Dinshunoslik ma'ruza doc



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/56
Sana17.01.2021
Hajmi0,51 Mb.
#55730
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56
Bog'liq
2 300397348486381787

Z a r d u sh t i y l i k. Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo'lib, bu din eramizdan avvalgi VII-VI 

Asrlarda  dastavval      O'rta  Osiyoda-Xorazm  vohasida  paydo  bo'lgan.  Uning  payg'ambari  Zardusht  tarixiy 

shaxs edi. U mazdakiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi Yakkaxudolik dinini ijod etgan. 

Zardushtiylik  –  ilgarigi  diniy  tasavvurlar  va  kup  xudochilikka  asoslangan  diniy  e'tiqodlarni  takror 

Zardusht isloh qilishi oqibatida yuzaga kelgan dindir. Bu qadimiy din haqida bir-birini istisno etuvchi fikrlar 

hanuz  davom  etib  keladi.  Ko'p  tadqiqotchilar  Zardusht  tarixiy  shaxs  bo'lib,  milodgacha  589-512  yillarda 

yashab ijod etgan birinchi ilohiyotchi, faylasuf, tabiyotshunos va shoir ekanini e'tirof etadilar. Bu haqiqatga 

yaqindir. 

Zardushtiylik p paydo bo'lgan vaqt quldorlik tuzumi endigina paydo bo'layotgan davr edi. U urug'-

qabilachilik qabilachilik tuzumi yemirilib aholi qullar va quldorlarga bo'linayotgan davr bo'lgan. Bu din eng 

avval O'rta Osiyo, so'ng Eron,Ozorbayjonda qaror topgan edi. 

Zardusht yashagan davrda o'troqlik hayoti afzalligi yaqqol namoyon bo'lgan. O'z davrining kohinlari, 

sehrgarlari va mo''tabar qariyalari bilan keng munozaralar olib borgan Zardusht xalqlarga tinch mehnat bilan 

shug'ullanish  imkonini  yaratish  uchun  kupxudolik  e'tiqodlariga  va  otashparastlikka  barham  berib, 

yakkaxudolikka  sig'inishni targ'ib etish deb bilgan va shu vazifani bajargan. 

Zardushtiylik eradan avvalni VII-VI asrlarga xos bo'lgan din sifatida undan oldingi urug'-qabilachilik 

dinlari negizida paydo bulgan yakkaxudolik dini. U  eramizning to VII-IX asrlargacha turli shaklda davom 

etib,  so'ngra  uning  o'rnini  islom  egallagan.  U  dastavval  Xorazm  vohasida  shakllanib,  Yaqin  va  O'rta 

Sharqgacha tarqalib, ayrim asoratlari haligacha saqlanib kelmoqda. 

Avesto faqat diniy manbagina emas, balki dunyoviy bilimlar, tarixiy voqealar, o'zi tarqalgan o'lkalar, 

elatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniy va ma'naviy qarashlari, diniy e'tiqodlari, urf-odatlari haqidagi 

manba  hamdir.  Unda  bayon  etilgan  asosiy    g'oyalar  diniy  e'tiqodning  ilk  sodda  bilimlari  Zardusht  degan 

payg'ambar  nomi  bilan  bog'langan.  U  «Avesto»ning  eng  qadimiy  qismi  «Gat»  (xat  nomi)ni  ijod  etgan. 

«Avesto»  tarkibiga  kirgan  bilim,  ma'lumotlar  qariyb  milloddan  avval  3000-yillik  oxirlari  va  2000-yillik 

boshlaridan  to  milodning  boshlarigacha  o'tgan  davrda  yuzaga  kelgan;  avloddan-avlodga  og'zaki  o'tib 

olingan,  uning  buqa  terisiga  yozilgan  ko'p  qismi  yo'qolgan,  yettidan  bir  qismi  saqlangan.  U  milloddan 

avvalgi III asrda ashrakiylar sulolasi davrida to'plangan. 

Zardushtiylik  dini  ta'limotini  quyidagi  uch  tarixiy  qismga  bo'lish  mumkin;  1.  Eng  qadimiy  qismi 

miloddan avvalgi 3-ming yillikda vujudga kelgan Yashtlardir; ularda urug'chilik tuzumidagi e'tiqodlar, ko'p 

xudolik  tasavvurlari  tasvirlangan;  2.  Gatlar  deb  atalgan  qismidir.  Bunda  Axuramazda  nomli  xudo  haqida 

fikrlar yozilgan; 3. Qadimiy ko'pxudolilik va keyingi yakkaxudolilik g'oyalari orasidagi kurash sharoitlarida 

eramizdan  avvalgi  V  asrda  har  ikkisini  kelishtirgan  mazdahiylik  dini  shakllangan.  «Avesto»  bu  dinning 

oxirgi va asosiy qismini bayon etgan. Zardushtiylikning  asosiy g'oyalari olimdagi barcha tartiblar, ezgulik 

(yaxshilik) va yomonlikdagi, ziyo va zulmat, hayot va o'lim o'rtasidagi  kurashga bog'liq; dunyodagi barcha 

ezguliklarni  Ahuramazda,  yomonliklarni  Ahriman  ifodalaydi;  bu  kurashda  odam  asosiy  kuch  va  rolni 

o'ynaydi,  u  tanlash  erkinligiga  ega,    u  o'z  g'ayrati  bilan    bu  dunyoda  adolat  topishiga  ta'sir  eta  oladigan  

kurashdir. 

«Avesto»  ning  mukaddas  kitoblarida  kadimgi  dunyo  falsafasining    4  asoslari  (substansiyasi)  – 

tuproq, suv, havo, olov muqaddaslashtirilgan. Tuproq, suv, havoni bulg'ash, ifloslantirish eng og'ir gunohlar 

qatoriga    ko'shilgan.  Hatto  marhumlarning  murdalari  yerni,  suvni,  havoni  zaharlab  ko'ymasliklari  uchun  

ularning jasadlarini  maxsus sopol idishlarda  ko'mish rasm bo'lgan. Oxuramazda «yerga yaxshi, mustahkam 

urug'lar sepishdan ortiq savob ish yo'q», degan. Xudoning bu aytganiga amal qilish, 10 ming marta ibodat 

etish  yoki  yuzlab  jonivorni    qurbonlikka  so'yishdan  afzal  hisoblangan.  Ekin  ekish  yerdagi  yovo'zlikka 

barham  berish,  hisoblangan.  «Odam  go'zalligi  dehqondan,  dehqonchilikdan,  -  deyilgan  bashoratlarda,  - 

kimki    yerga    urug'  qadabdi,  u  odamiylikka  iymon  keltiradi,  shu  yo'lgina  yagona  haqiqat  bo'lib,  qolgani 

sarobdir.  Zardushtiylikning    vazmin,  musiqa  bilan  uyg'unlashib  ketgan  dono  o'gitlari  ona  zaminga, 

PDF created with pdfFactory trial version 

www.pdffactory.com



dehqonchiliq  chorvachiliq  hunarmandchilikka  va  vatanga,  xalqqa  ulug'  muhabbat  ruhi  bilan  uyg'unlashib 

ketgan. Bu hol unda diniy mazmunga qaraganda dunyoviy elementlar ko'p bo'lganidan dalolat beradi. 

Zardushtiylikning barcha marosimlari, jumladan, Navro'z, Mehrjon bayramlari tantanalarida bu ruh 

ayniqsa  ulkan  qudrat  bilan  namoyon  bo'lgan.  Boychechakning  chiqishi,  lolaqizg'aldoqning  ochilishi, 

bodomning  gullashi,  umuman  bahor  bilan  birga  tabiatning  go'zallashib  borishi  ezgulik  ruhining  tantanasi 

bo'lib, ularning har biri katta shodiyonalikka sabab bo'lgan. Odamlar tabiatning bu go'zalliklarini muqaddas 

bilib, ularni xalq bayramlari va sayillariga aylantirib yuborganlar. 

Zardushtiylikda  diniy  dasturlar  haqidagi  g'oyalar  bilan  birga  real,  dunyoviy,  hozir  ham  foydali 

nasihat, tavsiya, cheklash, ta'qiqlash, rag'batlantirishga doir o'git va da'vatlar ko'p bo'lgan. Ulardan hozirgi 

mustaqilligimiz davrida ham foydalanish mumkin va lozim. 

 


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish