Buxoro muhandislik- texnologiya instituti


MAVZU:DAVLATNING IQTISODIY ROLI



Download 1 Mb.
bet46/138
Sana01.01.2022
Hajmi1 Mb.
#291547
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   138
Bog'liq
Iqtisodiyot fanidan ma'ruzalar matni

8 MAVZU:DAVLATNING IQTISODIY ROLI.

Reja:

  1. Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli haqidagi nazariya va qarashlar.

  2. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsad va vazifalari.

  3. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari.

1. Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi

roli haqidagi nazariya va qarashlar

Milliy iqtisodiyotning samaradorligiga ko’plab omillar ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa, uning darajasi ko’p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog’liq. Chunki milliy iqtisodiyotning yuqori samaradorligiga asosan quyidagi yo’llar orqali erishiladi:



    1. iqtisodiyotni tartibga solishning bozor usullarini qo’llash;

    2. iqtisodiyotni faqat davlat tomonidan markazlashgan holda boshqarish;

    3. takror ishlab chiqarish jarayoniga davlatning aralashuvi va bozor usullarini uyg’unlashtirish. Hozirgi davrda O’zbekistonning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko’proq uchinchi yo’l xususiyatli hisoblanadi.

Davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi ilmiy asosda birinchi marta A.Smit tomonidan ko’rib chiqilgan. Uning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablarini tadqiq qilish haqida» (1776) nomli asarida iqtisodiyotning bozor usullari orqali o’zini o’zi tartibga solishining zarurligi ta’kidlab o’tilgan. A.Smitning fikricha, xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to’liq ozod bo’lishi zarur. Ana shundagina iste’molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoni mavjud bo’ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashuvsiz, ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat qilishga majbur qiladi.

A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlarga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb hisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib-qoidalari milliy iste’molchilarga faqat zarar keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham importga boj to’lovi milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini saqlanib qolishiga olib keladi. Bundan past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo’lgan milliy iste’molchilar zarar ko’radilar.

A.Smitning «Tinch qo’yish» nazariyasi, 1929-1933 yillarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqozo qildi.

Davlatning iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi J.M.Keynsning «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936) nomli asarida o’z aksini topdi. Unda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va kreditli tartibga solish vositalaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag’batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlashi zarurligini isbotlaydi.

Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi quyidagi holatlar orqali izohlanadi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish