7.-Mavzu. ISLOMNING ASOSIY MANBALARI.
R e j a :
1. Qur'oni Karim suralarining to'planishi va mushaf qilinishi.
2. Qur'oni Karimning ichki to'zilishi.
3. Hadisi Sharif.
4. Shariat (manbalari, xuquqiy mazhablar, qonan-qoidalari).
Qur'oni Karim islom dinining muqaddas yozuvi. Qur'oni Karim Yer yuzi musulmonlarining
muqaddas kitobi, dasturulamani, diniy ahkomlar manbaidir.
Qur'on so'zi arabcha, «qiroat qilish», ya'ni o'qish fe'lidan olingan bo'lib, «o'quv» yoki «o'qish»
ma'nosini bildiradi. Ko'p dinlarda, ular vujudga kelgan davr tushunchasiga xos ravishda bularni «yozuv»
yoki «yozuvlar» (masalan: xristian dinida «pisaniye» yoki «svyashennoye pisaniye») deb atash odat bo'lgan.
Bunga o'xshash nomlar islomda ham Qur'onga nisbatan keng qullanilgan. Masalan, «Kalomi Alloh» (Alloh
so'zi), «Kalom ash-sharif» (Muqaddas so'z), «Mushaf ash-sharif» (Muqaddas yozuv bu yerda «mushaf»
yozuv ma'nosida) va h.k.
qur'oni Karimning oyat va suralari Muhammad payg'ambar davrlarida og'zaki qabul g'ilinib, yoddan
talaffuz qilinar edi. Uning Qur'on shaklida matnini to'plash va kitob shakliga keltirish Muhammad
payg'ambardan so'ng amalga oshirilgan.
Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) nozil bo'lgan oyatlarni kelgusida bir mukammal mushabi sharif
sifatida keltirish uchun sahobai kiromlardan to'rt kishini – Ali ibn Abu Tolib, Muoviya ibn Abu sufyon,
Ubay ibn Ka'ab, Zayd ibn Sobitni o'zlariga kotib qilib olgan ekanlar. Sahifalarni jam qilish va to'liq bir kitob
shakliga keltirish harakati janobi payg'ambarimiz alayhissalom vafotlaridan keyin Abu Bakr Siddiq
xalifaligi davridan boshlangan. Bu harakat ikkinchi xalifa hazrati Umar davrlarida davom etib, hazrati
Usmon ibn Affon xalifalik zamonlarida tugallangan. qur'on sura va oyatlarini to'plash, tartibga solish Zayd
ibn Sobitga topshirilgan. U o'zi va payg'ambarga yaqin bo'lgan ishonchli kishilar yoddan bilgan matnlarni
to'plab ko'chirgan. 651 yili to'zilgan bu to'plam «mashaf», ko'pincha «Usmon mushafi» nomi bilan
yuritilgan. Yangi tuplamning asl nusxasi Madinada qoldirilgan undan uch nusxa ko'chirilib, Kufa, Basra,
Damashq shaharlariga yuborilgan. Usmon mushafi muqaddas yozuv sifatida tasdiqlanib, rasmiy ravishda
e'tirof etilgan. Bulardan bittasi O'zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanmoqda.
Qur'on – islomning asosi, diniy marosimlar dasturi bo'lishi bilan birga axloqiy da'vat, huquqiy
me'yorlarni, marosim va an'analarni, millionlab inson hayoti va yashash tarzining eng muhim jihatlarini
o'zida mujassamlashtirgan yozuvdir. Uning oyatlari ommaviy va xususiy marosimlarda, namoz, davlat va
oila bayramlarida, kundalik hayotga aloqador turli anjumanlarda o'qilgan. Bu yozuvdagi juda ko'p so'z va
iboralar, tilidan va millatidan qat'i nazar, islomni qabul qilgan xalqlarning adabiy tiliga, kundalik muomala
tiliga asrlar davomida singib ketgan.
Qur'on jahon adabiyotining o'ziga xos bir yodgorligidir. U Sharq xalqlarining ijtimoiy va ma'naviy
rivojiga ulkan ta'sir ko'rsatgan butun bashariyatning madaniy merosi qatoriga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |