Эркин иқтисодий ҳудудлар


“Xorijiy  investitsiyalar to„g„risida”gi Qonun



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/281
Sana28.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#587396
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   281
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

“Xorijiy 
investitsiyalar to„g„risida”gi Qonun 
hali qabul qilinmadi (qonun loyihasi XXR 
Tijorat vazirligi tomonidan muhokama uchun 2015-yil 19-yanvarda nashr va taqdim 
etilgan). Muhokama hali davom etmoqda. 
Rossiya Federatsiyasida mazkur sohaga oid qonun 2005-yildan qabul qilingan. 
Ya‟ni Rossiya Federatsiyasining “Rossiya Federatsiyasida maxsus iqtisodiy 
hududlar to„g„risida”gi Qonuni 2005-yil 22-iyulda №116-FQ bilan qabul qilingan. 
Mazkur qonun 10 ta bob, 41 ta moddadan iborat. 
Qonunga o„tgan vaqt davomida 21 marta qo„shimcha va o„zgartirishlar kiritilgan 
– 2006-yil 3-iyundan boshlab 2017-yil 18-iyulga qadar sana bo„yicha. 
Rossiya Federatsiyasining “Rossiya Federatsiyasida maxsus iqtisodiy hududlar 
to„g„risida”gi Qonuniga muvofiq 1-bob (1-5-moddalar)da umumiy holat, 2-bob (6-
modda)da RF hududida MIHlarni tashkil etish va amaldagisini tugatish tartibi, 3-bob 
(7-8-moddalar)da 
MIHlarni 
boshqarish, 
4-bob 
(9-11-moddalar)da 
MIHlar 
rezidentlarining huquqiy holati, 5-bob (12-21-moddalar)da sanoat-ishlab chiqarish, 
texnik-tadbiq etish, turistik-rektatsion faoliyat yoki port MIHlarida faoliyat amalga 
oshirish to„g„risida kelishuv, 6-bob (6.1 va 6.2-boblar birgina shu bobda mavjud 
bo„lgan) o„z kuchini yo„qotgan,
 
7-bob (32-35-moddalar)da MIHlar joylashgan 
chegaralarda er uchastkalarini taqdim etish va ko„rsatilgan yer uchastkalaridan 
foydalanish tartibi, 8-bob (36-37-moddalar)da MIHlar hududlarida erkin savdo 
hududlarining bojxona protsedurasini qo„llash, 9-bob (38-39-moddalar)da MIHlar 
rezidentlariga kafolatlarni taqdim etish, 10-bob (40-41-moddalar)da yakuniy holatlar 
aks ettirilgan. 
Rossiya Federatsiyasining “Rossiya Federatsiyasida maxsus iqtisodiy hududlar 
to„g„risida”gi Qonunining 10-bobida keltirilgan yakuniy holatlar (41-42-moddalar)ga 
ko„ra, Rossiya Federatsiyasi hududida tashkil etilgan MIHlarning faoliyati to„xtalishi 
mumkin (41-modda asosida). 
Biroq, (42-moddaga muvofiq) mazkur holat Kaliningrad viloyatidagi MIH 
to„g„risidagi Federal Qonun va Magadan viloyatidagi MIH to„g„risidagi Federal 
Qonun bilan tartibga solinuvchi munosabatlarga taalluqli emasligi ham qayd etib 
o„tilgan. 
Belorus Respublikasida 1998-yil 7-dekabrda “Erkin iqtisodiy zonalar 
to„g„risida”gi “213-Z-sonli Qonun qabul qilinib, mazkur qonun 6 ta bob, 27 ta 
moddadan iborat. Ushbu qonunda mamlakatda faoliyat ko„rsatayotgan 6 ta EIHlar 
(“Brest”, “Minsk”, “Gomel-Raton”, “Vitebsk”, “Mogilev” va “Grodnoinvest” 
EIZlari) va erkin bojxona hududlari kabilarni tartibga solish bilan bog„liq 
munosabatlarning huquqiy asoslarini o„zida mujassam etgan. Mamlakatda faoliyat 
ko„rsatayotgan 6 ta EIHning dastlabkisi (“Brest” EIZsi) 1996-yilda, so„nggisi 
(“Mogilev” va “Grodnoinvest” EIZlari) esa 2002-yilda tashkil etilgan. 
Bundan tashqari, mamlakat Prezidenti tomonidan mavjud EIHlar maydonlarini 
o„zgartirsh va amaldagi farmonlarga o„zgartirish va qo„shimchalar kiritish bo„yicha 


48 
bir qator tegishli farmonlar qabul qilingan. 
EIHlarni tashkil etish uchun zaruriy hujjatlar turli davlatlarda turlicha bo„lishi 
mumkin. Shuningdek, ularda umumiy o„xshashlik jihatlari ham kuzatilishini ta‟kidlab 
o„tmoq lozim. 
Belorus Respublikasining 1998-yil 7-dekabrda “Erkin iqtisodiy zonalar 
to„g„risida”gi “213-Z-sonli Qonuniga muvofiq, EIHlarni tashkil etish uchun quyidagi 
hujjatlar taqdim etilishi shart: 
- nomi, tashkil etilishi muddati, maqsadi, turi, o„ziga xos xususiyatlari, tashkil 
etilish va rivojlantirish choralari ko„rsatilgan EIHni tashkil etish to„g„risidagi Belorus 
Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasi; 
- EIH to„g„risidagi Nizom loyihasi; 
- EIH boshqaruvi Ustavi loyihasi; 
- EIHni rivojlantirishga mas‟ul shaxslar va tashkilotlar, uni moliyalashtirish 
manbalari ko„rsatilgan holdagi dastur loyihasi; 
- EIH joylashishi nazarda tutilgan yerning chegaralari ko„rsatilgan yer-kadastr 
rejasi nuxsasi; 
- EIH joylashishi nazarda tutilgan hududda yer tarkibi, mulkdorlar, ta‟sischilar 
hamda ijarachilar va foydalanuvchilar ro„yxati; 
- EIH joylashishi nazarda tutilgan hududda joylashgan faoliyat ko„rsatayotgan 
yuridik shaxslar va yakki tartibdagi tadbirkorlar ro„yxati; 
- EIH turi va tegishli hududdagi maxsus ekologik va iqtitsodiy shart-sharoitlari, 
uning moddiy va mehnat resurslari, kommkunikatsiyalar bilan ta‟minlangganligi, 
shuningdek, EIHning maxsus huquqiy rejimining nazarda tutilgan xususiyatlari 
moliyaviy-iqtisodiy 
asoslangan 
holda 
tashkil 
etilishining 
zarurligi 
va 
imkoniyatlarining texnik-iqtisodiy asosnomasi. 
Mazkur hujjatlar to„plangandan so„ng Belorus Respublikasi Vazirlar Kengashi 
tomonidan qonunchilikda o„rnatilgan tartibga muvofiq Belorus Respublikasi 
Prezidenti huzuriga ko„rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish uchun kiritiladi
27

Belorus Respublikasi Prezidenti barcha huquqiy asoslar va zaruriy hujjatlar 
to„liq mavjud bo„lgan holatda EIHni tashkil etish bo„yicha farmonni imzolaydi. 
Shunga o„xshash EIHlarni tashkil etish tartibi va huquqiy asoslari boshqa 
mamlakatlar amaliyotida ham kuzatiladi va amalga oshiriladi. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish