Dinshunoslik ma'ruza doc



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/56
Sana17.01.2021
Hajmi0,51 Mb.
#55730
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56
Bog'liq
2 300397348486381787

SINTOIZM  (Sinto-xudolar  yo'li  demakdir).  Yaponiyada  keng  tarqalgan,  an'anaviy  milliy 

xarakterdagi  dinlardan  biri.  Bu  din  ilk  feodalizm  davrida  (VI-VII  asrlar)  rivojlangan  va  urug'chiliq 

qabilachilikka xos animistik va shomonlik marosimlari yig'indisidan iborat holda vujudga kelgan. Sintoizm 

ta'limotida  Yaponiyada  joriy  etilgan  ijtimoiy-siyosiy  tartibning  mustahkamligi  va  o'zgarmasligiga,  quyosh 

tangrisi-Amaterasuning  naslidan  deb  hisoblangan  yapon  imperatori-Mikado  hokimiyatining  ilohiyligiga 

ishonish,  imperator  ajdodlarini  muqaddas  deb  tan  olish,  ajdodlar  sharafiga  tayinlangan  oila-urug' 

marosimlarini  bajarish  kabilar  asosiy  o'rin  egallaydi.  Sintoizmning  puxta  ishlangan  aqidalari  yo'q.  Diniy 

marosimlarni  kannushlar  deb  ataladigan  alohida  kohinlar  ijro  etadi.  Kannushlik  vazifasi  nasldan-naslga 

o'tadi.  Hozirgi  vaqtda  yaponlarning  yarmida  ko'pi  Sintoizm  bilan  Buddizmni  teng  ko'rib,  har  ikkalasiga 

e'tiqod  qiladilar;  Hayotiy  marosimlar-tug'ilish,  nikoh  kabilar  Sintoizm  ibodatxonlarida  bajarilsa,  dafn  'tish 

va marhumni xotirlash marosimlari buddaviylik ibodatxonalarida o'tkaziladi.  

 

Sintoizm  bilan  buddaviylikning  bir-biriga  ta'siri  kuchli.  Sintoistlar  buddaviylik  dini  uchun 



ibodatxonalar  qurish  bilan  cheklanmadilar,  balki  o'rta  asrlarga  kelib  sinto-budda  qo'shma  ibodatxonalari 

vujudga  kela  boshlagan.  Sintoizmning  o'ziga  xos  xususiyati  o'zi  targ'ib  qilgan  xudoga  sig'inish,  boshqa 

millat  kishilarining  bu  dinga  sig'inishini  man  etishdan  iborat.  Sintoistlarning  muqaddas  kitobi 

bo'lmagan,ammo  ibodatxonalarda  yozilgan  diniy  afsonalar  uchrab  turadi.  VIII  asrga  kelib  og'zaki  diniy 

afsonalar  asosida  «Kodziki»  (Qadimgi  ishlar  to'g'risida  yozuvlar)  nomli  diniy  kitob  paydo  bo'ldi.  Unda 

asosan imperatorlar sulolasining kelib chiqishi ilohiylashtirilgan.          

 

1886  yildan  to  XX  asrning  40  yillarigacha  Sintoizm  yaponiyaning  davlat  dini  hisoblanar  edi. 



Natijada  dinning  strukturasi  ham  o'zgara  boshladi,  ilohiy  ruhlar  o'rniga  imperator  shaxsi  ulug'landi. 

Sintoizmda milliy ibodatxonalar ko'plab qurildi. XIX asrning oxirlariga kelib mohiyatini  yo'qota boshlagan 

Sintoizm  1945  yilda  davlatdan  ajrtib  tashlandi.  Hozirgi  paytda  Sintoizm  tarafdorlari  unchalik  ko'p  emas, 

ammo uni zamonga moslashtirishga urinishlar davom etmoqda. 

 

IUDAIZM-Eng  qadimgi  dinlardan  bo'lib,  eramizdan  oldigi  XIII  asrda  yaxudiylarning  milliy  dini 

sifatida vujudga kelgan.  Uning paydo bo'lishi va umstaqil monoteistik din din sifatida maydonga chiqishi 

markazlashgan yahudiy davlatining tashkil topishi bilan uzviy bog'liqdir. 

 

Hozirgi  Falastin  hududida  qadimgi  zamonlarda  dehqonchilik  va  chorvachilik  bilan  shug'ullangan 



ko'chmanchi  yahudiy  qabilalari  yashagan.  Bu  qabilalarda  din  sifatida  animizm,  magiya,  fetishizm, 

sehrgarlik  va  turli  o'simlik  hamda  hayvonlarga  sig'inish  hukmronlik  qilgan.  Yahudiy  qabilalari  o'zlarini 

muayyan hayvonlarning nomalari bilan ataganlar. Iudaizmning «muqaddas» kitoblar to'plamida hayvonlarni 

va  o'simliklarni,  tabiatdagi  dahshatli,  stixiyali  kuchlarni,  arvohlarni  va  boshqalarni  e'zozlash  izlari  bor. 

Ruhoniylar iudaizmning obro'sini ko'tarish maqsadida yahudiylar «mumtoz xalq», unga dinni xudoning o'zi 

ato etgan, degan fikrni ilgari surardilar; hozir ham qisman. Buning  

isboti sifatida ular asrlar davomida jamiyatda sodir bo'lgan ulkan ijtimoiy  o'zgarishlar iudaizm ta'limotiga 

hech  qanday  ta'sir  ko'rsatmadi,  u  yagona  milliy  dinligicha  qoldi,  shuning  uchun  uning  ijtimoiy  va 

gneseologik  ildizlari  ham  yo'q,  deb  jar  solmoqdalar.  Aslida  esa  yahudiy  xalqining  ijtimoiy  –  iqtisodiy 

sharoitiga muvofiq iudaizm, boshqa dinlar kabi, shakl va maxzmunini bir necha bor o'zgartirgan.  

 

Iudaizm  politeizmdan  monoteizmga  o'tguncha  bir  qancha  tarixiy  jarayonni  boshdan  kechirgan.  Bu 



jarayon ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik jamiyatiga o'tguncha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Mana shu 

tarixiy  davrda  yahudiy  qabilalari  ko'p  xudolarga  e'tqod  qilganlar.Har  bir  qabilaning,  har  bir  urug',  hatto 

shaharning  o'z  xudosi  bo'lgan;  moddiy  olam  hodisalarining  har  bir  guruhi  alohida  xudoning  nomi  bilan 

bog'langan.  «Sening  shaharlaring  qancha  bo'lsa,xudolarning  shahri  ham  shunchadir»,  deyiladi  Tavrot 

yozuvlarida. Iudaizmda mahalliy avliyolar hisoblanmish Iso (Iisus), Navin, Ibrohim (Avraam), Ishoq(Isaak), 

Ёqub(Iakov),  Yusuf(Iosif)  va  boshqalar.  Bular  boshqa  dinlarda,  jumladan  islomda  payg'ambar  deb  tan 

olingan. 

 

Falastindagi Ruvim, Simon, Levin va Iuda singari eng mashhur qabilalar obro'si ko'tarila boshlagan. 



Bularning orasida Iuda qabilasi kuchli hisoblanib, obro'si juda oshib ketgan, uning xudosi Yaxve esa barcha 

xudolardan yuqori turuvchi yakka hukmron xudo sifatida qabul qilingan. 

 

Ilohiyotchilar  fikriga  binoan,  Bibliyaning  birinchi  besh  kitobi  bo'lmish  Tavrot  (aynan  tarjimasi 



Qonun, Musoning besh kitobi) yahudiylarga yetkazish uchun Muso payg'ambarga xudo Yaxveining shaxsan 

o'zi Sinion tepaligida bergan. Bibliyaning boshqa qismlari esa (Qadigi ahdga taalluqlisi) xudoning bevosita 

pand-nasihatlari ta'siri natijasida yahudiylarining boshqa turli payg'ambarlariga yuborilgan deb tushuniladi. 

Shunda qilib, Bibliyani shakllanishi uzoq davrni o'z ichiga oladi.  

PDF created with pdfFactory trial version 

www.pdffactory.com




 

Hozirgi  zamon  iudaizmida  isloh  qilingan  iudaizm  bilan  bir  qatorda  ortodoksal  iudaizm  (sof) 

fundamental  iudaizm  ham  mavjuddir.  Ortodoksal  iudaizm  Isroilda  alohida  mavqega  ega  bo'lib,  rasmiy 

davlat  dini  hisoblanadi.  Bunga  XX  asrda  vujudga  kelgan  muhofazakor  yo'nalishdagi  iudaizm,  uning 

mafkurachilari  iudaizm  va  sionizm  ittifoqining  tarafdorlaridir.  Markaziy  Osiyoda  yashayotgan  yahudiy 

dindorlari  orasida  asosan  ortodoksal  shakldagi  iudaizm  mavjud  va  ular  shartli  ravishda  etnik  ko'rinishlar 

tartibiga muvofiq to'rt xil; yevropaliq buxoro, gro'zin, tog'li yoki tat yahudiylariga bo'linadi. 

 

Bu  joylardagi  yahudiylarning  asosiy  qismi,  keyinchalik  ular  Buxoro  yahudiylari  nomini  olgan, 



chamasi, sosoniylar davrida Mavr va Eron orqali kirib kelgan bo'lsalar kerak.  

 


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish