Davlatiy moliya



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

Balans 

Balans 


499 

 

Uy  xo’jaliklari  byudjetlari  xarajatlari  hisobidan  tovarlarni  sotib  olish  va 



xizmatlarni to’lash (iste’mol xarajatlari) o’z ichiga quyidagilarni oladi: 

  uy-joy  va  kommunal  xizmatlarni,  maishiy  xizmatlarni,  maorif  tizimi 

xizmatlarini to’lash; 

  dam olish uylari, sanatoriylar, turistik yo’llanmalar xarajatlari va tibbiy 

xizmatlarni to’lash; 

  kino, teatr va boshqa tomoshalar xarajatlari; 

  passajir transportining barcha turlarini to’lash xara-jatlari; 

  aloqa xizmatlarini to’lash; 

  qolgan boshqa xizmatlarni to’lash. 

Majburiy  to’lovlar  va  ixtiyoriy  badallar  uy  xo’ja-liklari  byudjetlari 

xarajatlarining  muhim  elementi  hisoblanadi.  Bu  xarajatlar,  hozirgi  sharoitda, 

o’sish tendensiyasiga ega bo’lib, ular quyidagi omillar bilan bog’langan: 

  birinchidan,  aholi  tadbirkorlik  tashabbusining  kenga-yishi  yakka 

tartibdagi    tadbirkorlarning  xo’jalik  va  savdo  faoliyatidan  olinadigan 

(undiriladigan) soliq, boshqa majburiy to’lovlar va yig’imlarning ham ko’payishi 

bilan kuzatilmoqda; 

  ikkinchidan, sug’urta tizimining rivojlanishi, notijo-rat sektorning o’sishi 

(masalan, turli jamoatchilik tashki-lotlari, birlashmalari va ittifoqlari), bir tomon-

dan,  sug’urta  bo’yicha  badallarni  oshirsa,  ikkinchi  tomondan,  notijorat 

tashkilotlarga ajratmalarni ko’paytiradi; 

  uchinchidan, iste’mol va ipoteka kreditining rivoj-lanishi uy xo’jaliklari 

byudjetlarining  xarajatlarida  “ssudalarni  qaytarish”  va  “tovar  krediti  bo’yicha 

foizlar” moddalarining oshirilishiga olib keladi.  

Sug’urta  bozorining  intensiv  rivojlanishi,  bank  xiz-matlari  amaliyotida  

iste’mol krediti  va u bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarning kengayishi natijasida 

kelajakda uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlarining bu yo’nalishlari faqat o’sish 

tendentsiyasiga  ega  bo’lishi  mumkin.  Shuningdek,  moliyaviy  bozorning 

rivojlanishi  va  pensiya  tizimining  isloh  qilinishi  uy  xo’jaliklari  byudjetlarida 

“pensiya fondiga sug’urta badallari” xarajatlar moddasi-ning ham o’sishiga olib 

keladi. 


Uy xo’jaliklari byudjetlari xarajatlar qismining majburiy to’lovlarida soliqlar 

va  yig’imlar  kattagina  hissani  tashkil  etadi.  Uy  xo’jaliklari  daromadlarining 

soliqqa  tortilishi  ular  real  daromadlarini  qisqartiradi.  Shunday  bo’lishiga 

qaramasdan,  davlat  moliyasining  taqsim-lash  funksiyasi  doirasida  jismoniy 

shaxslarning  daromadlari  va  mulkidan  olinadigan  soliqlar  muhim  vazifalarni 

yechishga xizmat  qiladi.   Birinchidan, bu  soliqlar  mamlakat  byudjet  tizimining 




500 

turli  byudjetlari  darajalarida  daromadlarning  etarli  tushishini  ta’minlaydi. 

Ikkinchidan,  jismoniy  shaxslarning  daromadlaridan  olinadigan  soliqlar  

daromadlardan  ratsional  foydalanishni  rag’batlanti-rish  va  ularni  shakllantirish 

yo’llari  bilan  uy  xo’jaliklari  byudjetlarining  tarkibiy  tuzilmasiga  o’z  ta’sirini 

ko’rsa-tadi. Uchinchidan, soliqlar vositasida daromadlarning bir qismi jamiyat va 

uy xo’jaliklarining sotsial muammolarini yechish uchun qayta taqsimlanadi. 

Amaldagi  qonunchilikka  muvofiq  mamlakat  fuqarolari  daromadlaridan, 

mol-mulkidan (shu jumladan, yer solig’i va yer uchun ijara haqi) soliqlar, boshqa 

majburiy  to’lovlar  va  yig’imlar  (masalan, ma’muriy  jarimalar,  jismoniy  shaxs-

lardan olinadigan xilma-xil mahalliy  yig’imlar) va davlat bojlarini to’laydi. Bir 

vaqtning  o’zida,  uy  xo’jaliklarining  real  daromadlariga,  aholi  daromadlari  va 

xarajatla-rining balansida majburiy to’lovlar sifatida hisobga olinmaydigan egri 

(bilvosita) soliqlar ham o’zining ta’sirini ko’rsatadi. Chunki bu soliqlar (aksizlar, 

qo’shilgan  qiymat  solig’i,  bojxona  bojlari  va  boshqalar)    tovar  bahosining 

tarkibida  bo’lib,  ular  tovar  sotib  olinayotganda  to’lanadi.  Tovarlar  bahosining 

darajasini  faqat  egri  (bilvosita)  soliqlar  oshirib  qolmasdan,  balki  ayrim  to’g’ri 

(bevosita) soliqlar (yagona ijtimoiy soliq,  korxonalarning foydasidan olinadigan 

soliq,  tashkilotlarning  mol-mulkidan  olinadigan  soliq  va  boshqalar)  ham 

oshiradiki,    ular ham  qisman  yoki  to’liq  tovarlar  bahosi  orqali  kompen-satsiya 

qilinadi. 

Aholi  daromadlari  va  xarajatlari  balansi  xara-jatlar  qismining  boshqa 

moddalari  (“omonatlar  va  qimmatli  qog’ozlardagi  jamg’armalarning  o’sishi”, 

“xorijiy  valyutalarni  sotib  olish  bo’yicha  aholi  xarajatlari”  va  boshqalar) 

jamg’arish jarayoni doirasida uy xo’jaliklarining moliyaviy munosabatlarini aks 

ettiradiki,  ularning  o’ziga  xos  bo’lgan  xususiyatlari  ushbu  bobning  navbatdagi 

paragrafida ko’rib chiqiladi. 


Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish