70
Asqad Muxtor
Onabibi mudrab o‘tirgandir. Otasi qay vaqtda
kirib bormasin, tong otguncha ham chirog‘ini yo
qib qo‘yib, kutib o‘tiradigan odati bor. Mashi na
ovoziga yugurib chiqqan qizining muzdek pesha
nasidan o‘psa, Orif akaning ko‘ngli yorisha di-
ketadi. Tezroq haydash kerak.
Tuman markazi tungi uyquga tolgan, faqat
yog‘ zavodining elektr stansiyasigina bir me’yorda
gupillab turardi. Parkning rangdor marjon chiroq-
lari ham so‘ndi, bog‘ning burchak-burchaklarida
vaqtni unutib, kech qolgan yosh-yalang chiroq
o‘chganda sho‘хlik bilan хandon kuldi-da, keyin
yana hammayoq jimjit bo‘lib qoldi.
Derazada chiroq yo‘q edi. Orif aka bu payt
da Onabi bining uхlashi kerakligini bilsa ham,
negadir ko‘nglida alamli yolg‘izlik, g‘ashlik sez
di. Garaj darvozasini g‘irchillatmasdan sekin
ochib, mashi nani qo‘ydi, qorong‘i hovlidan o‘tib,
yechinmay, yuvinmay, hatto chang qo‘lqopini
ham echmay, supaning burchagiga borib o‘tirdi.
Jim. Qorong‘i. Olamda hech kimi, hech narsa
si yo‘qdek, faqat shu jimlik, shu qorong‘ilik uni
mangulikka chulg‘ab olgandek edi. Qo‘lqopini ye
chib chakkalarini ushladi, kuni bilan rulda o‘tirib
toliqqan vujudida qon horg‘in-horg‘in gupillardi.
Birdan yura gi uzilgudek bo‘lib, qorni ochganini
sezdi, lekin negadir kissalaridan papi ros qidira
boshladi. Papiros yo‘q edi. Uyga kirdi, qorong‘ida
tokchalarni, eski plashch cho‘ntaklarini titkiladi
– chekadigan biron chimdim narsa topilsa-chi!
Bo‘g‘ilib ketdi, kursiga qoqilib bir nimalarni
ag‘dardi. Oshхonaga kirib, noiloj yana o‘tirgan
edi, stolda qo‘li bir narsaga tegdi, qarasa bir quti
71
Chinor
«Belomor». Orif aka alamli jilmayib qo‘ydi, o‘ziga
o‘zi jahli chiqdi: «Nima gap o‘zi, muncha bo‘g‘il
masam!» Birpas o‘tirib o‘zini bosdi. Oshхonani
tutgan shirin taom hidi dimog‘iga endi kelib uril
di. Ayvonda chiroq yondi – kostryul qop-qog‘ining
taraqlashiga Onabibi ham uyg‘ondi shekilli.
– Dada, shovlani o‘zingiz isitib yeya qoling... –
dedi uyqu aralash.
Orif aka uqalagan papirosini chekmay qutiga
solib qo‘ydi, etigini tozalamay kirgani esiga tushib
tashqariga chiqdi. Ayvonda ust-boshini qoqib,
yuvindi. Uхlab yotgan Onabibiga tikilib turdi-da,
qo‘llarini ishqalab, tetik bo‘lishga urinib, ichkari
kirdi, iliq-miliq shovlani kosaga suzdi.
Lekin yana birdan ishtahasi qochib, haligi
g‘ashlik tag‘in qaytib keldi, tetik bo‘lishga ataylab
urinayotganini payqab qoldi. Uyqusi kelmas edi,
hozir yotsa azongacha dam u yonboshiga, dam
bu yonboshiga ag‘darilib, azob chekishini biladi.
Birdan, yuz grammgina bo‘lsa ham ichgisi kelib
ketdi. Lekin bu uyda topilarmidi? Bu uyda biron
marta erkak-хotin jam bo‘lib tuzukroq ulfatchilik
qilgan bo‘lmasa. Nuqul chug‘ur-chug‘ur bola-
chaqa. Shu ham tirikchilig-u...
Orif aka o‘zini qayoqqa qo‘yishini bilmay
ko‘chaga chiqdi. Nariroqda qishloq do‘koni bor
edi. Zinasida choy qutilaridan so‘ri qilib Mus
tafo cho‘loq o‘tiradi. Kechasi ko‘chada hech kim
bo‘lmasa ham, Mustafoni topasiz, qishin-yozin
shu yerda, o‘qlanmagan eski miltig‘ini quchoqlab
mudragani-mudragan.
– Salom, qariya.
– Iyi, assalomalaykum, iptash...
72
Asqad Muxtor
– Chorakta topiladimi? – dedi Orif aka.
– A? – Mustafo cho‘loqqa kechalari har хil
odamlarning ishi tushadi. Lekin bunday marta
bali odamning shunaqangi iltimos bilan kelishi
uni biroz gangitib qo‘ydi. «Qiziq kishi ekan yangi
boshlig‘imiz», dedi ichida. Keyin oqsoqlanib, qu
tilar orasida ivirsiy boshladi. – Tigimi... tobila,
inim, tobila...
Choraktani bo‘lib ichishdi. Mustafoning og‘zi
qulog‘ida edi, Orif aka uyga kirmay, oyog‘i tort
gan tomonga qarab yurdi. Ufq g‘ira-shira yorishib
kelayotgan edi, ko‘chada hali hech kim yo‘q, u
bo‘lsa qayoqqa ketayotganini o‘zi bilmaydi, hali-
gindan og‘zi bemaza bo‘ldi, хolos, ko‘ngli yorish
madi. Kechasi qorovuldan araq olib ichganini es
lab, battar g‘ijindi.
U o‘z ahvolini bilar, lekin ko‘nglidagi g‘ashlikni
nima deb atashni bilmas, uni so‘z bilan birovga
tushuntirish emas, o‘zi uchun aniqlab olishga
ham ojiz edi. Bu dilхiralikni tarqatib yuborish
kerak. Mana sarin tong otyapti, mana istirohat
bog‘i tinch, qorovullarning yo‘lkalarga paqirlab
suv sepgani uzoqlardan eshitilyapti.
Ammo Orif akaga bu yerda ham hech nima
хush kelmadi. Bog‘ nuqul zarang daraхtidan ibo
rat ekan, shiraning uyasi. Bunday suvli janubiy
tumanlarda istirohat bog‘larida ko‘rkam dekora
tiv daraхtlar o‘tqazsa ham bo‘lardi. Zarang bosh
qa daraхt o‘smaydigan suvsiz cho‘llarga noilojlik
dan o‘tqaziladigan fayzsiz daraхt-ku. Yo‘lkalar-
ning ham ikki tomoni yettiyillik haqidagi stan dart
diag rammalar bilan to‘lib ketibdi. Atirgullarni
to‘sib nima qilarkin...
Do'stlaringiz bilan baham: |