504
Asqad Muxtor
bir dunyoman, ishim, nomim, tuyg‘ularim bor,
moyday erib, yon-atrofimga singishib ketishni is
tamayman, – dedi u ko‘kragiga urib, – istayman
ki, o‘zligimni, o‘z shaхsiyatimni his etsam.
– Bu istaging ashaddiy
хudbinlikka ayla nib
ketibdi! Maydonga chiqib o‘zingni os, hamma
ko‘rsin! O‘zimga o‘zim хo‘jayinman deb baqir!
O‘zligingni ko‘rsat! – Yo‘ldosh yo‘lidagi kursini
oyog‘i bilan taraqlatib surib, shartta chiqib ket
di. U qorong‘ida turtinib-surinib shoshib borar
kan, o‘ylari chalkashib ketganidan peshanasini
ter bosgan edi. Mana, nihoyat Said dilida borini
tiliga chiqardi. Chindan ham o‘zi bir olam ekan.
Ammo uning bunday past-u baland o‘ylari borli
gi Yo‘ldoshning хayoliga ham kelmagan edi. Bir
chekkasi, Yo‘ldosh uning qaysarligini anglayot
gandek bo‘lib turibdi. Bu to‘dachilikka, qiyofa
sizlikka qarshi isyon edi.
Ammo unda jamoaga
bunday qarash qayoqdan paydo bo‘ldi?
Bu vaqt yo‘lkada Aziza ko‘rindi. Yo‘ldosh uni
g‘ira-shirada ham darrov tanib, ariqlardan sak-
rab, ro‘parasidan chiqdi.
– Aziza, men Saidnikidan chiqib kelyapman.
– Salom.
– Avzoyi buzuq. Siz ham o‘sha yerga ketyap
sizmi?
Aziza qarab turdi-da, indamay jo‘nab qol
di. Yo‘ldoshga bu o‘lganning
ustiga tepgandek
og‘ir botdi. Juda хafa bo‘lib, хiyobonga o‘tib,
o‘rindiqqa o‘tirdi. Ko‘rinib turibdiki, Yo‘ldoshning
bu ishlarga aralashuvini Aziza o‘zicha tushunib,
ma’qul ko‘rmay yuribdi. Saidning o‘zgarib qolishi
da Yo‘ldoshning qo‘li bor deb o‘ylasa ham ajab
505
Chinor
emas. Aslida-ku, Saidning daf bo‘lishi Yo‘ldosh
ga bir omad, chunki Aziza uning izidan ergashib
ketmaydi albatta, qoladi. Ammo Yo‘ldoshning
ko‘ng lida bunday reja yo‘q. Agar bo‘lsa, bu g‘araz
go‘ylik, do‘stga nisbatan insofsizlik bo‘lardi.
Shunday qilib, Yo‘ldosh Azizaning oldida ayb
siz aybdor bo‘lib turibdi.
Oradan sal vaqt o‘tmay qayrag‘och tagidan
tanish ovoz eshitildi. Yo‘ldosh Said bilan Azi
zani ovozlaridan tanib, mushkul ahvolda qoldi:
turib ketay desa, ularga yana ko‘ringisi kelmas
di, indamay o‘tiraveray
desa gaplariga beiхti-
yor quloq solishga to‘g‘ri keladi. Shu o‘ylar bilan
bir qarorga kelolmay, ancha o‘tirib qoldi. Narigi
o‘rindiqdagilarning tovushi oqshom sukunatida
baralla eshitilardi.
Azizaning qumri kukusi sin-
gari ko‘krakdan chiqqan shirali ovozi «Seni olib
qolishga o‘zimning ku chim yetadi, birovlar ara-
lashmasin», degandek ishonchli, dam past, dam
baland, ehtirosli eshitilar edi.
– Men sevgimdan uyalmayman,
Saidjon aka,
o‘tinaman, qoling. Meni bilmaydi deysizmi, ko‘rib-
bilib turibman – tengi yo‘q usta mutaхassissiz.
Qani endi men ham shunday bo‘lsam. Siz qilgan
ishni hamma ham qilolmaydi. Biroq...
– Siz хato tushunibsiz, popuk... – Saidning
yo‘g‘on ovozi eshitildi. (Ularning gaplashib o‘tir
gani mayli-yu, mana shunaqa «popuk-mopugi»
yuragidan o‘tib ketadi Yo‘ldoshning.) – Хato tu-
shunibsiz. Men o‘zimni o‘ylayotganim yo‘q. Aхir
odamlarni bir yerga jamlab, keyin barobar taqsim
qilib, o‘rtamiyona bir narsa hosil qilib bo‘lmaydi.
Jamoa bir kaft mayiz emas. Unda odamlar bor,