68
xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan ham shug‘ullanishga ahd qilishi mumkin.
Vaqt o‘tishi bilan korxonaning strategik maqsadlari o‘zgarishi, o‘zgarganda
ham keskin o‘zgarishi mumkin. Ba’zi korxonalar bir vaqtning o‘zida biznesning
bir-biri bilan mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan sohalarida ishlashi uchrab turadigan hol.
Bundan tashqari, shunaqasi ham bo‘ladiki, firma o‘zining dastlabki faoliyati bilan
umuman shug‘ullanmay qo‘yadi, natijada firmaning nomi uning bugungi
vazifalari va maqsadlariga mutlaqo mos kelmay qoladi.
Masalan, ITT Corporation (International Telephone and Telegraph)
korxonasini eslaylik. Korxona 1920 yilda telefon va telegraf xizmatlarini va
tegishli asbob-uskunalarni taklif etuvchi korxona sifatida tashkil etilgan. XX
asrning 70-yillarida ITT ulkan ko‘p millatli konglomerat
26
ga aylandi. Asosiy
faoliyatidan tashqari firmaning faoliyat doirasiga sug‘urta, harbiy kiyim-bosh
tikish, non mahsulotlari, yog‘och-taxta, bog‘dorchilik mahsulotlari ishlab
chiqarish, shuningdek tog‘-kon ishi va avtomobillarni ijaraga berish kirar edi.
O‘tgan asrning 80-yillari davomida korxona shu faoliyat turlarining ko‘pchiligi
bilan shug‘ullanmay qo‘ydi va butun diqqat-e’tiborini mehmonxona va qimor
biznesiga qaratdi. 1996-yilga kelib esa, korxona umuman telefon va telegraf
uskunalari ishlab chiqarmay qo‘ydi va telekommunikatsiya xizmatlari
ko‘rsatishni to‘xtatdi.
Firma qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanishini uzil-kesil belgi (aniq)lab
olgach, korxona menejerlari fabrika, mashina uskunalari, tad-qiqot o‘tkaziladigan
laboratoriyalar, ko‘rgazma zallari, ulgurji omborxona-lar va boshqa uzoq
muddatli aktivlar qurish va sotib olish rejasini ishlab chiqishlari hamda buning
barchasini boshqaradigan xodimlarni o‘qitish loyihasini tayyorlashlari kerak
bo‘ladi. Bu jarayon investitsiyalarni deb ataladi.
Bunday tahlil birligi investitsion loyiha hisoblanadi. Investitsiyalarni
rejalashtirish har bir yangi investitsion loyiha uchun asosiy niyat (maqsad)larni
belgilash, ularga baho berish, eng manfaatli niyat (maqsad)ni tanlash va ularni
amalga oshirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Firma aynan qanday loyihalarni amalga oshirishini belgilab olgandan so‘ng
shu loyihalar qay tarzda moliyalashtirilishini aniqlashi kerak. Investitsiyalarni
rejalashtirish bilan bog‘liq qarorlardan farqli o‘laroq kapital tuzilmasiga taalluqli
qarorlarni qabul qilayotganda tahlil birligi alohida investitsion loyiha emas, balki
firmaning butun o‘zidir. Kapital tuzilmasini aniqlash jarayoni firma faoliyatining
amaliy moliyaviy rejasini ishlab chiqishdan boshlanadi, shundan keyin
moliyalashtirishning optimal tuzilmasini ishlab chiqishga kirishish mumkin.
26
“Konglomerant” lotincha “conglomeratus” so‘zidan olingan bo‘lib, so‘zma-so‘z “to‘dalangan, yig‘ilgan,
to‘plangan” deb tarjima qilinib, jumladan, “turli-tuman jins, predmet va qismlarning tasodifiy mexanik
ko‘shilmasidan iborat narsa; qurama” ma’nolarida ishlatiladi. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B. 398.
69
Firmalar turli-tuman moliyaviy instrumentlarni muomalaga chiqa-rishi
mumkin. Bu tashkillashtirilgan bozorlarda savdo (sotuv)ga chiqari-ladigan
standartlashtirilgan qimmatli qog‘ozlar – oddiy va imtiyozli aksiyalar,
obligatsiyalar va konvertatsiya qilinadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, korxonaga qo‘yilgan bozordan tashqari (nobozoriy) moliyaviy
talablar, ya’ni bank ssudalari, xodimlar uchun opsionlar, ijara shartnomalari va
pensiya ta’minoti bo‘yicha majburiyatlar ham savdo (sotuv)ga qo‘yilishi mumkin.
Korxona kapitali tuzilmasi kapitalning ma’lum qismi egala-ridan har biri
korxona daromadining qancha qismini olishini belgilab beradi. Masalan,
obligatsiya egalari, odatda, belgilangan (qat’iy) to‘lovlar olib turadi,
aksiyadorlarga esa daromadga da’vogarlarning barchasi o‘z ulushini olgandan
keyin qolgan mablag‘ to‘lanadi. Korxona ishining qanday nazorat qilinishi
qisman kapital tuzilmasiga bog‘liq. Odatda, aksiyadorlar firmani direktorlar
kengashiga o‘z vakillarini saylash huquqidan foyda-langan holda boshqaradilar,
obligatsiyalar chiqarish va korxonaning boshqa kredit kelishuvlariga kirishi, ko‘p
hollarda, undan ma’lum shartlarni bajarishni taqozo etadi, ushbu shartlar, o‘z
Do'stlaringiz bilan baham: