Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni



Download 1,51 Mb.
bet127/144
Sana12.01.2022
Hajmi1,51 Mb.
#336771
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   144
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fan (1)

Qashqadaryo okrugi.

Qashqadaryo okrugi O’zbekistonning janubida joylashib, Qarshi dashti, Kitob-Shahrisabz botig`i, Hisor va Zarafshon tog`lari, tog` oldi qiya tekisliklarini o’z ichiga oladi. Okrug janubi-sharqida joylashgan Surxondaryo okrugidan Hisor tog` tizmasining janubi-g`arbiy tarmoqlari orqali, shimolda Zarafshon vodiysida joylashgan okruglardan Zarafshon tizmasining shimoli-g`arbiy tarmoqlari orqali ajralib turadi. Uning hududi g`arbda va janubi-g`arbda Sandiqli cho’liga tutashgan. Okrug hududi balandligi 200-4000 m gacha etadi. Yer yuzasi g`arbdan sharqqa va shimoli-sharqqa tomon ko’tarilib boradi va asosan delta tekisliklaridan, tog` oldi tekisliklaridan, o’rtacha va baland tog`lardan iborat. Okrug hududini shimoli-sharqdan janubi-g`arbga tomon Qashqadaryo kesib o’tgan. Hisor tog`larining mutlaq balandligi okrug hududida 2000 m dan (G`uzordaryoning yuqori qismida) 4152 m gacha (G`ova cho’qqisi) o’zgaradi. Shimoli-sharqdan okrugni o’rab turgan Zarafshon tizmasining Chaqilqalon va Qoratepa tog`larida eng katta balandlik 2197 m va 2616 m ni tashkil etadi.

Gerstin burmalanishida ko’tarilgan Hisor tizmasining janubi-g`arbiy tarmoqlari tektonik jihatdan Hisor megaantiklinalining janubi-g`arbiy qismiga to’g`ri keladi va bu tektonik sistemada 2 ta antiklinal zona ajratiladi. Ular bo’r, paleogen va neogen davrlarining cho’kindi jinslari bilan qoplangan.

Chaqilqalon tog`ining janubiy yonbag`ri asosan paleozoy (silur) ohaktoshlaridan, quyi va o’rta paleozoyning slanestlaridan tarkib topgan, bu jinslar qatlamlari qiya prachalangan. Chaqilqalon tog`i Taxta Qoracha davoniga (1788 m) qadar davom etadi, so’ngra davondan g`arbda Qoratepa tog`lari cho’zilib ketadi. Bu yerda tog`lar kengayib, kengligi 35 km ga, uzunligi 50 km gacha boradi. Tog`larning markaziy qismlari intruziv jinslardan tashkil topgan, tog` etaklari va yonbag`irlari yumshoq cho’kindi jinslar bilan qoplangan.

Qoratepa tog`i bilan Ziyovuddin va Zirabuloq tog`lari oraligi qirsimon relyefli Jom cho’li joylashgan. Yer yuzasini lyoss qoplagan. Cho’lning janubiy qismi Qashqadaryo havzasida joylashgan. Janubi-sharqdan shimoli-g`arb tomon 100 km masofaga cho’zilgan Ziyovuddin-Zirabuloq tog`lari paleozoyning intruziv, ohaktosh, slanestlardan, mezo-kaynozoyning ohaktosh va qumoq gillaridan tarkib topgan bo’lib, atrofdagi tekisliklardan atigi 300-400 m ko’tarilib turadi. Balandligi Piyozi tog`ida 1091 m ga etadi. Jom cho’lidan ko’tarilib turgan janubi-sharqiy qismida 767 m ga boradi. Ziyovuddin va Zirabuloq tog`larini erozion vodiy bir-biridan ajratib turadi. Zarafshon tog`larining g`arbiy davomi hisoblangan shimoli-g`arb tomon asta pasayib borib, Qarnobcho’lning g`arbida tekislikka tutashib ketadi. Qashqadaryo okrugining shimoliy chegarasi shu tog`lar suvayrig`ichidan o’tadi.

Okrugni sharq va janubi-sharqda o’rab turgan Hisor tizmasi va uning tarmoqlari (Boysun, Ko’hitangtog`) asosan granit, ohaktosh va slanestlardan tuzilgan. Bu qattiq jinslar ko’p yerlarda ochilib, yer yuzasiga chiqib yotadi, tik yonbag`ir va chuqur daralarni hosil qilgan. Hisor O’zbekistondagi eng baland tog`, unda O’zbekistonning eng baland nuqtasi Hazrati Sulton cho’qqisi joylashgan bo’lib, uning mutlaq balandligi 4643 m. Hisor tizmasi g`arb va janubi-g`arbga tomon bir qancha tarmoqqa bo’linib, tobora pasayib boradi va asta-sekin tekisliklarga qo’shilib ketadi. Tog` oldilarida Miraki, Yakkabog` va G`uzor adirlari katta maydonni egallab yotadi, ular daryolar tog`larni yemirib olib tushgan jinslardan tarkib topgan. Adirlar yer yuzasi notekis, past-baland tekisliklardan iborat. Adirlarda va past tog`larda karst reylefi shakllari-g`orlar, voronkasimon chuqurliklar, ungurlar mavjud.

Zarafshon, Yakkabog`, Hisor tog`lari orasida Kitob-Shahrisabz botig`i bor. Bu botiq daryo oqindilari bilan qoplangan allyuvial tekislikdir (Kitob so’zi «Kifti-ob»-«suv boshi» degan ma’noni bildiradi. Kitobda Ulug`bek nomidagi Kitob kenglik stanstiyasi qurilgan. Bu stanstiyada Yer qutbining harakati o’rganiladi. Bu stanstiya dunyodagi to’rtta shunday stanstiyalarning biri bo’lib, qolganlari AQSh, Yaponiya va Italiyada joylashgan).

Zarafshon tizmasining shimoli-g`arbiy davomi bilan Hisor tizmasining janubi-g`arbiy tarmoqlari orasida Qashqadaryo botig`i joylashgan. Uning markazi janubi-g`arbdan shimoli-sharqqa cho’zilgan. O’q qismi Qashqadaryo vodiysidan iborat. U g`arbga tomon kengayib boradi.

Vodiy daryoning qayir va qayir usti I, II, III, IV va V terassalari va ularga tutashgan tog` oldi prolyuvial tekisliklardan tarkib topgan. Vodiyning sharqida va shimoli-sharqida o’rta to’rtlamchi davrga mansub prolyuvial-allyuvial tekisliklar katta maydonni egallagan. Qarshi shahridan g`arbda va shimoli-g`arbda yuqori to’rtlamchi va hozirgi davrga mansub allyuvial-delta tekisliklari shakllangan. Uning ayrim qismlarida qumliklar uchraydi. Tekislikning katta qismini Qarshi cho’li egallagan. Unda eski o’zanlar, sho’rhok yerlar, qoldiq tog`lar, keng soylar va pastlik erlar birin-ketin almashinib keladi. Qarshi cho’lining shimoli o’r-qirli relefga ega, janubi-g`arbi tekislik va platolardan iborat. O’rta qismida Qo’ng`irtog`, Maymanoqtog`, Kosontog` kabi tanho tog`lar bor. Bu tog`lar yemirilib pasayib qolgan, tepalari yassi tekis va gumbazsimon. Cho’lning shimoli-g`arbida qadimgi daryo o’zanlari bo’lmish Sho’rsoy, Do’ltalisho’r soyliklari bor. Qarshi cho’lidan janubdagi Nishon cho’li uchun qoldiq tog`lar (Dultali, Saksondara, Olavuddintog`), quruq soylar va taqirlar xosdir.

Daryolar bo’yida G`uzor-Qamashi va Qarshi vohalari bunyod etilgan. XX asrning oxirgi choragida Qarshi cho’lining katta qismi Amudaryodan Qarshi magistral kanali orqali olib kelingan suv hisobiga 200000 gektarga yaqin yer o’zlashtirildi.

Qashqadaryo okrugi iqlimi O’zbekistonning o’rta va shimoliy tabiiy geografik okruglaridan farq qilib, bahor erta keladi, tezda jazirama yozga o’tib ketadi, qishi qisqa tekislik va tog` oldi hududlarida yanvarning ko’p yillik o’rtacha harorati +20 atrofida. Ammo qishki qattiq sovuqlar Quyi va O’rta Zarafshon okruglaridagidan farq qilmaydi, harorat -250, -290 gacha pasayadi. Lekin shunday haroratlar kuzatilgani bilan okrugda bunday haqiqiy qish kamroq kuzatiladi. Vegetastiya to’xtamaydigan qishlar 50-80 % ni tashkil qiladi. Manfiy haroratlar yig`indisi bor-yo’g`i - 40-600 dan ortmaydi. Har yili qor yog`sa ham haqiqiy qor qoplamini shakllanadigan yillar 10-15 % dan oshmaydi. Yoz okrugda juda quruq, issiq bo’lib, uzoq davom etadi. Tekislik qismida iyul oyining ko’p yillik o’rtacha havo harorati +280, +290 ga teng, mutlaq yuqori harorat esa 46-470 ni tashkil etadi. Tog`larda, tog` oralig`i botiqlarida yoz biroz salqinroq bo’ladi. Masalan, Kitob-Shahrisabz botig`ida yozgi mutlaq haroart +430 dan ortmaydi. Musbat haroartlar yig`indisi bo’yicha Qashqadaryo okrugida Quyi va O’rta Zarafshondagidan katta va bu ko’rsatkich butun okrug hududida 48000 dan ortiq bo’lib, ayrim yerlarida (G`uzorda) 53000 gacha boradi. Bunday sharoit okrugning ayrim hududlarida ingichka tolali paxta yetishtirish va boshqa issiqsevar ekinlarni ekish uchun imkon beradi.

Qashqadaryo okrugida Quyi Zarafshonga nisbatan yog`in-sochin ko’proq tushadi. Lekin yog`in okrugda yil fasllari va hudud bo’yicha bir tekisda yog`maydi. Tekisliklarga juda kam tushib (190-200 mm), tog` yonbag`irlariga va tog`larga ancha ko’p yog`adi (550 mm). Okrugda tekislik qismidan tog`larga tomon yog`in miqdori bir xilda ortib bormaydi. Masalan shimoli-sharq va sharq yo’nalishida 600-700 m mutlaq balandlikkacha har 100 m ko’tarilganda yog`in miqdori 50 mm dan ortib borsa (ayrim yerlarda hatto 100 mm gacha), janubi-sharq va janub yo’nalishida esa har 100 m ko’tarilganda 30 mm dan ortadi. Qor kam yog`adi va uzoq turmaydi. Qish oylarida barqaror qor qoplami okrugda 1500-1600 m balandliklardan boshlab kuzatiladi.

Okrugda yog`inning ko’p qismi qo’shni okruglar kabi bahor va qish oylariga to’g`ri keladi. Ichki suvlari Qashqadaryo va uning irmoqlaridan hamda ulardan va Amudaryodan chiqarilgan kanallardan iborat.

Okrugdagi gidrologik sharoit hududining orografik va iqlimiy sharoitlari bilan uzviy bog`liq. Suv havzasining o’rtacha balandligi 1500 m bo’lgan Qoratepa tog`ining janubiy yonbag`rida oqim moduli taxminan 16,5 l/sek/km2ge teng. Qashqadaryo va Janadaryo havzasida -3,5 l/sek/km2, Tanxozdaryo havzasida -2 l/sek/km2, Yakkabog` va G`uzordaryo havzalarida esa 1-1,5 l/sek/km2 ga yaqindir. Binobarin, yog`in miqdori va oqim moduli yonbag`irlarning nam havo massalari yo’nalishiga nisbatan joylashishiga va balandligiga bog`liq. Qashqadaryo havzasining umumiy suv resurslari 51,5 m3/sek. Okrug tog`li qismida oqim moduli o’rta hisobda 1 km2 dan 6,2 l/sek ga teng. Bu ko’rsatkich Zarafshon havzasida -10,7 l/sek, Surxondaryoning tog`li qismida 18,2 l/sek ni tashkil etadi. Bu qiyoslashdan ko’rinib turibdiki, okrug hududi qo’shni Surxonadaryo, O’rta Zarafshon okruglaridan qirg`oqchilroqligi bilan farq qiladi. Okrugning bosh daryosi Qashqadaryo. Uning uzunligi 373 km. Qashqadaryo Hisor tog`larining g`arbida 3200 m balandlikdagi Muxbel davoni yaqinidan boshlanadi va Qarshi cho’lida quruq delta hosil qilib tugaydi. Qashqadaryo va uning irmoqlari Oqsuv, Yakkabog` va Tanxoz qor, muz va yomg`ir suvlaridan, buloqlardan to’yinadi. Qashqadaryo tekislikka chiqqach sekundiga 50 m3 oqim hosil qiladi. Yillik suv miqdorining 64 % i mart-iyun oylariga to’g`ri keladi.

Okrugda daryo suvlarini yig`ish, tejab sarf qilish maqsadida Qashqadaryoda Chimqo’rg`on (suv sig`imi 449 mln m3), Qamashi (18 mln m3), G`uzordaryoda Pachkamar (283 mln.m3) hamda Tallimarjon (2530 mln m3) suv omborlari qurilgan. Tallimarjon suv omboriga kuz va qish oylarida Qarshi magistral kanali orqali keltirilgan Amudaryo suvi yig`iladi.

Qashqadaryo okrugining yer yuzasida suv kam bo’lsada, lekin yer osti suvining katta zahirasi bor. Bu erda to’rtlamchi davr, yotqiziqlari orasidan chiqqan suvlar xalq xo’jaligida keng foydalanilmoqda. Qashqadaryo gidrogeologik rayonida yer osti suvining ishlatilish miqdori sekundiga 9,8 kub metrni tashkil etadi.

Qashqadaryo okrugi tuproq qoplami, o’simliklari va hayvonot dunyosi uning relefiga, iqlimiga, yer osti suvlarining xususiyatiga va tuproqlarning ona jinsiga bog`liq holda turli joyda har xil tarqalgan.

Qashqadaryoning g`arbiy cho’l tekislik qismida sur-qo’ng`ir, taqirli, qumli tuproqlar, tog` oldi qiya tekisliklari, adirlar va tog` etaklarida bo’z tuproqlar tarqalgan. Delta qismida yer osti suvining oqimi yaxshi ta’minlanmaganligi oqibatida sho’rlangan yerlar maydoni ortib bormoqda.

O’simlik dunyosi xilma-xil. Cho’llarda juzg`un, iloq, selin, karrak, qizil qandim, yetmak va saksovul, gilli cho’llarda sho’ra, mingbosh, daryo va suv omborlari yaqinida shuvoq, sho’ra, yantoq, tog`larda archa va mevali daraxtlar tarqalgan.

Hayvonlardan sariq yumronqoziq, bo’ri, tulki, jayron, echkiemar, kaltakesak, ilonlar, tog`larda to’ng`iz, qo’ng`ir ayiq, tog` takasi, tog` qo’yi, bo’rsiq va boshqa hayvonlar uchraydi.

Okrugda cho’l, adir, tog` va yaylov balandlik mintaqalari mavjud.

Qashqadaryo okrugida 3ta yirik tabiiy geografik rayon – Qarshi, G`uzor va Kitob-Shahrisabz rayonlari ajratilgan.



Qarshi rayoni okrugning chekka g`arbiy qisminida joylashgan, u g`arbda Quyi Zarafshon okrugining Sandiqli rayoni Bilan tutashgan, sharqiy chegarasi 400-450 m li izogipsalarga to’g`ri keladi.

Rayon hududi deyarli tekis bo’lib, Zarafshon tog`larining g`arbiy tarmoqlaridan oqib tushgan soy hamda Qashqadaryo yoyilmalaridan vujudga kelgan. Ular qum, qumoq, gillarning aralashmasidan iborat. Yer yuzasining tekisligini soy o’zanlari va qoldiq past balandliklar biroz notekis qilib turadi. Rayon hududining mutlaq balandligi 300-450 m ga teng.

Rayon okrugdagi qishi eng sovuq (yanvarning o’rtacha havo harorati 00 atrofida), yozi uzoq davom etadigan, issiq (iyul oyining o’rtacha havo haroarti +290) va quruq (yillik yog`in miqdori 190 mm) hudud hisoblanadi. Vegetastiya davridagi o’rtacha haroartlarning yig`indisi (48700) ingichka tolali paxta etishtirishga imkon berali. Rayonda 8 xil landshaft ajratiladi. Eng keng tarqalgan landshaftlar quyidagilardir:

-bir yillik sho’ralar o’sadidagn delta tekisliklaridagi sho’rxoklar landashfti. Bu landshaft asosan Sho’rsoy botig`ini egallaydi.

-qo’ng`irbosh va rang o’suvchi och bo’z tuproqli tog` oldi tekisliklar landshafti. Bu landshaft rayon hududining 25 % ni egallagan.

-qo’ng`irbosh va rang o’suvchi och bo’z tuproqli parlangan tog` oldi tekisliklari landshafti.

-oq saksovul o’suvchi eol qumliklar landshafti va boshaqalar.

Kitob-Shahrisabz rayoni okrugning shimoliy va shimoli-sharqiy qismida joylashgan bo’lib, tekisliklan va Qoratepa, Chaqilqalon va Hisor tog`larining tekislikka tutashgan yonbag`irlaridan tashkil topgan.

Rayonning eng past yeri Kitob-Shahrisabz botig`i bo’lib, uni shimoli-sharqdan janubi-g`arbga tomon Qashqadaryo kesib o’tgan. Rayon okrugda yillikda yog`in miqdorining ko’pligi (500 mm), qishining yumshoqligi, sersuvligi bilan ajralib turadi. Bu holat lalmi va yaylov chorvachiligi uchun qulay sharoit yaratadi. Rayon hududida tog` oldi tekisliklari landshaftlaridan baland tog` landshaftlarigacha kuzatish mumkin. Rayonda 6 ta landshaft xili ajratilgan.



G`uzor rayoni G`uzordaryo havzasidagi Hisor tog`i tarmoqlarining shimoli-g`arbiy yonbag`irlarini va tog` oldi qirlarini o’z ichiga oladi. Hududning mutlaq balandligi G`uzor shahri yonida 524 m dan Oqrabot dovonida 1800 m gacha, ayrim tog` tepalarida 2538 m gacha boradi. Rayon okrugda termik resurslarga boyligi (musbat haroartlar yig`indisi tog` oldida 48000-53000), yozda havo haroartining yuqoriligi (+29,50 +28,50, eng yuqori harorat +470), qishining yumshoqligi (yanvarning o’rtacha havo harorati +0,50, +20), vegetastiya to’xtamaydigan iliq qishlarning ko’pligi (65-80 %) bilan ajarlib turadi. Rayon Kitob-Shahrisabz rayoniga nisbatan qurg`oqchil, yilik yog`in miqdori tog` oldida 250-300 mm atrofidadir. Suvlari anchagina sho’rlangan. Landshaftlari balandlikka ko’tarilgan sari o’zgarib boradi va har bir balandlik mintaqasida o’ziga xos landshaftlar shakllangan. Rayon hududida 5 ta landshaft xili ajratilgan.


Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish