78
etiladi. Bunga esa o„ziga xos sabab va omillar ta‟sir ko„rsatadi. Chunki hech bir
davlat jahon amaliyotida mavjud barcha EIHlar turlarini tashkil etishga majbur emas.
EIHarni tashkil etuvchi mamlakat uchun ushbu hudud namunaviy samara ham
beradi. Ya‟ni milliy iqtisodiyotga yuqori malakali
mehnat resurslari keladi,
zamonaviy texnologiyalar, nou-xaular, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish
tajribasi olib kelinadi hamda mahalliy kadrlarga o„rgatiladi. Erkin iqtisodiy zonalar
marketing samarasini beradi, ya‟ni zonada yaxshi ishni tashkil eta olgan korxonalar
(firmalar) mamlakatning qolgan korxonalari uchun ishni tashkil etishda o„rnak
bo„ladi. Erkin iqtisodiy zonalarda hukumat tomonidan qo„yiladigan to„siqlarni
kamaytirish yo„li ham ishlab chiqarish samaradorligiga ijobiy ta‟sir qiladi.
Bu esa
mamlakatda iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonini tezlashishiga yordam beradi.
Erkin iqtisodiy zonalarlar ustunligining yana bir jihati ilg„or texnologiyalarning
berilishi (tarqalish)dir. U bevosita, bilvosita va raqobat samaralarini beradi:
- bevosita samara – bu erkin iqtisodiy zonalardagi korxonalarning yangi
texnologiya tufayli zamonaviy, raqobatbardosh, sifatli, arzon tovarlar ishlab
chiqarishlaridir;
- bilvosita samara – bu erkin iqtisodiy zonalardagi yangi texnologiya bilan
ishlayotgan korxona, uni tayyor
mahsulotini ishlatadigan, unga xomashyo, yarim
tayyor mahsulot yetkazib beradigan korxonalarga zamon talablariga javob beradigan
buyurtmalar orqali ijobiy ta‟sir qilishidir;
- raqobat samarasi – bu yangi texnologiyaga o„tgan korxonalar zona ichida va
zonadan tashqari firmalar o„rtasida raqobatni kuchaytirib yuboradi, buning natijasida
firmalarni ilg„or texnologiyalarni qo„llashga, yangi texnologiyalar yaratish uchun
ilmiy tadqiqotlar qilishga majbur qiladi.
Erkin iqtisodiy zonalar samaradorligiga ta‟sir etuvchi
quyidagi omillarning
hisobga olinishi muhim o„rin egallaydi:
- EIHlar uchun joy tanlashda oqilona yondashuv (tanlangan maydonda
investitsiyaviy hamkorlikni olib borish uchun obyektiv sharoitlarning mavjudligi;
- imtiyoz va qulayliklar tizimini yaratishda xorijiy investorlar manfaatini har
tomonlama hisobga olish;
- qabul qiluvchi mamlakatda qulay investitsiya muhitini saqlash kafolatining
mavjudligi;
- EIHlar zaruriy va ishchi infratuzilmasining mavjudligi yoki uni yaratish uchun
moliyalashtirish imkonining borligi;
- EIH ma‟muriy boshqaruv tizimining samaraliligi va o„ta moslashuvchanligi.
Umuman olganda, jahon tajribasi shuni ko„rsatadiki, EIHlar faoliyati
samaradorligiga turli omillar ta‟sir ko„rsatadi. Ularning
samaradorligi esa EIHlar
uchun joyni to„g„ri tanlash, yo„nalishni to„g„ri tanlash, siyosiy, moddiy, moliyaviy,
iqtisodiy, geografik, ekologik, mehnat, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, huquqiy,
infratuzilmaviy va boshqa
turli omillarni hisobga olish, xorijdan investitsiya va
texnologiyalarni jalb qila bilish, tashqi iqtisodiy faoliyatni jadallashtira olishga
bog„liq.
Do'stlaringiz bilan baham: