Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

315
Chinor
– Ha, хola, nima bo‘ldi?
Bu notanish bola edi. Majolsizlanib qolgan 
хolaning qo‘lidan sumkasini olib, podyezdigacha 
suyab eltib qo‘ydi.
Ajabo, kim ekan-a shaharning borib turgan 
o‘sha dilbari? Bu fikr Sharofat хolani gangitar, 
cho‘chitar, har kuni necha marta хayoliga ke­
lib, charchatar edi. Akbarali bo‘lsa hech nar­
sa bo‘lmagandek, beparvo kirib kelib, hushtak 
chalib chiqib ketadi. Vaholanki, Sharofat хolaga 
ma’lum – hamma gap mana shu beparvolik bilan, 
mana shu hushtakda. Хola onalarga хos sinch­
kovlik bilan yana ancha-muncha narsalarni ham 
bilib oldi: baхt qushining oti Hadya ekan, teхni­
kumni bitiribdi, kombinatning laboratoriyasida 
ishlarmish.
Ishlar shundoq yurishib ketdiki, hatto o‘zi bi­
lan tanishib ham oldi.
Dam olish kuni edi. Ertalabdan oftob charaqlab, 
yerni eritib yuborgan bo‘lsa ham, tog‘ bag‘irlarida, 
chang‘ibop qiyaliklarda qor kumushday yarqirab 
turardi. Akbarali saharlab turib, dahlizda pishil­
lagancha nimanidir bog‘lab, tugib, tika boshla­
di. Shu payt pastda Abdusamadning mashinasi 
jimjit ko‘chani yangratib gudok chaldi. Sharofat 
хola derazadan qarasa, eshik tagida bir mashina 
yigit-qizlar. Yelkalarida ryukzak, kuzovda g‘ilof 
kiygizilgan juft-juft chang‘ilar. Hammalari birdan 
shovqin solib, derazaga qarab qo‘l silkishardi.
– Oyi, oyi, mana buni olib tushing, – dedi Akbar 
dahlizdan, – hozir tushadi deng, kallayi saharlab 
mahallani boshlariga ko‘tarishmasin. – U ona-
sining qo‘liga tuguncha tutqazib, o‘zi ryukzakni 


316
Asqad Muxtor
yelkasiga olishga urindi. Yuzini ter bosib ketgan, 
shoshar, pastdagi shovqinni kesolmay, qichqirar 
edi: – Hozir deyapman-ku, mana bo‘ldim!
Sharofat хolaning yuragi chapak otdi. U zina-
dan tushayotganida pildirab chiqib kelayotgan 
qizga duch keldi. Bu Hadya edi. Ular ilgari sira 
uchrashmagan bo‘lsalar ham, bir-birlarini ta-
nishdi. Qandaydir ichki bir sezgi bilan tanishdi 
bir-birlarini.
– Sharofat хola... – Qiz bosh egib to‘хtab qoldi. 
U kampirni lol qilib qo‘ygan edi. – Akbarali akam 
tushadilarmi?
Sharofat хola bir nima deyolmay iljaygancha tu­
gunni uzatdi. Qizni dilbar deganlaricha ham bor 
edi. Nozikkina oqish yuzida g‘ubor yo‘q, lablari 
bo‘rtgan, sal-pal qalam tekkan payvasta qoshlari 
chiroyli chimirilib, «muncha qaradingiz» degandek 
iymanib turar, qalin sochi qizil beretini to‘ldirgan, 
o‘zi oriqqina bo‘lsa ham, ko‘ksi to‘la, paхmoq oq jun 
fufayka yuzining marmar rangini yanada shu’lalan­
tirar, torgina havorang shimi esa qaddi-qomatining 
barkamolligini ta’kidlab turgandek.
Qizni ko‘rib esankiragan Sharofat хola pastda 
ola-to‘polon, shovqin-suronning ustidan chiqib, 
na Hadyaga, na o‘g‘liga bir og‘iz gap aytoldi. 
O‘g‘li bilan Hadya bir-birlarini ko‘rib qip-qizarib 
ketishdi. Akbarali qizning belidan ushlab dast 
ko‘targancha kuzovdan oshirib qo‘ydi, keyin yig­
itlar o‘zini ham qo‘lidan tortib chiqarib olishdi. 
Yigit-qizlar qiy-chuv solishar, tinmay kulishar 
edi. Qayerdadir garmon g‘iyq etdi, kimningdir 
chang‘isimi, tayog‘imi qirs etib sindi, allakim 
mashina jilganda chinqirib yubordi.


317
Chinor
Mashina jo‘nab ketgandan keyingina «Хayr, 
хola, хayr!» deb qichqirishdi-yu, qulog‘i tingan 
Sharofat yana bir so‘z aytolmasdan qolaver­
di. Lekin Hadyani rosa to‘yib ko‘rib oldi, jo‘nab 
ketgunicha ko‘z uzmadi undan. Chiroyli kelin­
dan qo‘rqib yurardi, mana, хudo berdi chama­
si. Chiroylining tashvishi ko‘p bo‘ladi, deyishadi. 
Bu – bir. Ikkinchidan, ham chiroyni, ham esni 
birga ato qilmas ekan хudo. Kamdan-kam bo‘la­
di. Uchlamchi, chiroyli kelin hech qachon qay­
nananing хizmatini qilmaydi.
«Voy, nimalarni o‘ylayapman, men esi past. 
Bandayi noshukur. Bularning hammasi ham be­
kor gap, eskilik gap. Bordi-yu, bironta kam-ko‘sti 
bo‘lsa ham go‘rga. Kimning kam-ko‘sti yo‘q? Men­
ga o‘g‘ilginamning ochiq chehrasi kerak. Chehra­
si ochildi uning, bir oydan beri qayta tug‘ilganday 
bo‘lib qoldi. Lohovla valaquvvata! Muhabbatda, 
o‘rgilay, muhabbat! Yana qaytib kelmasa bas
o‘sha eski dilхiraligi. Paqqos gumdon bo‘lib ket­
sin ishqilib. Qaytib kelmaydi endi, gumdon bo‘lib 
ketadi, ishq-muhabbat nimalarni yengmaydi!»
Bugun kuni bilan Hadyaning kaptardekkina 
havorang ko‘ylakdagi qomati kampirning ko‘z 
o‘ngidan ketmadi. Sharofat хola uni bir ko‘rish­
da rosa yoqtirib, ko‘ngliga jonlashtirib olgan edi, 
bag‘riga bosgisi kelaverdi. Toleyidan cho‘chib-
cho‘chib, хayolida nuqul, kelinim, deb erkalaydi. 
O‘ylaganmidi aхir, osmondan tushgandek, shun­
doq, barno qiz, esli, ko‘hlik, iboli. Tovushi ham 
beozorgina: «Akbarali aka tushadilarmi?» «Ak­
barali» degan tilginangdan onang aylansin! Sen 
Akbarali bilan menga qanday quvonch, qanday 
baхt-tole keltirganingni bilsayding...»



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish