Darsning texnologik xaritasi mavzu


Dars usuli: Savol-javob Darsning jihozi



Download 1,07 Mb.
bet59/493
Sana13.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#358989
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   493
Bog'liq
5 sinflar uchun dars qoralamalari on

Dars usuli: Savol-javob

Darsning jihozi: buyruq gapning ramziy chizmasi.

Darsning rejasi:

  1. Buyruq gap haqida ma'lumot.

  2. Buyruq gap kesimining ifodalanishi va tinish belgisi.

  3. Buyruq gapni hosil qiluvchi vositalar.

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism:

a)salomlashish

b)davomatni aniqlash

d) she’riy daqiqalar

2. Uy vazifasini so’rash va baholash.

3.Mustahkamlash.

4.Yangi mavzu. bayoni

Kirish topshirig'ini bajarish, grammatik qoidalarni o'zlashtirish asnosida buyruq gap kesimining ifodalanishiga alohida e'tibor qaratish lozim. Qo'shimchasiz shakli -in bilan shartli belgilanadi. Quyidagi gap­lar havola qilinadi.

l.O'zlashtirgan bilimlarni takrorlab tur.


  1. Kitobingni menga berib turgin. -gin

  2. Unga ayt, darsga vaqtida kelsin. -sin

  3. Yo'l harakati qoidalariga rioya etingiz. –ingiz

Buyurish, da'vat qilish ma'nolarini bildirgan gaplar buyruq gap sanaladi. Masalan: Chiroyli yoz.

Buyruq gaplarning kesimi buyruq shaklidagi fe'llar orqali ifodalanadi. Buyruq gap oxiriga nuqta qo'yiladi.



Har bir gapning kesimi uning ma'nosi bilan aloqadorlikda tekshirila-di, sharhlanadi.

Dars davomida mashqlarni ishlash jarayonida yuqori-dagi gaplar qolipini aks ettiruvchi ramziy chizma o'quvchilar ko'z oldi-da turishi kerak. Mashqlardagi matn, har bir gap tahlilida buyruq gapni hosil qiluv­chi vosita ko'rsatilishi, ramziy chizmadagi qaysi gap qolipiga tushishini aytish barobarida shu gap yoki matn ifodalayotgan ma'no ham izohlani-shi lozim. Ayniqsa, buyruq gap shaklidagi nasihat mazmunini ifodalov-

chi hadis, maqol va hikmatlar mazmuni o'zlashtirilganda, o'qituvchi tomonidan «Nega shunday?», «Nima uchun?», «Nega shunday qilish kerak?» qabilidagi savollar doimiy ravishda o'rtaga tashlanib turiladi. Bu o'z-o'zidan darsda bahs-munozara, tortishuv, suhbat shaklining tabiiy ravishda yuzaga kelishiga sababchi bo'ladi.

100-mashq. «Kattaga hurmatda, kiehikka izzatda bo'b> maqolini qanday tushunasiz? Sizning orangizda bunga amal qilmaydigan bolalar bormi?

101-mashq. Gaplarni o'qing, buyruq gapni hosil qiluvchi vositalar haqida so'zlang. Kim bilan do'stlashish kerakligi haqida siz ham o'ylab ko'ring.

Agar sen haqiqiy do'st topmoqchi bo'lsang, quyidagilarga amal qil: -Do'stingdan hech narsani ayama.

-Uning nuqsonlarini yashir, faqat o'ziga ayt, toki ulami tuzatib olsin.

-Do'sting gapirganda diqqat bilan quloq tut!

-Uning gaplaridan ayb qidirma.

-Unga hurmat bilan munosabatda bo'l.

-U yo'qligida orqasidan yomonlama.

-Do'sting quvonsa, quvon, qayg'ursa, qayg'ur.

-Kerak bo'lganda uni himoya qil! (Husayn Voiz Koshifiy)

102-mashq. Gaplarni ko'chiring. Buyruq gapni hosil qilayotgan qo'shimchalar, vositalar tagiga chizing, izohlang.

l.O'zingga yoqqan narsani boshqalarga ham ravo ko'r.

2. To'liq pishmagan mevalarni yemangiz, issiq vaqtlarda yog'li narsalar yemakdin saqlaningizlar.


3. Onangning aytganlariga quloq solgin, nima buyursa, bajargin.

4. Maqsadimiz-tinch yashash, O'qish, ishlash va qurish. Urushni xohlamaymiz, Yashasin erkin turmush.




Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   493




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish