Din nima ekanligi turlicha izoxlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va eng go‘zal ruhiy-ma’naviy extiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo‘lmagan xalq yo‘q. Chunki muayyan xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. - Dinshunoslikda dinga “dinning o‘zi nima?”, “uning moxiyati nimadan iborat?” degan savol nuqtai nazaridan yondashishdan tashqari “din qay tarzda faoliyat olib boradi?” degan savol nuqtai nazaridan ham yondashuv mavjud. Bu masala bilan ko‘proq din sotsiologiyasi shug‘ullanadi.
- Sotsiologik nuqtai nazardan qaralganda din jamiyat uchun zaruriy narsa, ijtimoiy hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Bu degani dinni jamiyatdagi bajaragan vazifalariga ko‘ra o‘rganish mumkin demakdir.
- Dinning vazifalari deganda uning alohida shaxsga va jamiyatga ta’sir qilish yo‘li va tabiati nazarda tutiladi. Bunda har bir din unga e’tiqod qiluvchi muayyan bir shaxsga u yoki bu jamoaga va umuman jamiyatga nima beradi? Insonlar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Shunga o‘xshash masalalar o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |