Elektrotexnika materiallari


 Dielektrikning fizik xossalari



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/107
Sana18.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#456790
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107
Bog'liq
5c98acff2a7be

2.15. Dielektrikning fizik xossalari 
Dielektrikning zichligi 

ni bilish mahsulot tayyo’rlashda materialga bo’lgan 
ehtiyojni, uning hajm yoki massasini aniqlash uchun zarurdir. Zichlik jism massasi 
(m)
ning uning hajmi 
V
ga nisbati orqali aniqlanadi: 
3
/
m
kg
V
m


. (2.59) 
Organik materiallarda 

= (0,5-1,5)

10
3
, anorganikda esa bu qiymat bir oz 
yuqoriroq: 

 
= (2,5-4,0)

10
3
kg/m
3
.
Materialning gigroskopikligi jismni (namunani) ma’lum vaqt suvda ushlab 
turish orqali aniqlanadi: 
%
100
1
2
1



m
m
m
W
. (2.60) 
bunda: 
m
1
– quruq namunaning massasi
r; m
2
– namunaning suvda ma’lum vaqt 
ushlagandan keyingi massasi, 
r.
Bu kattalik dielektrikning namga chidamliligini baholashda yordam beradi. 
Ko’pgina dielektriklar ma’lum darajada gigroskopik bo’lganligi sababli, 
izolyatsiyani namdan himoya qiladi.
83
83
Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 51-bet. 


107 
Izolyatsiyani namlikdan himoya qilish. 
Shimdirish usulida izolyatsiya 
bo’shliqlari gigroskopik bo’lmagan yoki kam gigroskopik qattiq yoki suyuq 
dielektrik bilan to’latiladi. Shimdirilgan materiallarga avvaliga nam singmay, 
ma’lum vaqt o’tgandan so’ng bu xossa yomonlasha boradi. Ba’zi shimdirilgan 
materiallar o’ziga nam olmaydi. Masalan, shimdirilgan marmarda 

qiymati uzoq 
vaqt o’zgarmay turadi. Tolali shimdirilgan material (qog’oz, karton, mato 
sellyuloza) larda esa 

qiymati asta-sekin pasaya boradi. Shimdirilmagandagi kabi 
shimdirilgan qalin qog’oz (karton) da ham namlik materialga asta-sekin singib 
boradi va ma’lum vaqtdan so’ng 

qiymati ikkala qog’ozda deyarli bir xil
qiymatga ega bo’ladi. Havo bo’shliqlari bo’lgan va shimdirilgan matolar qisqa 
muddatli namlikka bardoshli bo’lib, ularda 
E
t
qiymati quruq shimdirilgan 
materillarga nisbatan yuqori bo’ladi. 
Izolyatsiya harakteristikasini o’zgartirmasdan saqlash va namlik ta’sirini 
kamaytirish maqsadida shimdirish usulidan tashqari, loklash usulidan ham 
foydalaniladi. Bunda, shimdirilgan jism qalinligi 0,1-0,2 mm li lok qatlami bilan 
qoplanadi. Lekin bu usul namlik 80% dan ortganda o’zini oqlamaydi. 
Bundan tashqari, siqish usuli yordamida mahsulot yuzasi qalinligi 1-2 mm 
bo’lgan plastmassa qoplamasi bilan qoplanadi. Bunday qoplamaning mexanik 
harakteristikalari lok qoplama mexanik mustahkamligidan ancha yuqori bo’ladi. 
So’nggi usul mahsulotning havo namligi 90% gacha bo’lgan hollarda ishonchli 
himoya qiladi. 
Mahsulot yuzasini qoplash usullaridan biri ishlov beriladigan yuzaga 
tayyorlangan kompaund quyish usulidir. Bunda detalning tashqi qismiga mos qilib 
maxsus qolip yasaladi va unga suyuq holdagi plastmassa to’ldiriladi. Masalan, 
epoksid smolasidan tayyorlangan qoplamaning qalinligi 10-20 mm qilib olinadi. 
Mahsulot suyultirilgan kompaundga botirib olinadi. Bu usul dielektriklarni 95% 
gacha namlik ta’siridan himoya qiladi. 
Barcha hollarda ham jismni namlikdan himoya qilishda organik materiallar 
qo’llaniladi. Bu materiallar gigroskopik xususiyatga ega bo’lgani uchun o’zidan 


108 
namlikni o’tkazadi. Istalgan organik dielektrik qandaydir miqdorda nam 
singdiruvchanlikka ega. 
Ba’zi organik dielektriklar uchun nam singdirish koeffitsienti quyidagichadir: 
Parafin … … … … 5

10
-10 
s
Polietilen … … … … 3

10
-10 
s
Epoksid smolasi … … … 5

10
-9 
s
Neftli bitum … … … … 1

10
-8 
s
Dielektrikni namlikdan ishonchli himoya qilish maqsadida bosim ostida 
quyish usuli qo’llaniladi. Chunki bu usulda olinadigan qoplamaning qalinligi katta 
qiymatga ega bo’ladi va mahsulotni namlikdan yaxshi himoya qiladi. Agarda 
himoya qoplamasida darz yoki yemirilish sodir bo’lsa, namlik qoplama ichiga 
tezda kirib boradi. 
Vakuumda zichlash usulida himoya qilinadigan mahsulot metall qobiqqa 
joylashtiriladi va qopqoq bilan kavsharlanadi. Metall qoplama dielektrikni namdan 
a’lo darajada himoya qiladi. 
Qog’oz izolyatsiyali yuqori kuchlanishli kabellarni namdan muhofaza 
qiladigan himoya qoplamasi sifatida izolyatsiya yuzasiga uzluksiz qoplanadigan 
metall (qo’rg’oshin, alyuminiy, po’lat) qoplama ishlatiladi. Bu qoplamalar 
izolyatsiya yuzasiga maxsus presslarda qoplanadi. Elektr mashinalarining 
izolyatsiyasi namlik ta’siridan loklash, shimdirish va kompaund quyish usullari 
orqali himoya qilinadi. Uzluksiz ishlaydigan elektr mashinasi namlikka chidamli 
bo’ladi. Bu mashinaning muttasil ish mobaynida qizishi natijasida 
izolyatsiyasining namlanmasligi bilan tushuntiriladi. Uzoq muddat ishlamagan 
(omborda saqlangan) elektr dvigateli yoki generatorlarning izolyatsiya holati 
tekshirilib, zarur holatlarda ularning izolyatsiyasi quritilishi shart.
84

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish