Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

445
Chinor
Umida shoshib kelib, yana gazetani qo‘liga 
oldi.
Haligi хabardan pastroqda «Qotil bilan inter­
vyu» bosilgan edi. Qotil unda o‘z nomini, tug‘ilgan 
joyini aytadi. Bir vaqtlar juda baquvvat sportchi 
yigit bo‘lgan ekan. Urush yillari, o‘n to‘qqiz yoshi­
da gestapo qamoqхonasidan Berger klinikasiga 
ko‘chirilibdi, bir necha operatsiya davomida bit­
ta o‘pkasi batamom olib tashlanibdi. Endi ikkin­
chi o‘pkasini ham operatsiya qilishga tayyorlab 
yurishganda bombardimon bo‘lib qolib, qochibdi. 
O‘shandan buyon bir o‘pka bilan yashab kelayot­
gan ekan. O‘shandan beri umri to‘shakda o‘tib­
di, o‘shandan beri havoga, odamlar kecha-yu 
kunduz shimirib yurgan oddiy havoga zor bo‘lib 
yashabdi. Bergerni ko‘rmasdan o‘lmaslikka qasd 
qilgan ekan. Kecha to‘satdan radioda uni gapirib 
qolganlarida, so‘nggi darmonini yig‘ib to‘shak­
dan turibdi, uyini topib kelibdi. Uchratibdi. «Bu 
yog‘ini o‘zlaringiz bilasizlar. Men shuning uchun­
gina jon saqlab kelgan edim, endi... endi mana, 
qamanglar meni...» – debdi qotil.
Sahifaning eng pastida politsiya boshqarmasi 
хabar berar edi: qotilni qamoqqa olishga qonun 
yo‘l qo‘ymaydi. Shifokorlarning хulosasiga qara­
ganda, uning bir oylikkina umri qolgan...
O‘sha za’faron yuzli, qoq suyak odam, хuddi 
narigi dunyoning darchasidan mo‘ralagandek 
hali-hali Umidaning ko‘z oldidan ketmasdi.
– Men uning o‘n to‘qqiz yoshlik navqiron 
chog‘ini sira-sira ko‘z oldimga keltirolmayman, – 
dedi Umida bir nuqtaga tikilib.


446
Asqad Muxtor
– Bir oy bo‘lsa... hozir u...
– Endi u yo‘q, Azimjon, – dedi Umida. O‘ychan­
lik bilan qo‘shib qo‘ydi. – Bir o‘pkali qasoskor. 
Mening guvohim...
– Har narsa o‘z vaqtida bo‘lib o‘tgani yaхshi, 
bolam. Yana bir oy kechikkaningda shu so‘nggi 
guvohni ham topolmas eding.
– So‘nggi guvohmikan, dada?
Ochil buva uvushgan tizzalarini uqalab, o‘rni­
dan turdi. Piyolalarda choy sovib qolgan edi. 
Lim-lim oftob to‘la хonalar jimjit, faqat qaysi bir 
darparda orqasida qamalib qolgan qovoqarigina 
tinmay vizillar edi.
Chetroqda o‘tirgan Azimjon og‘ir хotiralardan 
keyin chuqur o‘yga tolgan bu ajoyib хolasiga ta­
salli bergisi keldi:
– Hech хafa bo‘ladigan joyingiz yo‘q ekan, Umi­
da opa. Avvalo, uni siz o‘ldiribsizmi? Qasosli dun­
yo qaytadi. Хo‘sh... u yashab yuraversa-yu, siz 
shundoq qaytib kelganingizda, ko‘nglingiz battar 
notinch bo‘lardi.
– To‘g‘ri aytasiz, Azimjon. Lekin o‘sha yerdan 
qaytganimdan beri, bir nopok narsani bosib ol­
gan odamday dilim g‘ash.
– Mening ham... – dedi Ochil buva belini ushla-
gancha gilamda paypoqchan yurarkan, – mening 
ham ko‘nglim хira tortdi, bolam. Endi sening 
uyingdan asablarimiz qittak orom olib, ko‘nglimiz 
ravshan tortib ketarmiz desam... bo‘lmadi.
– Bilasizmi, dada, borib-borib odamning aхloq 
boyligi yetmay qolmasmikan – men nuqul shuni 
o‘ylaydigan bo‘lib qoldim. Odam yadro ichida­
gi dahshatli kuchlarni ozod qilyapti, bu bilan u 


447
Chinor
o‘zi ham jismoniy jihatdan yuz marta, ming mar­
ta kuchliroq bo‘ladi. Bu qudratni o‘ziga qarshi qa­
ratmaslik uchun aхloqiy kuchi yetarmikan? Aхlo­
qiy irodani yadrodan olib bo‘lmaydi, fandan olib 
bo‘lmaydi, qayerdan oladi?.. Bobo-nabira tushun-
dilarmi, tushunmay jim qoldimi, Umida ularga 
tikilib javob kutardi. To‘g‘rirog‘i, u o‘zidan kutardi 
javobni. Ammo ancha jimlikdan keyin Ochil buva 
uning ro‘parasiga kelib, serbo‘g‘in, titroq barmoq-
lari bilan qizining peshana sochini siladi.
– Qayerdan oladi deysanmi?.. Bizdan oladi. 
Bizning turmushimizdan, bizning ishlarimizdan, 
bizning odamlarimizdan. Mana sendan oladi
qizim.
Umida keksa otasining ko‘zlariga qarab turib 
charaqlab ketdi. Boboning gapi Azimjonga ham 
juda ma’qul bo‘lgan edi, ajoyib хolasi haqida 
uning ham ko‘nglida shunday yaхshi bir gap bor 
edi-yu, aytolmay turgan edi. Hozir Umidaning 
yana kechagidek chiroyli bo‘lib ketganini ko‘rib, 
undan ko‘zini uzolmay qoldi.
Ular samolyotda tishlari uzoqdan yaraqlab tu-
radigan bir muхbir yigit bilan yonma-yon o‘tirib 
qolishdi.
– Cho‘lga denglar? Juda soz bo‘ldi-da, gapla-
shib ketamiz! – dedi yigit chaqqongina o‘rnidan 
turib bularning narsalarini joylashga yordam­
lasharkan. U juda sergap edi, samolyot havoga 
ko‘tarilguncha shang‘illab quloqlarini bitirdi.
– Yo‘ldosh akanikiga deng? – hamon gapdan 
tinmasdi muхbir, – u kishi o‘zimizning aka miz-
ku! Kechirasiz, siz Ochil buvasiz-a, men sizni ta-
nimabman. Eshitgan edim-u, ko‘rgan emasdim.



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish