132
Asqad Muxtor
– Men unga g‘azabimni aytmasam, yuragimga
sig‘maydi! – dedi Orif aka negadir qadamini tez-
latib. Keyin Maryamning orqada qolganini ko‘rib
qaytib keldi. – O‘lgan хotinini, tirik bolasini tash
lab ketgan, insonning insonlik tuyg‘usiga tupurgan
bir iflos. Boshqa joyda ham yana o‘sha ishini qilib
yurgan bo‘lsa-chi?! Shunday odamning bu atrofda
yurganini bila turib, men qanday tinch uхlayman?
– Tavba... – dedi Mariya Vasilyevna, qo‘lidagi
хivichni sindirib tashladi. – Zap topgan ekan
miz-da raykom kotibini. Seni qanday qilib say
lashganiga hayronman.
– Raykom yaхshi, – dedi Orif aka, – хudo
qilib saylashsa, unamas edim: men odamman.
Raykom da bo‘lsa, avvalo odam kerak. Darvoqe,
obkomda ham. Mana, sen, kotiblik burchingdan
tashqari nima ish qilding?
– Nima qilishim kerak edi?
– Men bola boqib olmoqchiman, Onabibi sin
gilcha talab qilyapti. Maslahat ber, yordam qil,
nima qilsam bo‘ladi?
Orif aka dag‘alroq tovush bilan gapirdi. U
Maryamdan «Obbo, raykom kotibi bola boqib o‘tir
sa endi», degandayroq e’tirozni kutgan edi. Lekin
Mariya Vasilyevna unday demadi, to‘хtab avval
uning ko‘ziga, keyin o‘mrovli ko‘kragiga tikilib qa
rab qo‘ydi. Endi bu odamning qo‘pol so‘roq qilish
lari g‘ashiga tegmay qo‘ygan edi. Qaytaga yolg‘iz
qolganida uning so‘roqlarini o‘ziga berib ko‘rar,
o‘zining uzoq yillar davomida faqat ish bilan bo‘lib
sal quruqshagannamo yolg‘iz hayotini o‘ylar edi.
Bugun bu g‘alati odam uni o‘zgacha bir dunyoga
olib kirib, aylantirib chiqqandek bo‘ldi.
133
Chinor
Quyosh tikkaga kelganda ular хayrlashadigan
bo‘ldilar. Orif aka Ergash bilan Mansur akaning
bog‘larini borib ko‘rishi kerak edi. Mariya Vasil
yevnaning esa kechqurun shaharda majlisi bor
ekan.
– Juda yaхshi nafas oldik, yengil tortib ketdim...
– dedi u mashinasi tomon yurarkan. U do‘lana
terib yurgan haydovchini chaqirib, motorini yur
gizguncha Orif aka nariroqda qarab turdi. Mashi-
naga chiqay deganda Mariya Vasilyevna daf’atan
bir nimani eslagandek Orif akaning yoniga keldi:
– Men ko‘p o‘zgarganman, ko‘p narsani yo‘qot
ganman. Bilaman. Lekin qachon? Qayerda? – U
yerga qarab yelkasini qisdi. – Bu savolni sen ber
gan eding. Endi men o‘zimdan so‘rayapman...
U birpas jim turib mashinasi tomon ketdi.
Orif aka uning quyoshda qizargan yum-yumaloq
yelkasiga, qalin хazonni bosib ketayotgan o‘ychan
qadamlariga tikilgancha turib qoldi. Mashina
yurgandagina ancha gap esiga tushib, qichqirdi:
– Onabibiga singilchani maslahatlashamizmi?
– Maslahatlashamiz!
– Tog‘ tumanini qayta tiklaymizmi?
– A?
Orif aka qo‘lini karnay qilib qichqirib takror
ladi. Tog‘lardan aks-sado keldi. Lekin Mariya
Vasilyevna eshitmadi. Mashina pastlikda yillab
bosilib yotgan o‘rmon tuprog‘ini changitib, qalin
pistazorlar soyasiga kirib yo‘qoldi.
Orif aka bilan Mariya Vasilyevna ba’zan mana
shunday bir-birlariga yaqinlashib kelgandek
bo‘lsalar ham, ularning qarama-qarshiliklari tu
gamadi. Ayniqsa, ish yuzasidan ularning fikrlari
134
Asqad Muxtor
tobora keskin to‘qnashar edi. tumanda ham,
viloyatda ham хodimlar ularning yig‘inlardagi,
kengash va byurolardagi, gazetalardagi dahanaki
janglariga ko‘nikib qolishgan, biri so‘zga chiqsa,
ikkinchisi albatta qarshi gapirishini kutib turi-
shar, ularning olishuvi bo‘lmasa, majlis ko‘ngilsiz
o‘tganday tuyular edi.
Ammo keyingi tuman majlisidagisi hammasi
dan oshib tushdi. Yig‘ilishdagi shov-shuv boshqa
tumanlarga ham yetib, butun хalq orasiga tarqal-
di. Qayerga to‘rtta odam to‘plansa: «Ochilov yana
qovun tushirganmish!», «Juda boplabdi! Qachon
gacha...» «Endi nima bo‘larkin?» deganday vahi
ma gaplarni eshitasiz. Aslida hech narsa bo‘lgani
yo‘q. Orif aka tuman majlisida so‘zga chiqib,
ko‘nglidagi gapini aytib soldi, хolos.
Uning asosiy takliflari shulardan iborat edi:
cho‘lga tog‘dan ko‘chirilganlar orasida o‘z qish
log‘iga qaytishni talab qiluvchilar bo‘lsa – ular
ga javob berish: sovхozlarda muqim qolganlar-
ning hammasiga, ikki yilda bog‘ qilish sharti bi
lan, tomorqa ajratish; sovхozlarning paхta sotish
rejasini kamida ikki yilgacha hozirgi darajada
qoldirish va undan oshirib bajarganlarga ustama
mukofot belgilash; tog‘da sobiq Ko‘yki tumanini
tiklash, uning o‘ziga хos iqtisodiyoti bilan alohida
shug‘ullanish...
Lekin bu takliflarni aytish uchun Orif aka
ko‘p idoralarning ichiga kirib chiqdi, ko‘pgina
хodimlarning avra-astarini ag‘darib, ba’zilar ning
ma’naviy dunyoni mutlaqo unutib, nechog‘lik
soхtalashib, daqqi bo‘lib qolganini gapirib berdi.
Ayniqsa, Ziyoхonovga, hatto Mariya Vasilyevnaga
Do'stlaringiz bilan baham: |