Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fani bo’yicha ma’ruza matni



Download 1,51 Mb.
bet123/144
Sana12.01.2022
Hajmi1,51 Mb.
#336771
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   144
Bog'liq
Buxoro davlat universiteti «O’zbekiston tabiiy geografiyasi» fan (1)

Qo’shimcha:
Bu okrug Zarafshon daryosining quyi qismidagi Buxoro – Qorako`l deltalarini o`z ichiga olib, sharqda O`rta Zarafshon okrugidan kengligi 2-4 km keladigan Xazora yo`lagi orqali ajralib turadi.

Quyi Zarafshon okrugini shimoldan va g`arbdan Qizilqum okrugi, janubdan Eshakchi qumligi, sharqdan Qiziltepa, Azkamar, Quyimozor, Qaynag`och, Qushtepa va Qumsulton balandliklari o`rab turadi, okrugda eng qadimiy bu paleozoy yotqiziqlari bo`lib ular 1200-1300 m chuqurliklarda joylashib, ustini so`nggi davr jinslari qoplab olgan.

Quyi Zarafshonda eng ko`p tarqalgan yotqiziq bu kaynozoy davrining jinslaridir. Lekin paleogen yotqiziqlari okrugda neogenga nisbatan yupqa bo`lib, asosan Gazli atrofida, Jarqoq, Saritosh va Qiziltepa balandliklarida ochilib qolgan bo`lib, ohaktosh, liomit, qumtosh va gillardan iborat.

Quyi Zarafshon okrugida eng ko`p tarqalgan yotqiziqlar to`rtlamchi davrga xos bo`lib, ular genetik jihatdan allyuvial prolyuvial delta - prolyuvial, allyuvial- prolyuvial, ko`l yotqizigi, eol va madaniy irrigatsiya yotqiziqlaridir.

Okrug atrofidagi balandliklarda va Buxoro-Qorako`l deltasining chetlarida ellyuvial va prolyuvial yo`li bilan vujudga kelgan shag`al, qum, qumoq jinslar mavjud. Okrugdagi Dengizko`l va boshqa kichik ko`llar atrofida ko`l yotqiziqlari-to`q sur rangli gil va qumoq jinslar uchraydi. Buxoro va Qorako`l atrofida eol yo`l bilan vujudga kelgan qumliklar joylashgan.

Quyi Zarafshon okrugini rel'yefi bir xil emas. U Xazora yo`lagida torayib so`ng Abumuslim tepaligidan Zarafshon vodiysi kengayib, Shoptoli Qishlog`ida janubi g`arbga qarab kengayib Buxoro deltasini hosil qiladi. Buxoro deltasining uzunligi 102 km, o`rtacha kengligi 50-55 km, eng keng yeri 70 km ga yetadi. Bu qismida Zarafshon vodiysining balandligi g`arbida 200 m, sharqida esa 250 m atrofida o`zgaradi. Buxoro deltasining sharqida ham bir qancha botiqlar joylashib, ular hozir suv bilan to`lib, To`dako`l va Quyimazor suv omboriga aylangan.

Buxoro deltasi janubi-g`arbga qarab pasayib, torayib boradi va Qorako`l platosiga yaqinlashib boradi. Uni nisbiy balandligi 15 m. ga yetadi. Zarafshon daryosi platoni kesib Qorako`l yo`lagini hosil qilgan.

Buxoro deltasini janubi-g`arbida Ogar Qishlog`i yonida Zarafshonni qadimiy quruq o`zani Moxandaryo ajralib chiqib, Lukli ko`ligacha taxminan 80 km. ga cho`zilgan. Moxandaryo o`zanida bir qancha botiqlar joylashib, ular hozir zovur suvlari bilan to`lib, Chuqurko`l, Moxanko`l, O`rtako`l va Chandir ko`llar hosil bo`lgan. Moxandaryo o`zanidan Moxanko`l yonida Xo`jayli o`zani ajralib chiqib , g`arbga qarab davom etadi va Qorako`l platosini kesib o`tib, Zamonbobo ko`ligacha davom etadi. Hozir bu eski o`zanlar zovur vazifasini o`taydi.

Zarafshon vodiysi Qorako`l yo`lagidan o`tgach janubi -g`arbga qarab yana kengayadi va Qorako`l deltasini hosil qiladi. Qorako`l deltasini uzunligi 48-50 km, o`rtacha kengligi esa 26-27 km ba'zi joylarda 35-36 km ga yetadi. Mutloq balandligi shimoli-sharqda 197 m, janubi-g`arbda Chekkako`l yonida 185 m, Amudaryo vodiysiga tutashgan joyda 178 m. ga tushib qoladi.

Qorako`l deltasida Zarafshon daryosining ikkita qadimiy qayiri joylashgan. Bu qayirlarning ko`p qismi qishloq xo`jaligi ishlarida tekislanib yuborilgani uchun chegaralarni aniqlash ancha qiyin. Quyi Zarafshon okrugi o`ta arid iqlimiy sharoitga ega bo`lib, juda qisqa va beqaror Qish bilan quruq, seroftob, jazirama yoz tavsiflanadi. Quyi Zarafshon O`zbekiston hududining eng issiq qismlaridan biri hisoblanib, o`rtacha yillik harorat +14,2+15 gr. atrofida o`zgaradi. Quyi Zarafshon okrugida bahorgi oxirgi sovuq tushishning o`rtacha muddati 24-30 martlarga, kuzgi birinchi sovuq tushishning o`rtacha muddati esa 22-25 oktyabr kunlariga to`g`ri keladi. Sovuq bo`lmaydigan davr 204-214 kun bo`lib, effektiv haroratning yig`indisi 2640-2668 gr. ga, vegetatsiya davridagi haroratning yig`indisi esa 5000 gr. ga yetadi.

Yog`in asosan mart, aprel oylarida ko`p yog`ib, qishloq xo`jalik ekinlariga zarar keltiradi.

Qor har yili yog`sa ham uzoq turmay erib ketadi. Qor dekabr-fevral oylarida yog`ib, 3-5 kun ba'zan 10-15 kun erimay turadi. Quyi Zarafshonga Qizilqum tomondan quruq qizigan shamollar esib, qumlarni uchirib ekinlarga zarar keltiradi. Bu shamol ayniqsa Qorako`l, Gijduvon, Shofirkon kabi tumanlarga katta ta'sir etadi.

Quyi Zarafshon okrugining asosiy suv manbai Zarafshon va Amudaryo hisoblanadi. Okrug hududiga Zarafshon daryosining quyi oqimi kiradi. Bu daryo Buxoro deltasida Vobkent daryo va Qorako`l daryo deb nomlanib ikkita tarmoqqa bo`linadi. Zarafshon daryosi muz-qorlarning erishidan to`yinadi. Zarafshon deltasi okrugidagi yerlarni sug`orish ishlarini yaxshilash maqsadida Amu-Buxoro kanali (uzunligi 268 km. yillik suv sarfi sekundiga 235 m3) orqali Amudaryo suvi keltirilgan. Amudaryo suvi Olot, Qorako`l va Hamza nasos stansiyalari yordamida ko`tarib beriladi. Amu-Qorako`l mashina kanalining uzunligi 40 km, suv sarfi sekundiga 50 m3. Bu kanallardan Vobkentdaryo, Shoxrud, Romitan, Jondor, Shofirkon kabi 54 ta yirik va yuzlab mayda tarmoqlarga bo`linib sug`orishga foydalaniladi.

Yerlarni meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 60 dan ortiq (eng muhimlari Dengizko`l, Sho`rariq, Yomonjar, Shimoliy Buxoro, Moxon va boshqalar) zovurlar qazilgan.

Zarafshon deltasi okrugida eski o`zanlarda vujudga kelgan Dengizko`l, Chuqurko`l, Somonko`ldan tashqari zovur suvlarini tashlash tufayli Kattako`l, Moxonko`l, Porsonko`l, Zamonbobo, Qoraqir, Og`itma kabi ko`llar vujudga kelgan. Bu ko`llarda yiliga 0,8-1,0 km3 zovur suvlari to`planadi. Bu ko`llardan har yili 510 mln. m3 suv bug`lanadi. Amu-Buxoro kanali orqali To`dako`l suv ombori (suv sig`imi 1,0 km3), Quyimozor suv ombori (suv sig`imi 350 mln. m3, maydoni 6 kv. km, o`rtacha chuqurligi 16,8 m, eng chuqur joyi 22,8 m) o`tadi.

Okrugni yer osti suvlari 1-60 m chuqurliklarda joylashgan, vohalarda 2-3 m. dan 10 m. gacha chuqurliklarda bo`lsa, Toshquduq, Qorako`l, Gazli va boshqa platolarda grunt suvi sho`r bo`lib, 60 m. chuqurliklarda joylashgan.

Buxoro - Qorako`l deltasida har yili 1 km3 grunt suvi vujudga kelib, shuning 77 % i bug`lanishga, 9 % i zovurlar orqali vohadan chiqarib yuboriladi. 1 % i Zarafshon, Amu-Buxoro o`zaniga va ko`llarga siljiydi, 13 % i delta atroflariga tarqaladi. Okrugda yura, bo`r va paleogen davr yotqiziqlari orasida bosimli mineral suvlar joylashib, Buxoro-Qarshi artezian havzasiga kiradi. Gazli, Jarqoq, Toshquduq kabi joylardan bug`lanish orqali sekundiga 20 litr mineral suvlar oqib chiqmoqda. Buxoro shahri atroflarida bu suvlardan davolanish va ichimlik suvlari tayyorlanmoqda.

Okrugda eng ko`p tarqalgan tuproqlar- sur-qo`ng`ir, qumloq, taqir, sho`rxok, o`tloq-taqir, sug`oriladigan o`tloq-allyuvial, o`tloq botqoq tuproqlardir.

Sur - qo`ng`ir tuproqlar Qiziltepa, Dengizko`l, Azkamar, Toshquduq, Qoraqir, Qorako`l kabi platolarda tarqalgan.

Kemirak, Sandiqli, Eshakchi kabi qumli massivlarda qumoq tuproq, taqir tuproqlar qadimgi daryo yo`lida, qadimgi sug`oriladigan tuproqlarda sho`rxoklar, voha atroflarida shu bilan birga ko`llar atrofida (Dengizko`l, To`dako`l, Xojakob) Gurdush, Moxandaryo, Quruq o`zanlarda keng tarqalgan. Vohalarda o`tloq –allyuvial tuproqlar bo`lib, ularga ishlov berish natijasida tabiiy xususiyatini yo`qotgan, o`tloq voha tuproqlariga aylangan.

Quyi Zarafshon okrugidagi sug`oriladigan tuproqlar yer osti suvlarining yuzaligi, bug`lanishning kattaligi tufayli u yoki bu darajada sho`rlangan bo`lib, o`z navbatida ularning meliorativ holatini doimo yaxshilab turishni talab etadi. Quyi Zarafshon okrugining o`simligi ham tabiat unsurlariga (iqlimi, yer osti suvlari va tuproq qatlami xususiyatiga, rel'yefiga) bog`liq holda bir xilda tarqalgan emas. Qumli cho`llarda juzg`un, quyonsuyak, saksovul, shuvoq, sho`ralar, cherkez, iloq kabi o`simliklar uchraydi. Okrugning gipsli cho`llarida singren, partek, shuvoq, boyalish, keyruq, titr kabi o`simliklar farmatsiyasi uchraydi. Quyimazor suv omborining sho`rxok joylarida sho`rxok cho`lga moslashgan o`simliklar-sarsazan, jing`il, yermak kabilar o`sadi. Quyi Zarafshon hayvonlari cho`lga xos bo`lgan vakillar bilan tavsiflanib, uzoq davom etgan jazirama, quruq, seroftob yozga moslashgan. Okrugda kallamushlar, sichqonlar, qo`shoyoqlar, ilonlar, kaltakesak, echkiemar har qadamda uchraydi. Shuningdek tulki, bo`ri, bo`rsiq, jayron, jayra, to`ngiz, to`qay mushugi, qirg`ovul kabilar yashaydi. Quyimozor suv havzalarida va ko`llarda esa baliqlar qushlar (o`rdak, g`oz) yashaydi. Quyi Zarafshon okrugi boy hudud hisoblanib gaz, tuz, har xil qurilish xom ashyolari tabiiy resurslari mavjud. Ayniqsa okrug qulay iqlimiy resurslarga ega bo`lib, vegetasion davridagi harorati +10 gr dan yuqori bo`lgan kunlaridagi haroratning yig`indisi 4600-5150 gr. gacha sovuqsiz kunlar o`rtacha 212-214 kunga yetadi.

Quyi Zarafshon okrugi o`z navbatida Buxoro - Qorako`l, Gazli, Sandiqli tabiiy geografik rayonlarga bo`linadi.

Buxoro-Qorako`l deltasi va uning birinchi va ikkinchi qayirlarini o`z ichiga oladi. Bu rayon hududining ko`p qismi sug`orilib, vohaga aylantirilgani tufayli okrugning yozi eng salqin, qishi esa nisbatan iliq hududli hisoblanadi. Vegetatsiyali qish 50% ga yaqin, +10gr dan yuqori bo`lgan davrdagi haroratning yig`indisi 5150 gr. ga yetadi.

1. Sug`oriladigan o`tloq allyuvial tuproqlar tarqalgan landshafti. Bu landshaft Buxoro va Qorako`l deltasidagi sug`oriladigan yerlarni o`z ichiga oladi.

2. To`qay o`simliklari o`sadigan o`tloq - taqir tuproqli delta tekislikli landshaft. Bu landshaft o`z ichiga Moxandaryo, Gudjayli o`zanlarni va Qorako`l deltasining atrofidagi berk botiqlarini oladi.

3. Cho`l qum tuproqli juzg`un o`suvchi eol jarayonlarida o`zgartirilgan landshaft.

4. Buxoro - Qorako`l deltasining kichik berk botiqlarini o`z ichiga oluvchi bir yillik sho`ralar o`suvchi sho`rxok – botqoqlik delta tekisliklar landshafti hisoblanadi.

II. Gazli tabiiy geografik rayoni okrugning janub - g`arbiy qismidagi Zarafshonning qadimiy allyuvial - akkumlyativ tekisliklarini o`z ichiga oladi. Rayon nisbatan sovuq qish lekin quruq, issiq yozi bilan tavsiflanadi. Vegetatsiyali qish esa 41% ga boradi. Harorati +10 gr. bo`ladigan davrdagi haroratning yig`indisi 5130 gr. ga yetadi.

Rayonda quyidagi landshaft turlari mavjud.

1. Shuvoq o`suvchi sur - qo`ng`ir tuproqli, mezokaynazoy negizli balandliklar landshafti.

2. Shuvoq tarqalgan, sur- qo`ng`ir tuproqli negizi pliosen - eski to`rtlamchi davr jinslaridan iborat bo`lgan platoni o`z ichiga oladi.

3. Singren o`suvchi, cho`l qumoq tuprog`i tarqalgan delta tekisliklar landshafti. Bu landshaft asosan Kimirek qumligini o`z ichiga oladi.

4. Juzg`un va oq saksovul o`suvchi cho`l qumli tuprog`i tarqalgan, eol jarayonida o`zgartirilgan delta tekisliklar landshafti.

5. Ko`l atroflarida va kichik botiqlardagi sho`rxoklarda o`suvchi bir yillik sho`ralar tarqalgan delta tekislik sho`rxoklar landshafti.

III. Sandiqli tabiiy - geografik rayoni, rayon okrugning janubi - sharqiy va sharqiy qismi va u yerdagi Setaltepa, Jar-qoq, Qoravulbozor, Dengizko`l kabi platolarini hamda Sandiqli qumligining bir qismini oladi.

Quyi Zarafshon okrugidagi qishi iliq rayoni bo`lib, vegetatsiyali qish 70% ga yetadi. Yozi esa issiq bo`lib, +10gr dan yuqori bo`lgan davrdagi haroratni yig`indisi 5200 gr. Rayon tarkibida quyidagi landshaft turlari uchraydi.

1. Sarsazanli sho`rxoklardan iborat, negizi mezokaynazoy jinslardan tashkil topgan berk botiqlar landshafti. Bu landshaft Dengizko`l botig`ini, Qorako`l shahri sharqidagi botiqni o`z ichiga oladi.

2. Oq saksavul tarqalgan eol qumli landshafti. Bu landshaft do`ng va barxan qumli joylarni o`z ichiga oladi.

3. Singren o`suvchi, sur qo`ng`ir tuproq eol jarayonlar tufayli qayta o`zgargan pliosen - eski to`rtlamchi davr platolar landshafti. Bu landshaftga Dengizko`l platosi va uning janubidagi qumli yerlar kiradi.

4. Shuvoq tarqalgan, sur-qo`ng`ir tuproqli pliosen – eski to`rtlamchi davr platolar landshafti.

5. Shuvoq o`suvchi, sur - qo`ng`ir tuproqli, negizi mezokaynazoy jinslaridan tashkil topgan balandliklar landshafti. Bu landshaftga Kogon ko`tarilmasi, Jarqoq, Qoravulbozor, Saritosh platolari kiradi.

6. Sug`oriladigan taqir tuproqli delta- tekislik madaniy landshafti.

MA’RUZA № 7 (16-ma’ruza)


Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish