464
Asqad Muxtor
«Buyuk dahoga shon-sharaf! Talabalar».
«Kurashda tolganlar, shu dargohga kelib, orom
oling...»
Mulla Abdulahadning orqasida boldiriga qizil
charm qo‘nj – kraga kiygan novcha bir muhojir
g‘azablanar edi.
– Mayn gott! Qanday tartibsizlik! Men Kyoln
dan shu yoqqa naqd pul to‘lab kelganman. Kecha
kuni bilan kutdim.
Bugun ham, mayn gott!
– Shuncha zarurmidi, janob?
– O, ma’lumki, Rossiyada ikkitagina... haligi,
nima edi... remarkable places – diqqatga sazo vor
narsa bor: Vasiliy Blajenniy butхonasi-yu, graf
Tolstoy. Ko‘rmay qaytsam, do‘stlarimga nima
deyman?
Qori ensasi qotib teskari qaradi-da, yozuvlarni
o‘qishda davom etdi:
«Butun dunyo proletarlari, birlashingiz va in
son dahosiga ta’zim qilingiz! Yosh Rossiya».
«Men, хokisor darvesh oyog‘ingni o‘paman».
«Gigant
mutafakkir, rahmat!» Professor (imzo).
Sal narida eski chakmon ustidan belini arqon
bilan tang‘igan shilpiq ko‘zli bir bukri cholning
хotinchalish ovozi eshitilardi:
– Haq taolo o‘zi guvoh, bu dunyoda neki savob
orttirgan bo‘lsam, hammasi muhtaram graf sha
rofatlari tufayli. U kishining ta’limlari... – Bukrini
yo‘tal tutib, gapi bo‘lindi. Saldan keyin yana to
vushi chiqdi: – Chumoliga ozor bergan emasman.
Go‘sht, tuхum yemayman, tarki dunyo qilgan
man, хudoga shukur...
Bu vaqt ayvonga yana shveysar chiqib, Lev Ni
kolayevich bugun qabul qilolmasligini e’lon qildi.
Yana shovqin bo‘lib ketdi.
465
Chinor
– Mayn gott!
–
Grafga aytsangiz, men birinchi gildiya...
– Menga qarang! Meni aytdingizmi?
Biroq shveysar kirib ketgan edi.
Abdulahadning keksa, darmonsiz Lev Niko
layevichga rahmi keldi. Bu odamlar unga nima
uchun kerak? O‘zi-chi? U nima qilib turibdi?
Yonidagi og‘zi labbay nodon ajnabiy, shilpiq
darveshni o‘y birpasdan хo‘rligi keldi, yuzini ikki
qo‘li bilan to‘sib yopib o‘tirdi-da jo‘nab qoldi. Qor
astoydil gupillab yog‘ar edi. Yo‘llarni darrov yana
qor bosibdi, oyoq g‘irch-g‘irch qiladi.
Yo‘q, kelib uni bezovta qilish kerak emas.
Dam olsin. U mana bu boylikdan quturgan be
korchilardan juda bezor bo‘lsa kerak. Bu olifta
«muхlis»lar «falonchini ko‘rdim»
deb kerilish
uchungina bu yerga kelib, eshigining turumini
buzyapti. Yuzsizlar!
Mulla Abdulahad yana bir haftacha ikkilanib
yurdi, Tolstoy ko‘z o‘ngidan ketmas edi.
Butun
vujudi bilan unga intiladi, ertalab «albatta bora
man», deb o‘rnidan turadi-yu, keyin o‘ylab niyati-
dan qaytadi.
Kunlardan bir kun bekatdagi do‘konga non
olgani borsa, o‘sha kungi bukri shilpiqni qovoq-
хonada ko‘rib qoldi. Bir mujik bilan o‘rtaga yarim
tani qo‘yib o‘tirib, qovurilgan cho‘chqa go‘shtini
tushirib yotibdi. Og‘izlari iflos, kayfdan ko‘zlari
yumilib ketibdi, qo‘lida katta suyak, itday g‘ajiy-
di! Obbo, ablah-ey, et yemasmish,
tarki dunyo
qilganmish!
Nafrat turtki bo‘ldi-yu, mulla Abdulahad shu
yerning o‘zidanoq yana Yasnaya Polyanaga jo‘na