Sufizm – islomdagi yirik oqimlardan biridir . uni sufiylik yoki tasavvuf ham deyiladi. Bu islomdagi
diniy-mistik falsafiy oqim bo'lib, ta'limotning asosiy ma'nosi islom va xudoga munosabatdir. Zohidlik va
mistik asosga qurilgan bu oqim ruhiy kamolotga erishishning asosiy yullari 4 bosqichdan iborat deb
hisoblangan. Bular shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqatdan iborat bo'lib, har bir bosqichning murakkab talablari
musulmonlar umrini tamoman qamrab olgan
Sufiylik iqimi tariqatlari o'rta asrlarda har xil joylarda turli ko'rinishda bo'lgan. Masalan, O'rta
Osiyoda naqshbandiyliq yassaviyliq kubroviyliq Kavkazda - muridizm, Tataristonda – voisovchilar va
boshqa tarlari tarqalgan.
Zaydiylar. Feodal nizolar zaminida VIII asr o'rtalarida shia musulmonlari safidan yana bir guruh
ajralib chiqib, mustaqil zaydiylar sektasini tashkil etgan. Bu sekta – Alining evarasi, Husaynning nabirasi
740 yili Kufada ummaviylar sulolasidan bo'lgan xalifa Xishomga qarshi xalq qo'zg'oloniga boshchilik
qilgan Zayd ibn Ali nomi bilan atalgan va shialarning uchinchi imomi Zayd xalifa qo'shinlari bilan bo'lgan
jangda o'z tarafdorlari bilan birga halok bo'lgan.
Zaydiylar 864 yili Eronning shimolida o'z davlatlarini to'zishgan. 901 yili esa ular Yamanda davlat
xokimiyatini qo'lga olishgan. Bu davlat 300 yilgacha yashagan. Zaydiylar diniy ta'limotning shakllanishiga
ishonishni, Qur'on «azaldan» mavjudligini, iroda erkinligi mavjudligini, diniy e'tiqodni amaliy harakat bilan
mustahkamlash zarurligini tan olganlar. Ular ko'pgina shia marosimlariga amal qilishgan, biroq o'z turmush
tarziga ko'ra sunniylarga ham yaqin turgan.
Ismoiliylar. Bu sekta tarafdorlari shialar orasida eng ko'pchilikni tashkil etgan. Sekta VIII asrning 2-
yarmida Bog'dod xalifaligida paydo bo'lgan va imom Ja'farning o'g'li Ismoil nomi bilan atalgan. Ismoiliylar
diniy ta'limotida go'yo butun olamni yaratgan «dunyoviy aql» va «dunyoviy ruh» ga e'tiqod etish asosiy
o'rinni egallagan. Ularning ta'limotida neoplatonchilar falsafasi va buddaviylikning katta ta'siri sezilardi.
Ismoiliylar turli davrlarda xalqlarga turli payg'ambarlarning yuborilishi – «dunyoviy aql» ning yerda
namoyon bo'lishidir deb hisoblashardi. Ular yettita payg'ambarni – Odam Ato, Nuh Ibrohim, Ismoil, Muso,
Iso va Muhammad (s.a.v.)ni tan olishadi. Ularning fikricha, imomlar payg'ambarlarning vorislari
hisoblanadi.
XI asrdan boshlab ismoiliylar sinfiy ziddiyatlarning kuchayishi natijasida turli qismlarga bo'linib ketgan.
Hozirgi paytda ismoiliylar O'rta Sharq mamlakatlarida, Hindiston, Uganda Keniya, Tanzaniya,
Tojikistonning tog'li Badaxshon viloyatida mavjud.
Druzlar. O'z ta'limotiga ko'ra, bu sekta ismoiliylardan kelib chiqqan. Druzlar vahdoniyatga –
Allohning yagonaligiga e'tiqod etadilar va 998-1021 yillarda xukmronlik qilgan fotimiylar xalifasi Hakimni
xaloskor sifatida yerga ikkinchi marta keladi deb hisoblaydilar. Ular o'zlarining «muqaddas» yozuvlariga
ega. Ularda diniy marosimlar unchalik rivoj topmagan, shu sababli masjidi ham yo'q. Barcha sektalar kabi,
druzlar ham shariatni, shia imomlarini tan oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |