Genetik uzoq formalarni duragaylash
Genetik uzoq forrnalarni duragaylash deb har xiI tur va turkumlar
(avlodlar) o'rtasidagi chatishtirishga aytiladi. U genetik forrnalarni
duragaylashda ayrim genlar kombinatsiyasi, har xiI turlarning xromosomalari, ba'zan butun bir genomlar kombinatsiyasidan foydalaniladi,
natijada ayrim hollarda duragaylarda sistematik va biologik jihatdan uzoq
forrnalarning xossalarini mujassamlashtirish mumkin bo'ladi.
Genetik uzoq 'forrnalarni duragaylash juda qiyinchilik bilan amalga
oshiriladi. Buning sabablari turlicha: ko'payish muddatlarining bir-biriga
mos kelmasligi, hayvonlarda bir tur individlarining boshqa tur indvidlarida
jinsiy refleksni hosil qila olmasligi, jinsiy apparat tuzilishlarining mos
kelmasligi, hayvonlarda bir tur individining sperrnasi ikkinchi tur
individining jinsiy yo'lida nobud bo'lishi, o'simliklarda chang nayi va
urug'chi to'qimasining mos kelmasligi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |