Ro‘molli bog‘lamlar.
Bu maqsadda uchburchak shakldagi birorta bog‘lov
materiali (doka, surp, bo‘z va hokazo) parchasi ishlatiladi. Bunday bog‘lamning
uzun tomoni ro‘molning asosi, uning ro‘parasidagi burchak — tepasi, qolgan ikkita
burchagi uchlari deyiladi.
Ro‘mol, ko‘pincha, qo‘l yoki o‘mrov suyagi shikastlanganda qo‘lni osib
qo‘yish uchun qo‘llaniladi. Uning o‘rtasiga to‘g‘ri burchak hosil qilib bukilgan
qismi bilakka qo‘yiladi, tepasi tirsakka yo‘naltiriladi, uchlari esa bo‘yinga
bog‘lanadi. Ro‘molning tepasi tirsak atrofida orqadan oldinga tomon bukib
tekislanadi va tirsakning old tomonidan bog‘lamga to‘g‘nab qo‘yiladi (1-rasm,
a, b, d, e
). Bosh bog‘langanda (1-rasm,
f
) ro‘molning asosi ensa
sohasiga,
tepasi yuzga, uchlari esa peshona orqali bog‘lanadi, tepasi bog‘langan uchlari
orqali bosh tepasiga qayriladi va shu joyga to‘g‘nab qo‘yiladi. Yelka sohasiga bitta
ro‘mol (1-rasm,
g
) bilan bog‘lam bog‘lash qulay.
1-rasm. Ro’molli bog’lam turlari.
Sut bezini ro‘mol bilan bog‘lashda (2-rasm,
a
) uning asosi sut bezi ostiga
joylashtiriladi, tepasi bemorning tomog‘i orqali orqadan yelka ustiga, bir uchi
ikkinchi yelka ustiga oldingi tomondan yo‘naltiriladi, ikkinchi uchi esa kasal
tomondagi qo‘ltiqqa tushiriladi. Ro‘molning ikkala uchi va tepasi orqadan
bog‘lanadi.
Chanoq-son bo‘g‘imiga ikkita ro‘mol bilan bog‘lam bog‘lanadi (2-rasm,
b, e
).
Bitta ro‘mol (buklangani) belbog‘ ko‘rinishida gavdani aylantirib bog‘lanadi.
Ikkinchisining tepasi belboqqa mahkamlanadi, uning asosi chanoq-son bo‘g‘imini
bekitadi, uchlari esa son atrofidan o‘rab bog‘lanadi. «Plavki» tipidagi ro‘molli
bog‘lam bog‘lashda (2-rasm,
d
) uning tepasi oraliqdan o‘tkaziladi, asosi bilan
qorin bekitiladi, uchlari esa orqaga o‘tkazilib u yerda tepasi bilan bog‘lanadi.
Dumba sohasiga bog‘lam «plavki» bog‘lami tariqasida qo‘yiladi. Uning tepasi va
har ikki uchi old tomondan bog‘lanadi. Qo‘l va oyoq panjasini ro‘mol bog‘lam
bilan bog‘lashda (3-rasm,
a, b, d, e
) ro‘molning o‘rtasi panjaning kaft yuzasiga
qo‘yilib, tepasi barmoqlar orqasiga o‘tkazilib, kaft ustida aylantiriladi va uning
uchlari aylantirilib to‘piqdan yuqoriga bog‘lanadi, tepasi esa bog‘langan uchlari
tepasiga mahkamlanadi.
2-rasm. ko‘krak va belga ro‘molli bog‘lam turlari.
3-rasm. Oyoq va qo‘lga ro‘molli bog‘lam turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |