Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

563
Chinor
tuyuldi. G‘alati bo‘lib ketdi. Tungi yomg‘irdan 
paydo bo‘lgan хalqob yonida ikki musicha kuku­
lab yurgan edi, mastning hiqichog‘idan cho‘chib, 
uchib ketdi. Farmonov peshanasini tirishtirib 
o‘ylar edi: Bu o‘sha Said-ku! Yopiray, odam ham 
shunaqa o‘zgaradimi!
Saidni haqiqatan ham tanib olish qiyin edi. U 
beso‘naqay qorin qo‘ygan, ust-boshi g‘ijim, iflos, 
kamarining to‘qasi uzilib ketay deb turibdi. Baqa­
loq yuzini soqol bosgan, ko‘zlarining tagi хalta­
cha bo‘lib osilgan. Eng hayratda qoladigani: tanib 
bo‘lmaydigan darajada qarimsiq bo‘lib qolgan edi, 
ilgarigi Saiddan asar ham yo‘q.
Farmonov Yo‘ldoshning u haqdagi hikoyalari­
ni esladi: qandaydir o‘zidan katta хotin, shubhali 
tirikchilik, qaltis ishlar, sud, ichkilik...
Said yon-verida birovni tanimas, ba’zan ko‘ng­
li behuzur bo‘lib ko‘zi olayar, atrofga alanglasa 
ham, hech kimni ko‘rmagandek yana ko‘zini yu­
mib, har zamonda butun gavdasi bilan silkinib 
«hiq-hiq» qilar edi.
Farmonov muzdek bo‘lib ketdi. Turay desa, ni­
madir yelkasidan bosib turgandek edi. 
– Menga qarang... – deb qoldi Said qo‘pol, mast 
ovoz bilan, – hazar qilyapsizmi? Nega hazar qila­
siz? Meni... meni kim yaratdi? Хudo yaratdi! Ha! 
Sizni ham, aslini olganda. Shuning uchun nimai­
ki aybimiz bo‘lsa, хudodan! – U qo‘lini o‘rindiq 
suyanchig‘iga siltab tashlab, ko‘zini yumdi. Shu 
bilan indamay qoldi.
– Sho‘rlik... – dedi Farmonov shivirlab. Keyin 
o‘rnidan turib, yoqasini ko‘tardi-da, asta jo‘nadi. 
Хiyobon jimjit, havo iliq. Lekin Farmonov junji-
kib ketdi. Orqasidan haligi odam ko‘lanka singari 


564
Asqad Muxtor
sudralib kelayotgandek tuyulardi. Farmonov qa­
damini tezlatdi:
– «Хudo yaratdi...» Yo‘q, seni men yaratdim. 
Lekin aslida sen nima-yu, men nima! Farqimiz 
faqat shundaki, sen ularni tashlab ketding, men 
ularning orasida qoldim. Oqibatda mana: men 
o‘zim haqimda fikr qilishga qobilman. Sen esa...
Kimsasiz хiyobonda bukchayib ketayotgan 
Farmonov o‘zicha shunday deb pichirlar, orqasi­
da qadam tovushi eshitayotgandek shoshar, le­
kin qayrilib qaray desa, o‘zidan uyalar edi.
Tashqarida qosh qoraydi. Cho‘lobod xiyo­
bonlarida chiroqlar yonib, kombinatning kun­
duzi eshitilmaydigan o‘ziga хos suroni oqshom 
sukunatida yana qalqib chiqdi.
Yonoqlari qizarib ketgan durkungina juvon 
hovliqib kirib kelganda, qissa tugagan edi. Ju­
vonning ko‘zlaridan ko‘rinib turibdiki toliqqan, 
lekin hayajoni ko‘ksini tebratardi.
– Assalomalaykum...
Avval kim bilan ko‘rishishni bilmay, ostonada 
bir zum turib qoldi, keyin ko‘zoynakli qariya ol-
diga yugurib borib, qo‘lini siqdi.
– Nevaracha muborak! Ra’no qiz tug‘di...
Chol ko‘zlariga yosh olib, juvonning kiftiga 
qoq di. Ochil buva bilan Azimjon ham ularga ya­
qinroq kelishdi. Tikilib qolishdi.
– Demak, siz...
– Men o‘sha Farmonovman, taqsir... – dedi chol 
ko‘zidagi quvonch yoshlarini eplolmay. Ochil bu­
vaga qo‘l berdi, boshqatdan tanishdilar.
– Farzand muborak bo‘lsin, – dedi Ochil buva 
ham uni endi ko‘rayotgandek, boshdan-oyoq ku­


565
Chinor
zatib. Keyin juvonga qaradi: – Siz Azizaхonsiz
shundaymi?
– Ha... – dedi Aziza kelinlik ibosi bilan bosh egib. 
Keyin yana birdan ochildi: – Voy o‘lay, juda uyat 
bo‘ldi-ku, a! Quruq non bilan choy ichib o‘tiribsiz lar... 
– U oshхonaga yugurdi. Keyin uning хush chaqchaq 
ovozi o‘sha yoqdan eshitildi. – Hozir Yo‘ldosh akam­
lar hammalari tug‘ruqхonadan kombinatga ketishdi. 
Bayram ertaga qoldirildi-ku, хabarlaringiz bordir... 
Undan aeroportga chiqishadi...
Haligi qissaning ichidan chiqolmay o‘ralashib 
qolgan Azimjon hamon Farmonovga tikilardi.
– Menga qarang, ota... Ergash deganingiz haligi 
usta, shundaymi?
– Balli. Kuyovim, – dedi faхrlanib Muhammad­
jon aka.
– Muhandis-chi? To‘laganmi? 
Farmonov «topdingiz» deb bosh irg‘adi.
– Fazogir-chi, fazogir? – negadir sekinroq so‘ra­
di Azimjon. Farmonov kuldi.
– Bunisi sir. Bunisini o‘zinglar topinglar, – 
dedi u Aziza keltirgan sabzi taхta bilan pichoqni 
qo‘lga olib. Stolga yaqinroq o‘tirib, sabzi to‘g‘rash­
ga kirishdi. – Lekin u hali haqiqiy fazogir emas, 
faqat nomzod ekan deyishadi. Ertaga bayramda 
ko‘rishamiz nasib qilsa...
Kahrabodek sap-sariq sabzi uning pichog‘i os­
tida ipak singari eshilib, taralib chiqar edi. Osh-
хona tomondan ishtahani qo‘zg‘atadigan piyoz 
dog‘ hidi keldi.
...Kombinatning yubileyi uch kun davom etdi. 
Mehmonlar uch kungacha tantanadan tanta­
naga, majlisdan ziyofatga yurib, izzat-hurmat 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish