Dinshunoslik ma'ruza doc


Mustaqil ta'lim uchun adabiyotlar



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/56
Sana17.01.2021
Hajmi0,51 Mb.
#55730
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56
Bog'liq
2 300397348486381787

 

Mustaqil ta'lim uchun adabiyotlar : 

 

1. 


Karimov I.A.  Olloh qalbimizda, yuragimizda.-T.: O'zbekiston, 1999. 

2. 


Mustaqillik izohli lug'ati.-T.: «Fan», 1998, 53-54, 74-75, 155-157 betlar. 

3. 


Islom. Spravochnik.-T.: 1989. 

4. 


Dinshunoslik asoslari.-T.: O'zbekiston, 1995, 11-19 betlar. 

 

PDF created with pdfFactory trial version 



www.pdffactory.com


3-Mavzu.  M I L L I Y   D I N L A R. 

 

R e j a : 

1. 

Milliy dinlar tushunchasi. 



2. 

Hinduizm, jaynizm, sikxizm. 

3. 

Konfusiychiliq sintoizm. 



4. 

Iudaizm. 

5. 

Zardushtiylik. 



 

 

       



Milliy  dinlar  tushunchasi.Kishilik  jamiyati  tarixida  din  shakllari  turli-tuman  bulgan.  Ammo    har 

qanday  din  muayyan,  konkret  tarixiy  sharoit  va  ijtimoiy  munosabatlarga  muvofiq  holda  paydo  bo'lgan, 

o'zgargan hamda rivojlangan.  

       Din shakllarini shartli ravishda uchta asosiy guruhga bulish mumkin: urug'-qabila dinlari, milliy dinlar 

va jahon dinlari. 

       Urug'-qabila dinlarida kishilarning tabiat bilan bo'lgan munosabatlari, ishlab chiqarishga oid faoliyatlari 

(ovlash,  ovqat  izlash  va  to'plash)  bilan  bir  vaqtda  ularning  ibtidoiy  tashkilotchilik  xususiyatlari  ham  aks 

etgan.  Urug'chilikning  ilk  davrlarida  tabiat  diniy  e'tiqodning  asosiy  ob'yekti  hisoblangan.  O'sha  davr 

kishilari qaysi geografik mintaqada yashashlari va qanday turdagi mehnat bilan shug'ullanishlariga bog'liq 

holda  buyum  va  xodisalarning  turli  jihatlarini  ilohiylashtirganlar.  Masalan,  ov  bilan  shug'ullanuvchi 

qabilalar  uchun  hayvonlarning  turli  zotlariga  sig'inish,  dehqonchilikning  qoyat  sodda  shakllari  bilan 

shug'ullanuvchi uchun esa o'simliklar va samoviy jismlarga sig'inganlar. 

      Ibtidoiy  jamoa  tuzumining  yemirilgan  va  sinfiy  tabaqalanish  boshlangan  davrda  xudolar  haqidagi 

tasavvurlarning shakllanishi ular bilan bog'liq bo'lgan urf-odat va marosimlarda ham muayyan o'zgarishlar 

bo'lishiga  olib  kelgan.  Dehqonchilik  bilan  shug'ullanadigan  qadimiy  xalqlarda  halok  bo'lib,  qayta 

jonlanadigan mavjudot xudolariga sig'inish, yer, suv, samoviy jismlarni ilohiylashtirish, shular bilan bog'liq 

bo'lgan qurbonlik qilish marosimlari paydo bo'lgan. 

       Ammo  ibtidoiy  jamoa  tuzumi  davrida  din  jiddiy  o'zgarishlarga  uchragan  bo'lsa  ham,  muayyan  bir 

tizimga  aylana  olmagan.  Urug'-qabila  dinlariga  xos  diniy  ibodat-marosimlar    Osiyo,  Afrika,  Janubiy 

Amerika  va  Okeaniyada  yashovchi  bir  qancha  xalqlarda  hozirgacha  mavjuddir.  Shuningdek  bu  din 

shakllarining elementlari hozirgi zamon milliy va jahon dinlarida ham uchraydi. 

      Milliy dinlar deb, odatda bir millatga mansub xalqlar e'tiqod qiladigan dinlar tushuniladi. Bunday dinlar 

shakllanishining  dastlabki  va  eng  sunggi  davrlarini  bir-biridan  farqlash  lozim..  dastlabki  milliy  dinlar 

quldorlik  jamiyatida  vujudga  kelgan  bo'lib,  odatda,  politeistiq  ya'ni  kup  xudolik  dinlari  bo'lgan.  Masalan, 

qadimgi grek dini ko'p xudolikning o'zginasidir. Zevs-pantion (qadimgi grek tilida – bosh xudo) hisoblanib, 

bir  ukasi  dengiz  xudosi,  ikkinchi  ukasi  -  yer  osti  podsholigining  xudosi  hisoblanar  edi.  Shuningdeq 

muhabbat va go'zallik ma'budasi, urush xudosi, quyosh xudosi va san'at homiysi va boshqa yana bir qancha 

xudolar bo'lgan. Xuddi shunga o'xshash qadimgi yaxudiylar dinning xudosi – Yaxve ham ko'p xudolilikning 

yaqqol namunasidir. 

      quldorlik  jamiyatidagi  dastlabki  milliy  dinlarning  o'ziga  xos  yana  bir  xususiyati  oxirat  to'g'risidagi 

tasavvurning  paydo  bo'lishi  va  unga  ishonishdir.  Ammo  bu  davrda  bunday  tasavvurlar  hali  to'la 

shakllanmagan edi. Ular keyingi davrlarda rivojlangan. Bu davrda qurbonlik qilish keng rasm bo'lib hatto 

majburiy  marosimlardan  biri  hisoblanar  edi.  Xudolar  yo'lida  meva-cheva,  noz-ne'matlardan  tortib,  uy 

hayvonlarining  barcha  turlarigacha,  qadim  zamonlarda  esa  hatto  odamlar  ham  qurbon  qilinar  edi.  Milliy 

dinlar  rivojlanishining  sunggi  davrlariga  kelib  odamlar  o'rniga  hayvonlar  qqurbon  qilina  boshlangan.  Shu 

bilan birga oxirat haqidagi tasavvurlar keng targ'ib qilinardi. 

Milliy dinlar elat-millat dinlari deb ham yuritiladi. Chunki ular urug'-qabila dinlaridan farqli ravishda 

sinfiy jamiyat qaror topishi va shakllanishi davrida vujudga  

kelgan  va  rivojlangan.  Binobarin,  ular  avvalo  elatning,  sungra  millatning  shakllanishini  uzlarida  aks 

ettirgan. 

PDF created with pdfFactory trial version 

www.pdffactory.com




       Milliy dinlarda tasavvur qilingan xudolar milliy xudolar hisoblanib, ibodat-marosimlar asosan muayyan 

elat  yoki  millatnikigagina  mos  tushar  edi.  Binobarin,  bu    xildagi  qadimgi  dinlar  milliy  davlat  xarakterida 

bo'lishi bilan boshqa din shakllaridan ajralib turgan. 

     Eng  sunggi  davrning  milliy  dinlariga  quyidagilar  kiradi:  hinduizm,  sikxizm,  daosizm,  konfusiychiliq 

sintoizm va iudaizm (yahudiylik). 


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish