Darsning texnologik xaritasi mavzu



Download 1,07 Mb.
bet57/493
Sana13.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#358989
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   493
Bog'liq
5 sinflar uchun dars qoralamalari on

MASHQLAR BAJARISH

95-mashq. Nuqtalar o'rniga -mi, -chi, -a, -ya yuklamalaridan mosini qo'yib, gaplarni daftaringizga ko'chiring.

1. Shu aziz Vatan barchamizniki emas...? 2. Kasallikka eng yaxshi davo mehnat ekanligini bilasiz...? 3. Singling a'lo o'qishi bilan hammani xursand qilyapti, sen-...? 4. Shu ishlarni o'zing qilib qo'ya qolsang-...? 5. Chaqimchilik nima ekanligini bilasizlar...? U - odamlarning gaplarini bir-biriga tashimoqlikdir. (Hadisdan)

V 96-mashq. «Odob salomdan boshlanadi» mavzusida bahs yuriting. Bahs davomida so'roq gaplardan foydalaning.

97-mashq matniga mos keladigan sarlavha topish (masalan, Ah-moqona farmonga oqilona javob), uning mazmuniga to'g'ri keladigan maqol (masalan, Salomga yarasha alik olinadi) topish kabi topshiriqlar

darsning yanada jonli, qiziqarli bo'lishini ta'minlaydi. Javoblar turli shaklda va saviyada bo'lishi mumkin. O'qituvchi ularning barchasini og'zaki rag'batlantirishi, baholashi, unga tuzatishlar, qo'shimchalar kiritishi zarur bo'ladi.

97-mashq. Matnni o'qing. So'roq gaplarni topib, ularni hosil qiluvchi vosita haqida gapirib bering.

Bir podshoh vazirini chaqirib buyuribdi:

-Bir imorat qurdirki, tepasi osmonga, tagi yerga tegmasin.

Vazir:


-Bu qanday buyruq ekan-a?-deb o'ylabdi. Keyin kallasiga bir fikr kelib qolibdi. - Xo'p, mayli! Men aytganlaringizni bajaraman, lekin siz ham qovoqqa o'xshagan savat to'qiting. Men ishlayotgan yerga shu savatda suyuq osh olib borishsin, -debdi.

Shunda podshoh:

- Savatda hech zamonda suyuq osh turadimi, ahmoq?! - deb urishibdi. Vazir:

- Ey podshohim, bo'lmasa ochiq havoga hamimorat qurib bo'ladimi? -deb podshohni mot qilgan ekan.

(O'zbek xalq ertaklaridan)

98- mashq. Matnni o'qing. So'roq gaplarni topib, ularning hosil bo'lishini tushuntiring. Sizning oyingiz ham shundaymi?

YAXSHI OYI

Baxtiyor koptok o'ynayotgan o'rtog'iga tashvishlanib qararkan, so'radi:

-Alibek,bugun juda ko'p o'ynab yubording-ku. Oying urishmaydimi?

-Yo'q, bugun urishmaydilar,-dedi Alibek gerdaygancha.

Baxtiyor hayron yelka qisdi:

-Nega endi bugun urishmas ekanlar?

Alibek yotig'i bilan tushuntirdi:

- Bugun-chi, uyimizga amakimlar kelishgan. Uyimizga mehmon kelgan kuni oyimlar mqni urishmaydi...

(E. Madrahimov)


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   493




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish