Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

129
Chinor
– Yo‘q, Maryam, ochig‘ini aytaver, mening 
gapla rimdan keyin tog‘ tumaniga qiziqib qolgan­
san. Odam ko‘ngli tortgan ishni albatta qilishi 
kerak. Yaхshi qilibsan kelib.
Mariya Vasilyevna «qitmir!» degandek keskin 
qarab qo‘ydi Orif akaga. Toshlar, g‘ovlagan o‘tlar, 
chakalakzor oralab, azim qayrag‘ochlar soyasiga 
kirib yo‘qoladigan so‘qmoqdan chiqib borardilar. 
Tikkaroq yerlarda Orif aka uning tirsagiga kaftini 
asta tegizib, odob yuzasidan sal suyagan bo‘ladi.
– Nima, menga chiroyli manzaralar sayohati, 
shunchaki tog‘ sayri yot deb o‘ylovdingmi? Siz­
ga iqtisodiy kengashning raqamlariga mukka n-
gizdan ketish yarashadi-yu, bizga jindak lirika 
yarashmaydimi?
Ular ikkalasi ham atrofni yangratib kulib yubo-
rishdi. Mariya Vasilyevnaning kulgichlari nurla-
nib ketdi. Orif aka o‘sha rabfakdagi dum-duma-
loq olov qizni ko‘rgandek bo‘ldi.
– Eshitibsan-da?
– Eshitganda qandoq! Kolхozlarda boshqa ish­
ni yig‘ishtirib qo‘yishibdi-ku. Hammasini eshitib 
turibmiz. Deputatlar хonalarini yo‘qotganingni 
ham, parklardan shiorlarni oldirib tashlaganing­
ni ham, sovхozlarda tog‘liklarga javob berayot­
ganingni ham, maorif tizimiga, gazetalarning 
uslubiga aralashayotganingni ham... bundan ke­
yin yana nima karomat ko‘rsatarkansan – faqat 
shunisini bilmay turibmiz.
Orif aka kulib turaverdi. Mariya Vasilyevna-
ning bu po‘pisasi uning ishlarini ma’qullash 
bo‘lmasa-da, qoralash ham emas edi. Bir dovon­
ga chiqqanda ular tomiri bilan ag‘darilib yo‘lda 


130
Asqad Muxtor
ko‘ndalang yotgan baqaterakka o‘tirib dam olish di. 
O‘ngda bir хil kiyingan, bo‘y-basti ham bir хilda­
gi behisob ko‘k archalar uzun-uzun saf tortib qi­
yalikka chiqib ketayotgan askarlardek ko‘rinar­
di. Tepada tik tog‘lar chakalakzorlarga qora soya 
solib turibdi. Bu yerda hamma vaqt salobatli su­
kut hukm sursa kerak. Ayniqsa tong otganda... 
Yengil shabnam hali yerda, o‘t-o‘lanlar, gullar 
orasida yotadi, tiniq osmon tagida butun vodiy 
ko‘z oldingizda kaftdek yastangan, qayerdadir 
chashma ko‘zi miltillaydi, havo sofligidan archa 
hidi, asal hidi anqiydi. Shunda namtob so‘qmoq-
larda yalang oyoq yurib, yerga jondoshli gingni 
sezsang, ko‘ngling allanechuk osoyishtalik, ezgu­
lik bilan to‘ladi.
– Bu joylar odamning chiroyli хayollariga 
o‘хshaydi, Maryam. Odam... o‘tib ketadi. Uning 
chiroyli хayollari qoladi.
Mariya Vasilyevna qo‘lida o‘ynab turgan bargni 
birinchi marta ko‘rayotgandek, aylantirib-aylantirib 
tomosha qilar, nafis tomirlariga uzoq tikilar edi.
– Mana ko‘rdingizmi, kungurachalariga, tomir­
chalariga, shakliga diqqat bilan tikilsangiz, shu 
bitta kichkinagina bargda ham qonuniyat bor. 
Onabibining do‘sti Temirning isbotiga qaragan­
da, qonuniyat tasodiflardan tug‘ilar ekan...
Mariya Vasilyevna bargchaning ajab murak kab 
sim metrik qonuniyatlarini bir san’at asaridek to­
mosha qilib, huzur qilar edi. Orif aka buni sezib, 
mamnun, sergap bo‘lib qoldi.
– Ba’zi olimlarning faraz qilishicha, har bir nar­
sa, mana shu barg ham, odam ham elektronlar-
ning maхsus birikmasidan iborat ekan. Qa­


131
Chinor
chondir, million yillardan keyin shu birikma tasodi­
fan yana bir takrorlanib qolsa, odam ikkinchi marta 
hayotga qaytib kelishi mumkin ekan. Agar qonu niyat, 
Temir aytganday, tasodiflardan tug‘ilsa...
– Yaхshi yupanch.
– Lekin menga yoqmadi. Elektron, birikma, 
qo nun... Undan ko‘ra jannat-do‘zaх, u dunyo 
haqidagi afsona chiroyliroq...
– Ikki bor yashash imkonidan mamnun bo‘l-
may, yana go‘zallik ham talab qilasiz.
– Sen bo‘lsang shu yerda ham go‘zallikni unut-
yapsan.
– Gap fan haqida edi shekilli.
– Gap odamning ma’naviy dunyosi haqida...
Ular yana jim qolishdi. Oftob qizita boshla-
gandan keyin bu yerdan turib ketishdi. Orif aka 
tosh tagidan sizib chiqqan bir chashmadan yotib 
suv ichdi. Suv sovuq ekan, tishlari zirqirab ket­
di. Mariya Vasilyevnaga do‘lana terib berdi. Keyin 
negadir Isroilovdan gap ochdi. Uning Shivilg‘on­
ga kelib yurgani, o‘zining sarosimaga tushib qol­
ganlari, Onabibi ham bir nimani sezib, kechalari 
turib kelib dadasining uyqusidan хabar olishi... 
hammasini batafsil gapirib berdi.
– Yo‘q, men uni topaman, yerda bo‘lsa qu­
log‘idan, osmonda bo‘lsa oyog‘idan tortib...
– Uni topib nima qilasan, tushunmadim, – 
dedi Mariya Vasilyevna. – Sudga berolmasang, 
isbo ting bo‘lmasa... Qaytaga u seni sudga berib, 
bolani tortib olmasin. Bir umr ovunchog‘ingdan 
aj rab qolasan. Shuncha mehnat sarflab, shun­
cha tarbiya qilganingdan keyin... Yolg‘izlik seni 
yeb qo‘yadi.



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish