Buxoro muhandislik- texnologiya instituti



Download 1 Mb.
bet42/138
Sana01.01.2022
Hajmi1 Mb.
#291547
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   138
Bog'liq
Iqtisodiyot fanidan ma'ruzalar matni

Mehnat birjasi ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro‘yxatga oluvchi muassasa.

2. Talab tushunchasi. Talab qonuni

Talab bu pul bilan taminlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta’minlanmasa, u «xohish», «istak» bo‘lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi, chunki narx o‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o‘zgaradi. SHu bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: malum vaqt oralig‘ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar malum turlarini sotib olishga qodir bo‘lgan ehtiyoji talab

deyiladi25.

Talablar turlicha bo‘lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan talabning ikki

turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste’molchining, yani alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo‘lgan talabi yakka talab

deyiladi.Bir qancha (ko‘pchilik) istemolchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga

bo‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi deyiladi26.

Narx va talab hajmining o‘zgarishi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig‘i deyiladi27.

Talab miqdoriga narxdan tashqari tasir qiluvchi omillar. Talab hajmining o‘zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi28.

Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta’sir ko‘rsatadi:

1) iste’molchining didi;

2) bozordagi iste’molchilar soni;

3) iste’molchining daromadlari;

4) bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi;

5) kelajakda narx va daromadlarning o‘zgarishi ehtimoli.



Daromadlar o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi.

Iste’molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori



o‘rtasidagi bog‘liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel (1821-1896) tomonidan

chuqur tadqiq etilgan. SHunga ko‘ra, iste’molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik Engel qonuni deyiladi.

O‘zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi to‘g‘ri bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan, sariyog‘ narxining oshishi margaringa bo‘lgan talabning ortishiga olib keladi. Sariyog‘ narxining pasayishi esa margaringa bo‘lgan talabni kamaytiradi.

O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi teskari bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan, agar avtomobilning narxi oshsa, benzinga bo‘lgan talab qisqaradi. Aksincha, avtomobilning narxi tushsa, benzinga bo‘lgan talab oshadi.

5. Kelgusida iste’molchi daromadlari, tovar narxi o‘zgarishining kutilishi va tovarlar miqdorining etarli bo‘lishi yoki bo‘lmasligi kabi omillar talab hajmini o‘zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi, iste’molchi joriy talabining oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning pasayishi va daromadning

25 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 46

ko‘payishining kutilishi tovarlarga bo‘lgan joriy talab hajmining qisqarishiga sabab bo‘ladi.

3. Taklif tushunchasi. Taklif qonuni

Malum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan malum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi29. Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi.

Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to‘g‘ri bog‘liqlikdagi o‘zgarishi taklif qonuni deyiladi30.

Iste’molchi uchun narxning oshishi to‘siq rolini o‘ynasa, ishlab chiqaruvchi uchun rag‘batlantirish vazifasini bajaradi.

Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar

ham ta’sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:

1) resurslarning narxi;

2) ishlab chiqarish texnologiyasi;

3) soliq va subsidiyalar;

4) boshqa tovarlarning narxi;

5) narx o‘zgarishining kutilishi;

6) bozordagi sotuvchilar soni.

Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o‘zgarishi taklif hajmining o‘zgarishini taqozo qiladi.



4. Bozor muvozanati

Talab miqdori bilan taklif miqdori o‘rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo‘lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi31. Ba’zan uni muvozanatlashgan narx ham deb yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatli narx har doim mavjud bo‘lib turmaydi, ularga ta’sir qiluvchi ko‘plab omillar muvozanatlikning buzilishiga sabab bo‘ladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu muvozanatga doimo intilish mavjud bo‘ladi.

Talab va taklif tushunchalari tahlili, bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatlari mos kelishini qarab chiqishga o‘tish imkonini beradi. Mos kelishlik o‘z ifodasini muvozanatli narxda topadi.




Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish