arafasida O'rta Osiyo xalqlari arablardagiga nisbatan rivojlangan madaniyatga ega bo'lganlar. VIII-IX asrlar
bo'sag'asida Amudaryo bilan Sirdaryo oralig'ida yashagan xalqlarni ilmiy adabiyotlarga saq massaget,
xorazmiy, sug'd, baqtriyaliq uyosho'n, tohir, qo'ng'ir, eftalit (oq xun)lar deb kelingan. Hozirgi O'zbekiston
hududida, hususan Toshkent vohasida miloddan avvalgi 1 min yillikning o'rtalaridayoq turk elati va
madaniyatini o'zida ifodalagan qabilalar vujudga kelgan. Ko'chmanchm turkiy qabilalarning ko'pchiligi
miloddan oldingi X-U! Arlardayoq o'troqlangan, shaharlarda hunarmandchiliq savdo-sotiq, qishloq joylarda,
tog' etaklarida chorvachilik rivojlangan, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy yaqinlashuv ham amalga osha
boshlagan.
O'rta Osiyoda boshqa joylardagi kabi sof quldorlikka asoslangan munosabatlar bo'lmagan. Feodal
munosabatlari ham demokratik elementlari bilan ajralib turgan. Chunki sun'iy sug'orishga asoslangan
dehqonchiliqerkin hunarmandchilik an'analari u munosabatlarga alohida mazmun kiritganki, bu xolat
chuqur ilmiy tadqiqotga muhtojdir. Eron, Hindiston va Xitoy mamlakatlari bilan savdo-sotiq olib borilgan.
Yunon, hind va O'rta Osiyo xalqlari madaniyatining aralashib ketishi tufayli Sharqda o'ziga xos juda yuksak
ellinistik madaniyat vujudga kelgan. O'rta Osiyo «Ipak yo'li» orqali Sharq bilan G'arbni bir-biriga
bog'lovchi, tajribalarni yoyuvchi maskan bo'lgan. Natijada Gresiya va Hindiston madaniyatiga ham ijobiy
ta'sir ko'rsatgan. Bu yerda pul-tovar munosabatlari ham rivojlangan. Tarixiy asarlarda Baqtriya «2000
shaharli mamlakat» sifatida tilga olingani bejiz emas. 1932 yilda Amudaryo bo'yida eski Termiz yaqinidagi
Ayritom xarobasidan ikkita toshtaxta topilgan. Ularda kuy chalayotgan uch ayol obrazi tasvirlangan. Bu
faqat monumental san'at bo'libgina qolmay, balki o'tmishda O'rta Osiyoda musiqa madaniyati ham
rivojlanganligidan dalolatdir. 1965 yilda Qadimiy Afrosiyob shaharchasi xarobalaridan topilgan tasviriy
san'at obidalari VII asrga oid bo'lib, go'zalligi jihatidan shu vaqtgacha jahonda topilgan yodgorliklardan
ustun turadi.
Markaziy Osiyo xududida ibtidoiy djamoa tuzumining yemirilishi bilan miloddan avvalgi 2-ming
yillikning oxiri, 1-ming yillikning boshlarida Baqtriya, So'g'd, Xorazm, Parfiya kabi davlatlar vujudga
kelgan.
Miloddan avvalgi VI asrda O'rta Osiyoning katta qismini Eron shohi Kir P bosib olib, uni
ahmoniylar davlati tarkibiga kiritgan, so'ngra Iskandar Zulqarnayn bu yerlarni ishqol qilib, juda katta
boyliklarni, madaniy obidalarni, jumladan, 12 ming xo'kiz teriga tilla suvi bilan yozilgan «Avesto»ning
yagona kitobini ham olib ketgan.
VII asr oxirlari va VIII asr boshlaridan boshlab arablar O'rta Osiyo yerlarini istilo qilishga kirisha
boshlaganlar va VIII asrning birinchi yarmida uni o'zlariga to'la bo'ysundirishga muvaffaq bo'lganlar.
O'lkada arab istilochilariga qarshi qattiq qo'zg'olonlar bo'lib o'tgan. Muqanna boshliq
qo'zg'olonchilarni arablar faqat mahalliy aholining orasini bo'zish vositasi bilan bostirishga muvaffaq
bo'lganlar. Ammo bir yomon ishning yaxshi tomoni ham bo'lar ekan. Arablar O'rta Osiyoda VII-VIII asrda
avj olib ketgan va xalqni holdan toydirgan qabilalar o'rtasidagi urushlarga barham berdilar. Natijada arab
xalifaligiga qaram bo'lgan yirik davlat vujudga keldi. Bunda Somoniylarning alohida o'rni bor.ular islomni
keng yoyishda katta rol o'ynaganlar. Ayni chog'da dehqonchiliq hunarmandchilikni rivojlantirish uchun ilm-
fanga yo'l ochganlar. «davlati Somoniyon» asarining muallifi .Ne'matovning yozishicha, o'sha zamonda
Movarounnahr va Xurosonda qishloq ho'jaligi, hunarmandchilik va chorvachilik yuksak darajada
rivojlangan. Chunonchi, Buxoro viloyatida, Zarafshon vodiysida, Shohrud, Karmish, Shopurkon, Varaxsha
kanallarida suv limmo-lim oqib, butun atrofni yashnatib turgan. Samarqand, So'g'd, Afg'oniston, Shimoliy
Eron, Xorazm yerlaridan iborat juda katta xududda tarkiy qabilalar jamoasining o'zaro birikishidan iborat
Qorahoniylar saltanati vujudga kelgan. Bular davrida ilm-ma'rifat, madaniyat ancha rivoj topib, qator
yuksak ilmiy,ijtimoiy-falsafiy asarlar asosan turkiy tilda yaratilgan. Bu asarlar sirasiga birinchi navbatda
eslatib o'tilgan Mahmud Qoshg'ariyning «Devoni lug'otit turk», Yusuf Xos Hojibning «Baxt-saodatga
eltuvchi bilim» asarlari bilan bir qatorda Ahmad Yugnakiyning «Hibat-ul-haqoyiq», Tavsif, Rabg'o'ziyning
«Qissai Rag'bo'ziy» kabi asarlari kiradi.
Ma'naviy va moddiy hayotning turli sohalarida islom nuri ila yo'g'rilgan qadriyatlar izchillik bilan
saqlanib, davom etib kelmoqda. To'ylaru ma'rakalarda, turli taomillarda, turmushning turli onlarida xayrli
an'analar ko'pincha Qur'on suralari, oyatlari, hadis namunalari orqali odamlar qalbidan o'rin olmoqda.
Bunday ehtirom o'tmish avlodlar urf-odatlariga sadoqat ramzi sifatida qabul qilinmoqda va ardoqlanmoqda.
Oddiy xalq - ziyoli ham, ishchi ham, dehqon ham faqat tinchlik va hayot farovonligini orzu qiladi. Buni
amalga oshirishda esa asriy ezgu aqidalar, qadriyatlar timsoli bo'lgan islom an'analari ham ma'naviy va
amaliy yordam beradi.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com