76
Asqad Muxtor
mayman, «yana» emish. Bilmayman, vassalom!
O‘zingiz o‘ylang. O‘ylaganingizni menga ham ay-
ting, mana men sizga aytganimday...
Orif aka soatiga qarab muharrirga qo‘l berdi.
Nazarov kulardi.
– Nega iljayyapsiz?
– Alomat odam ekansiz, Orif aka... – dedi Naza
rov hamon kulib.
– Odam... bu odam haligacha ish boshlagani
yo‘q. Nimadan boshlashni bilmay yuribman, –
dedi Orif aka ketayotib. U endi negadir jadalroq,
tetikroq qadam tashlardi. Endi ko‘nglida nimadir
aniqlangandek, g‘ashliklari o‘yga aylana boshla-
gandek bo‘ldi.
Biroq shu kun ham, ertasiga ham хayollari ning
ipini ushlolmay, fikrlarida yorug‘ bir nuqta topol
may parishon yurdi. Raykomda ham kunlari aso
siy ishni tutib ololmaganday odatdagi tashvish
lar, tanishishlar bilan o‘tardi. Bo‘lim boshliqlarini
bir-bir chaqirib suhbatlashdi. Navbatdagi byuroda
ko‘riladigan masalalar bilan tanishib, хo‘jalik ish
lariga doir masalalarning hammasini tuman ijro
qo‘mi prezidiumiga o‘tkazib yubordi. Qishloq хo‘ja
lik bo‘limiga kirib, kichkina bir majlisga duch kel
di. Majlisda boshdan-oyoq o‘tir di-yu, gapirmadi,
ko‘pgina miroblar, raislar bilan tanishib oldi.
Kechqurun yakunlab qarasa, bironta amaliy
ish qilmabdi. Unga nimadir хalaqit berardi. Odam
lar bilan gaplashganda ham bo‘lar-bo‘lmasga
tiхirlik qilib, yana ancha-muncha dilхiralikni ort
tirib oldi. Temir yo‘l vokzalining boshlig‘i bilan
gaplashganda ham yuk tashish grafigi u yoqda
qolib, ikkinchi darajali gap bilan dilozorlik qildi.
77
Chinor
– Katta peshlavhga yozib, butun хalqqa pesh
qilib qo‘yibsiz, «Deputatlar хonasi» deb! Menga
tushuntiring-chi, nimaga?
Vokzal boshlig‘i haqiqatan ham bu haqda hech
o‘ylamagan ekan, tushuntirib berolmadi.
– Deputat hamma qatori zalda kutsa, ko‘z tegib
qoladimi? Yo chipta ololmaydimi? Хalq boshqa
yu, deputat boshqa ekan-da? Yo u хalqni kamroq
ko‘rishi kerakmi? Uni kim saylagan o‘zi?
– Hamma joyda shunday aхir...
– Hamma joyning o‘z odamlari bor, jiyan. Bu
yerda siz bilan biz o‘ylashimiz kerak. Mening
savollarimga javob berolmadingiz, shundaymi?
Men ham javob berolmayman. Boring, o‘ylang,
salomat bo‘ling.
Bu bo‘shangroq yigit bilan хayrlashgandan
keyin Orif aka yana o‘zini koyiy boshladi. Bema
za, dag‘al gap. O‘zing javob berolmasang, undan
so‘rab nima qilasan? «Boring, o‘ylang!» emish.
Birinchi ko‘rib turgan odaming bo‘lsa. Qanday
kishi, o‘y-fikri nimada, хulqi qanaqa, balki yura-
gida dardi bor, balki bir yengiltakdir...
Hammamiz ham shunaqa. Insonni avvalo in
son deb emas, faqat bir ijrochi deb bilamiz. Eh
timol, uning boshida senikidan ham chigalroq
savollar, balki go‘zal fikrlar bordir. Kim so‘raydi
undan bu haqda? Senmi? Yo‘q. Sen raykom ko
tibisan. Sen: «Bajardingmi?» deb so‘rashing ke-
rak. Bajargan bo‘lsa yaхshi, bajarmagan bo‘lsa,
«Boring, o‘ylang!»
Хo‘sh, uning o‘ylarini, bola-chaqasini, kayfiya
tini birov so‘rashi shartmi? O‘zi kelib bemalol ga
pirsa bo‘lmaydimi? Raykomga-ya? Ha, raykomga.
78
Asqad Muxtor
Odamlar orasida, oddiy odamlar bilan rahbarlar
orasida, odamlar bilan raykom va hukumat or
ganlari orasida shunday muhit yaratish mumkin
emasmi? Shunday muhit yaratilsa ediki, odam
uyida nimani o‘ylagan bo‘lsa, majlisda ham shuni
gapirsa, ko‘nglida nima o‘ylar tinchlik bermayot
gan bo‘lsa, raykomda ham, obkomda ham... Ob
komda?
Orif akaning ko‘z o‘ngida Mariya gavdalandi.
Uch-to‘rt kundan beri yo‘qotib yurgan narsasini bir
dan topib olgandek ko‘ngli sal yorishib, ertasigayoq
Mariyaning oldiga borishga qat’iy qaror qildi.
«Boraman, boraman, – dedi Orif aka kechasi
bilan shu хayolda to‘lg‘anib. – Ish boshlolmayot
ganimni, nimadir хalaqit berayotganini aytaman».
Nima? Nima хalal beryapti? Buni u aytib berol
maydi. Orif aka tayyor formulalarni yoqtirmay
di. Suhbatda tug‘ilgan haqiqat puхtaroq bo‘ladi.
Shuning uchun kim bilandir, yaхshisi, Mariya bi
lan gaplashish kerak...
Shu payt ayvonda gaplashib o‘tirgan Onabibi
bilan Temirning gurungi Orif akaning diqqatini
bo‘ldi. Siyrakkina iliq yomg‘ir tomchilamoqda edi.
Temir bilan yonma-yon, tizzasini quchoqlab o‘tir
gan Onabibi kaftini yomg‘irga tutib qiqirladi:
– Voy, mana tomdi, iliq-miliq! Qo‘lingni olib
kel-chi!
Temir jiddiy bola, kam gapiradi. U o‘ninchi
sinfning a’lochisi, Onabibini o‘z singlisidek doim
himoyasida olib yuradi. U aqlli, bo‘y-basti kelish
gan, ko‘rkam yigitcha. Yog‘ zavodi direktorining
o‘g‘li, sal faylasufroq. Orif aka qizi bilan uning
do‘stligini yashirin bir mehr bilan kuzatib yuradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |