Elektrotexnika materiallari


Dielektriklarning issiqlik xossalari



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/107
Sana18.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#456790
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   107
Bog'liq
5c98acff2a7be

Dielektriklarning issiqlik xossalari.
Dielektrikning issiq va sovuqqa 
chidamliligi, issiqlik o’tkazuvchanligi va issiqdan kengayishi uning issiqlik 
xossalariga kiradi (2.42-rasm).
84
T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009. 69-bet 


109 
2.42-rasm. Turli qutblanishlarda nisbiy dielektrik singdiruvchanlikni 
haroratga bog’liqligi: 1-elektronli; 2-ionli; 3-dipol-relaksasionli; 4-o’z-o’zidan 
yuzaga keluvchi.
85
Anorganik dielektriklarning issiqqa chidamliligi ularning elektr xossalari 
(tg

,

)
qiymatlarining o’zgarishiga qarab baholanadi. Organik dielektriklarning 
issiqqa chidamliligi ularning cho’zilishi va egilishi orqali yoki qizitilgan 
dielektrikka igna botirib ko’rish orqali aniqlanadi.
Izolyatsiya materialining harorat ta’siriga chidamliligi Martens usuli orqali 
ham aniqlanadi. Bu usulda jismning qisqa muddatli issiqlikka bardoshliligi uning 
mexanik xossalari o’zgarishiga qarab aniqlanadi. Dielektrikning issiqlikdan 
yumshash harorati qizdirilgan namunaga shar yoki doirani ma’lum kuch bilan 
ta’sir ettirib aniqlanadi. 
Suyuqlikning chaqnash harorati uning haroratini ko’tara borib, cho’g’ 
yaqinlashtirilganda suyuqlikning havodagi bug’i yonib ketishi bilan aniqlanadi.
Suyuqlikning alangalanish harorati tekshirilayotgan suyuqlikka alangani 
yaqinlashtirganda uning yonib ketishi bilan aniqlanadi. Suyuqlikning alangalanish 
harorati uning chaqnash haroratidan birmuncha yuqoridir. Bunday harakteristikalar 
transformator moyi va erituvchi suyuqliklar sifatini aniqlashda keng qo’llaniladi 
(2.43-rasm). 
85
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United 
States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 151-bet. 


110 
2.43-rasm. Qattiq jismlarning issiqlik xossalari
86
Izolyatsiyaning joiz ish harorati jismning qisqa yoki uzoq muddatli qizishga 
chidamliligini tekshirish orqali aniqlanadi. Dielektrikning qizishi mobaynida unda 
kimyoviy o’zgarish sodir bo’ladi. Bu holat izolyatsiya materialining issiqlik 
ta’sirida eskirishi deyiladi. Bunday eskirish sellyuloza va loklangan jismning 
qattiqligi va mo’rtligi ortishi yoki jism yuzasida yoriqlar paydo bo’lishi bilan 
belgilanadi. Dielektrikning issiqlik ta’sirida eskirishi uning ilk bor tayyorlangan 
holatiga nisbatan o’zgarishiga qarab aniqlanadi. Jismning eskirish muddati (


harorat bilan quyidagicha bog’langan: 
ln

= A/T + B (2.61) 
bunda: 
A, B
– berilgan materialning issiqlik ta’sirida eskirishiga taalluqli 
o’zgarmas koeffitsientlar. 
Issiqlik ta’siridagi eskirish UB (ultrabinafsha) nurlari, elektr maydoni, 
mexanik kuchlanish va boshqa ta’sirlar ostida tezlashadi. 
Elektr mashina va arrapatlarining quvvatini o’zgartirmagan holda 
dielektrikning issiqlikka chidamliligini oshirish orqali ularning hajmi va narxini 
birmuncha kamaytirish mumkin. Bu samolyotsozlik va raketasozlikda, elektr 
dvigateli, transformator va boshqa ixcham, qulay asbob-uskunalar tayyorlahsda 
juda qo’l keladi. 
86
Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United 
States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 151-bet. 


111 
GOST 8865-70 va Xalqaro elektr texnika komissiyasi ko’rsatmalariga asosan, 
normal sharoitda ishlaydigan elektr mashina va apparatlari izolyatsiya 
materiallarining joiz ish haroratlari issiqqa chidamlilik bo’yicha bir necha sinfga 
bo’linadi: 
2.2-jadval 
Issiqqa chidamlilik sinfi 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish