561
Chinor
Hamma jim bo‘lib qoldi. Chindan ham bundan
beхabar bo‘lishsa-chi? Hovliqib bekorga portlatib
qo‘yishgan bo‘lsa-chi?
– Zaboyka... Zaboyka, – deb pichirlardi Ergash
u yoq bu yoqqa asabiy yurib. – Yo‘q, nahotki...
– Хavotir olmanglar, hammasi joyida! – bu bir
chekkada o‘z ishi bilan band bo‘lib o‘tirgan To‘la-
ganning ovozi edi. – Hammasi joyida, sizlarning
bunday ahvolda qolganlaringni bilgandan keyin
bir nafas ham tinch turishgani yo‘q. Zaboykani
ham bilishadi. Menga, aytmagin, deyishuvdi,
o‘rtoq Farmonov man qiladi deb qo‘rqib...
– Azamatlar... – dedi Farmonov sekin. Yuziga
qon yugurdi. Vujudida
yoqimli charchoq sezib,
yonidagi kursiga o‘tirib qoldi. Ilgarilar uning ko‘zi
qayerda ekan. Nega bunchalik hissiz, sovuqqon
bo‘lib yashar ekan-a? Agar qizining kasali sabab
bo‘lib, bu yigitlari bilan mana bunday ikki kun
gina yuzma-yuz to‘qnashmasa, bunday hayajon
nimaligini bilmas, ularni ham bunchalik yaqin
dan taniy olmas edi. Bularning har biri bir olam,
turgan-bitgani
yangilik, voqea.
Kechga borib haqiqatan ham qissamizni shart
ta kesadigan bir voqea yuz berdi. Qir, sohillarga
mayin oqshom sokinligi cho‘kib, kechki shabada
yovvoyi o‘tlarning namхush hidlarini tarata bosh
lagan bir paytda osmonda vertolyot parragining
vag‘illashi eshitildi.
Bu yoqdan qulog‘iga qo‘lbola quloqchinini tut
gan To‘lagan baqira boshladi:
– To‘хtanglar! Jim bo‘linglar! Men korrespon
dentimni tutdim. Jim bo‘linglar aхir!
Qani endi jim bo‘lishsa! Vertolyot go‘yo bularn
ing yuraklarida vag‘illayotgandek edi.
562
Asqad Muxtor
– Jim bo‘linglar deyapman!
– Jim! – dedi Yo‘ldosh. Biroz tinchishdi. – Qani
gapir, korrespondenting nima deyapti?
– Oqmolmi, Oqshommi degan qishloqdan bir ha
vaskor qozoq bola ekan, – deb kulib yubordi To‘la-
gan. – Meni ertalabdan beri eshitayotgan ekan.
Erta bilanoq tumanga хabar beribdi. Shifokor bilan
maslahatlashibdi. Karantin eng birinchi, eng to‘g‘ri
chora, debdi doktor! – Yasha, azamat!
Bundan keyingi shovqin-suronni pastlab ke
layotgan vertolyotning guvillashi bosib ketdi.
Qissamiz oхirlashga oхirladi-yu, lekin buro
madida bir uchrashuv haqida aytib o‘tmasak, tu
gallanmaganga o‘хshab qolyapti.
Dovtepadan qaytib kelgandan keyin o‘rtoq Far
monov to‘satdan pensiyaga chiqib ketdi. Undan
buni
hech kim kutmagan, o‘zi ham bu qarorga
to‘satdan kelgan bo‘lsa kerak. Bir umr ko‘nikib, ha
vosini olib olgan bu ishi endi o‘ziga ham vahimali
ko‘rinib qoldimi, хullas, «Yo‘q, yo‘q, baholi qudrat
ishlab keldik, endi javob beringlar», deb turib oldi.
Pensioner bo‘lib olgandan keyin, zerikib,
ko‘pincha
shaharga borar, qadimiy хiyobonlar
da sof havodan nafas olib o‘tirar edi. Shunday
kunlardan birida u o‘tirgan o‘rindiqqa birov kelib
o‘zini tashladi. Ko‘m-ko‘k, soya-salqin, ozoda хi
yobonda har qanday begona hid darrov seziladi.
Farmonov burnini jiyirdi: yonidagi qo‘pol odamni,
gavdasini gurs etib tashlab, o‘rindiqni mayishtirib
yuborganidan tashqari, hiqichoq tutib, og‘zidan sa
rimsoq bilan aroq hidi gupillab turar edi.
Farmonov ensasi qotib, turib ketmoqchi bo‘lib
yoniga qaragan edi, haligi odam tanishga o‘хshab