3.1-diagramma.
Diagrammadan ko’rinadiki, mamlakatimizda ro’yxatga olingan jami korxonalarning 7,0 foizini davlat mulkidagi korxonalar, 93,0 foizini mulkchilikning nodavlat shaklidagi korxonalar, shundan, 56,1 foizini – fermer va dehqon xo’jaliklari, 20,8 foiz – xususiy korxonalar, 0,9 foiz – xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar, 0,4 foiz – aktsiyadorlik jamiyatlari tashkil etgan.
SHuningdek, mamlakat yalpi ichki mahsuloti tarkibida nodavlat sektorining ulushi ham sezilarli darajada oshib bormoqda (3.2-diagramma).
3.2-diagramma.
Diagrammadan ko’rinadiki, 2008 yilda YAIMning 20,6 foizi davlat mulkiga asoslangan korxonalarda yaratilgan bo’lsa, 79,4 foizi nodavlat mulkiga asoslangan korxonalarda yaratilgan. Jumladan, 32,4% - fuqarolar mulki, 24,3% - xo’jalik birlashmalari, 12,8% - qo’shma korxonalar, 6,7% - fermer va dehqon xo’jaliklari, 3,2% - nodavlat mulkining boshqa ko’rinishlarida yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |