрепаратлар кимёси ва технологияси фанидан



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/88
Sana02.02.2022
Hajmi2,35 Mb.
#425710
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   88
Bog'liq
fitopreparatlar texnologiyasi

Alkaloidlarning xromatografik taxlili
 
Alkaloid 
saqlovchi 
o‗simliklarning 
va 
alkaloidlarni 
analiz 
qilishda 
xromatografik usullarning xamma turlari (adsorbsion, ion almashish, taqsimlanish, 
bo‗linish va boshqalar) keng miqyosda qo‗llaniladi. Bu usullardan alkaloidni 
ajratmada qancha va qanday birikmalar borligi, alkaloidlar yi\indisidan ayrimlarini 
ajratib olishda xamda ularning miqdorini aniqlashda foydalaniladi. 
Xromatografik analiz qilish uchun avval maxsulotdan tegishli ajratma 
tayyorlanadi. Buning uchun maydalangan maxsulotdan 1 g olib, 100 ml xajmli kolbaga 
solinadi, ustiga xlorid kislotaning 1% li eritmasidan 25 ml quyib, vaqt-vaqtida 
chayqalib turgan xolda bir necha soat davomida qo‗yib qo‗yiladi yoki qaynab turgan 
suv xammomi ustida 5 min qizdiriladi, so‗ngra uni sovitib, paxta orqali 100 ml li 
bo‗luvchi voronkaga filtrlanadi. Filtratda alkaloidlar tuz xolida bo‗ladi. Keyin ajratma 
fenotftalin buyicha ishqoriy sharoitga o‗tguncha filtratga ammoniy gidrooksidining 
konsentrik eritmasidan tomchilab quyiladi va asos xoliga o‗tgan alkaloidlar 5 ml 
xloroform bilan chayqatib ajratib olinadi. SHu ajratma xromatografik analiz uchun 
ishlatiladi. 
Alkaloidlarning qog‗ozli xromatografik (KX yoki BX) taxlili. 
Xromatografik qog‗ozning «start» chizi\iga (pastki chetidan 2-3 sm 
balandligida) kapillyar naycha yordamida tayyorlangan ajratmadan 0,1 ml xamda 


alkaloidlarning 
«guvox» eritmalaridan bir-biridan 2sm masofada tomiziladi. 
Tomizilgan ajratma va «guvox» eritmalar qurigandan so‗ng xromatografik qo\oz bir 
sutka oldin n-butenol-sirka kislota - suv aralashmasi (5:1:4) qo‗yib qo‗yilgan 
xromatografik kameraga joylashtirilib, 14-15 soat davomida xromatografiya 
o‗tkaziladi (xromatografik kameraning qopq\i yopiq xolida bo‗ladi). Ko‗rsatilgan vaqt
o‗tgandan so‗ng, xromatogramma kameradan olinadi, quritiladi va unga Dragendorf 
reaktivi purkaladi. Natijada ajratmadagi va «guvox» alkaloidlar sariq fondda zar\aldoq 
do\lar xolida ko‗riladi. Do\larning 
R
f
aniqlanadi va ajratmadagi xamda «guvox» 
alkaloidlarning 
R
f
ni solishtirib ko‗rib, o‗simlik ajratmasida qanday alkaloid borligi 
to‗\risida xulosa chikariladi. 
Alkaloidlarning yupqa qavatli xromatografik (YUKX yoki T SX) taxlili 
KSK markali slikagel yopishtirilgan 12 x 9 sm li oyna plastinkasi yoki «silufol» 
plastinkasining «start» chizi\iga kapilyar naycha yordamida o‗simlikdan tayyorlangan 
ajratmadan xamda «guvox» alkaloidlar eritmasidan bir-biridan 2 sm masofada 0,1 ml 
dan tomiziladi. Do\lar quriganidan so‗ng plastinka oldindan xloroform - atseton - 
dietilamin (5:4:1) suyuqliklar aralashmasi qo‗yib qo‗yilgan xromatografik kamerasiga 
joylashtiriladi. Xromatografiya qilish vaqti (30-40 min) o‗tgandan so‗ng plastinka 
kameradan olinadi, quritiladi va unga Dragendorf reaktivlari purkaladi. Natijada 
o‗simlikdan ajratib olingan va «guvox» alkaloidlar sariq fonda zar\aldoq do\lar xolida 
ko‗riladi. Do\larning 
R
f
lari xisoblanadi. So‗ngra o‗simlik ajratmasidagi va «guvox» 
alkaloidlarning 
R
f
larini solishtirib ko‗rib, o‗simlikda qanday alkaloid borligi 
aniqlanadi.
Alkaloidlar miqdorini aniqlash usullari
Alkaloidlar miqdorini aniqlash usullari ko‗p bo‗lib, ular alkaloidlarni cho‗ktirish, oksidlash, asos sifatida 
neytrallash xamda turli rangdagi birikmalar xosil qilishga asoslangan. Maxsulot tarkibidagi alkaloidlar miqdorini aniqlash 
usullari bilan uch bosqichdan iborat: 
1. Alkaloidlarni maxsulotdan erituvchilar yordamida ajratib olish. 
2. Alkaloidlarni turli aralashmalardan tozalash. 
3. Toza alkaloidlar miqdorini turli usullar bilan aniqlash. 
Maydalangan bargdan aniq 10 g tortib olib, 250 ml li shishaga solinadi, ustiga 
150 ml efir va ammiakning kons. eritmasidan 7 ml qo‗shib, bir soat davomida 
chayqatiladi. Bunda asos xamda efirga o‗tgan alkaloid eritmasini darrov 200 ml 
xajmdaga boshqa shishaga paxta orqali filtrlanadi, ustiga 5 ml distillangan suv qo‗shib 
chayqatiladi va tinitish uchun biroz quyib qo‗yiladi. Tingan efirli ajratmadan 90 ml li 
silinrda o‗lchab 200 ml li bo‗luvchi voronkaga quyiladi. Silindrga ikki marta 10 ml 
dan efir solib chayiladi va uni voronkadagi efirli ajratmaga qo‗shiladi. 
Alkaloidlar tuz xolida erib o‗tgan 1% li xlorid kislotani 200 ml li boshqa 
buluvchi voronkaga diametri 5 sm li filtr qo\oz orqali filtrlanadi. Kislota qismi ajratib 
olingandan so‗ng efirli ajratmaga 15 ml 1% li xlorid kislota qo‗shib, 3 minut davomida 
chayqatiladi. SHundan keyin kislota qismi ajratib olinib, oldingi kislota qismiga 
qo‗shiladi. Efirli ajratmaga oxirgi marta 1% li xlorid kislotadan 10 ml qo‗shib, 3 minut 
davomida chayqatiladi va ajratib olingan kislota qismi oldingi porsiyalarga qo‗shiladi. 
Uch marta 1% li xlorid kislota qo‗shib, chayqatib, kislota qismi ajratib olingan efirli 
ajratmada alkaloid qolmaydi. (Meyer reaktivi yordamida tekshiriladi). Alkaloidlar 
eritmasi filtrlangan filtr ko\oz 2 marta 5 ml dan 1% li xlorid kislota bilan chayiladi va 
shu voronkaga quyiladi. 
Filtrat ammiak eritmasi yordamida ishqoriy xolatga keltiriladi va asos xolidagi 
alkaloid 3 marta xloroform bilan 3 minutdan chayqatiladi. Alkaloidlarning 
xloroformdagi eritmasi 4-5 gr yangi suvsizlantirilgan natriy sulfat solingan filtr qog‗oz 
orqali 100 ml li kolbaga filtrlanadi. Filtr qog‗oz 2 marta 5 ml dan xloroform bilan shu 
kolbaga yuviladi. Natijada asl xoldagi alkaloidlarning xammasi erib xloroformga 


butunlay o‗tgan bo‗lishi kerak. Filtrdan xloroform suv qatlami ustida xaydaladi. 
+olgan 1-2 ml xloroform eritmaga sprinsovka bilan xavo yuborib, xloroform butunlay 
uchirilsa, kolbada maxsulotdan ajratib olingan asos xolidagi alkaloidlar yi\indisi 
qoladi. Bu yig‗indi miqdorini aniqlash uchun kolbaga 15 ml 0,02 n xlorid kislota 
eritmasidan qo‗shib, suv xammomi ustida biroz qizdiriladi, so‗ngra indikator qo‗shib, 
reaksiyaga kirishmay qolgan, ortiqcha xlorid kislota natriy ishqorning 0,02 n eritmasi 
bilan kolbadagi aralashma yashil rangga kelgunga qadar titrlanadi. 1 ml 0,02 n li xlorid 
kislota eritmasi 0,00578 gr alkaloidga to‗g‗ri keladi. 
Absolyut quritilgan maxsulotdagi alkaloidlarning % miqdori quyidagi formula 
buyicha xisoblanadi: 
X ((a-b) 0,0057800 100 100) / (P (100-W)) 
X
- maxsulot tarkibidagi alkaloidlarning % miqdori; 
a
- asos xolidagi alkaloidni eritish uchun olingan 0,02 n xlorid kislotaning ml 
miqdori; 
b - reaksiyaga kirishmay qolgan 0,02 n 
HCl
ni titrlash uchun ketgan 0,02n
NaOH
ning ml miqdori; 
P - xisoblash uchun olingan maxsulot og‗iriligi; 
W
- maxsulotni absolyut quritilganda yo‗qotilgan namlik miqdori. 
Xozirgi vaqtda alkaloidlarning chinligini, miqdorini aniqlashda quyidagi 
usullardan xam keng ko‗lamda foydalanilmoqda. 
1. Siqib chiqarish usuli. 
NaOH Alk HA
-
Alk H
2
0 NaSO
4

2. Kayta - titrlash usuli ishlatiladi 
AgNO
3.
3. 
S
uvsiz titrlash usuli. 
HClO
4
kislotaning sirka kislotadagi eritmasi. 
R
3
N CH
3
COOH R
3
N H CH
3
COO
-

HCLO
4
CH
3
COOH CH
3
COOH
2
ClO
4
-

CH
3
COOH
2
CH
3
COO
-
2 CH
3
COOH. 
R
3
N HClO
4
R
3
NH ClO
4
-

4. 
Ion
almashinuv
usuli

Asosan kationidlar ishlatiladi. 
5. Spektrofotometrik usullar. 
Optik zichlik konsentratsiya bilan bog‗lanib grafik chiziladi va kesishgan joyi 
topiladi.

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish