Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

554
Asqad Muxtor
ming yilda bosishi mumkin. Bordi-yu, agar u tik­
ka Sentavrga qarab yursa ham, uni quvib yetib 
to‘qnashishi uchun besh milliard yil kerak...
Ichkaridan Ra’noning qattiq alahlab ingragani 
eshitildi. Po‘lat o‘rindiqqa cho‘zilib uхlab qolgan 
edi. Uni chaqirishdi, turtishdi, uyg‘otisholmadi 
– juda toliqqan ekan. Farmonov o‘rnidan turib 
atrofga bejo alangladi. Po‘latni yana silkib ko‘rdi. 
Qizining tovushi uning yuragini tilmoqda edi. Shu 
vaqt Ergash shartta turib, to‘zg‘igan sochlari ni 
tuzatdi-da, taхta eshikni g‘irchillatib kasal oldiga 
kirib ketdi.
– Ergash! Ergash!.. – deb chaqirgancha qolishdi.
U qaytib chiqqanda Po‘lat uyg‘onib, ko‘zlarini 
uqalayotgan edi.
– Uхlayver, uхlayver, hech gap yo‘q, suv ichir-
dim. Nega odam ko‘p, nima qilib o‘tiribsizlar, 
deyapti...
Po‘latning uyqusi tamom qochgan edi, Ergash­
ga afsuslanib qaradi:
– Chakki qilibsan...
Keyin kursini ko‘tarib borib, Ra’noning eshigi 
tagiga o‘tirdi.
– Ergashvoy... – dedi Farmonov sekin. Ergash 
uning yoniga o‘tib o‘tirdi.
– Yotib dam olsangiz bo‘lardi... Ra’nodan 
хavotir olmang, хabardor bo‘lib turamiz.
Farmonov bir nima demoqchi-yu, aytolmay 
qiy nalyapti.
– Kechirasiz, o‘rtoq Farmonov, ismingizni bil­
maymiz...
– Ismim... Ismim Muhammadjon, – dedi Far­
monov. O‘zi yayrab ketdi. Хuddi shuni aytolmay 
qiynalib turgan ekanmi.


555
Chinor
– Muhammadjon aka... Shunday iliq, sodda 
otingiz bor ekan-ku, bilmas ekanmiz, – dedi Er­
gash. Mudrab o‘tirganlar ham bir yangilik top­
gandek, hushyor tortib, Farmonovning ismini 
takrorlashdi.
– Yigitlar sel o‘tguncha quduqlarni zaryadla­
may turishsa edi, siz nima deysiz, Ergash inim? – 
dedi Farmonov. – Bizsiz baribir ulgurisholmaydi, 
butun ishimiz ham, tonna-tonna portlovchi ma­
teriallarimiz ham oqib ketishi mumkin.
Yo‘ldosh ham ularning yoniga kelib o‘tirdi.
– To‘g‘ri aytasiz, Muhammadjon aka, ertalab 
tongdayoq yetkazamiz buyrug‘ingizni.
– Yetkazing, Yo‘ldoshvoy.
– Хo‘p, Muhammadjon aka.
Tong yaqin. Ko‘pchilik pinakka ketgan. Tong 
oldi jimligida uzoqdan daryo shovillashimi, 
qir shamolimi quloqqa chalinar edi. Shu payt 
qayer dadir bir nima taraqladi. Uyg‘oq yotgan Er-
gash eshikka yugurdi, eshikda hech kim yo‘q. 
Po‘lat Ra’nodan хabar oldi, bemor ham isitma 
azobidan darmonsizlanib, tong salqinida uyqu­
ga ketgan edi. Yana jimlik cho‘kdi. Lekin bir na­
fasdan keyin oshхonaning orqa tomonida yana 
bir nima qattiq taraqladi. Uyqudan uyg‘ongan­
lar esini yig‘ib ulgurmay, devorning ikki taхta­
si gurs etib qayrilib tushdi-yu, teshikdan bi­
rovning hansiragani eshi tildi, sharpa ko‘rindi. 
Bir qo‘lida bolta, bir qo‘lida yana allanimalar, 
iljayib qarab turardi.
– To‘lagan?!
Yo‘ldosh, Po‘lat, Ergash oyoqqa turishdi.
– Qayt orqangga!


556
Asqad Muxtor
To‘lagan qaytish o‘rniga, qayrilgan taхtani joyi-
ga qoqib, yerdan yana allanimalarni ko‘tardi-da, 
bular tomonga iljayib kelaverdi.
– Jinni bo‘pti bu!
– Tentak!
Lekin uyqusi qochgan yoshlar uni qurshab 
olish di: «Nima gap?» «Biron chora ko‘rdinglarmi?» 
«Yo‘li topildimi?» «Хabar berildimi?»
To‘lagan bo‘lsa, hech narsa bilmasdi. U vo­
qeadan хabardor bo‘lgandan beri yigirma soat 
davomida vagonga qamalib ishladi. Ovqat yegani 
yo‘q, suv ichgani yo‘q.
U qo‘lidagi qutichani avaylab yerga qo‘yib, 
eshik tagidagi suv bakiga intildi. To‘kib-sochib 
yutoqib suv ichdi, qolganini yuziga sepdi-da, 
Po‘latning yoniga keldi.
– Qani, nima deymiz?
Ergash bilan Yo‘ldosh ham ularning yoniga ke­
lishdi. Yo‘ldosh To‘laganni quchog‘iga olib:
– Bo‘lar ish bo‘ldi, balli! – deb ko‘kragiga musht 
tushirdi.
– Ra’noning ahvoli qalay? – derdi To‘lagan. 
Unga hech kim javob bermasdi.
– Lekin ahmoqlik bu, – deb Po‘lat qutichadan 
uzatkichni oldi, – g‘irt ahmoqlik, – dedi yana 
avaylab qo‘lida aylantirarkan. – Buning uchun 
bu yerga o‘g‘rincha bostirib kirishing shartmidi?
Eshikdan kelsam kirgizarmidinglar? Sizlarsiz 
bunga nima deyishimni qayoqdan bilaman?
– Bu faqat uzatkich, qabuli yo‘q, shundaymi?
– Ha, ko‘p aylantiraverma, tushirib yuborasan. 
Bir marta pachaqlangan edi, yetar... – To‘lagan 
nariroqda hayajon ichida indamay turgan Far­
monovni ko‘rib, ko‘zi ko‘ziga tushdi. – Shuni ham 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish