Xalqaro shartnomalar
GFR Oliy Federal Sudi yuqori fuqorolik sudi hisoblanadi va faqat Federal Konstitusion Sudning qarorlariga bo`ysunadi. Federal Konstitusion Sud va yeH Oliy Adolat Sudi o`rtasida rasmiy ierarxiya mavjud emas, biroq amaliyotda Oliy Adolat Sudining qarorlari Germaniya Konstitutsiyasiga zid bo`lmasligi sharti bilan, birinchisi ikkinchisining qarorlarini hisobga oladi.
Germaniya qonunchiligi OESR Tavsiyalari va VTO qoidalariga amal qilish majburiyatini o`z zimmasiga oladi.
Ustun mavqeini suiiste’mol qilish
GFR “Raqobatni cheklashga qarshi Qonun”ni yeH qonunchiligi bilan kelishilgandan so`ng ustun mavqini suiiste’mol qilishni ochiq tarzda man qiladi (19 (1)modda). Qonunning 19 moddasini (4) qismida ushbu qonunbuzilishlarni to`rtta asosiy guruhi keltiriladi:
1. to`sib qo`yish (obstruksiya),
2. ekspluatatsiya,
3. kamsitish, va zarar infratuzilma xizmatlaridan foydalanishni rad etish (inshootlar).
19 (4) modda
Suiiste’mol qilish mavjud bo`ladi qachonki, ustunlikka ega korxona tovarlarni ma’lum turlari yoki tijorat xizmatlarini yetkazib beruvchi sifatida bo`lsa:
1. boshqa korxonalarni shunday tarzda raqobatlashish imknini yomonlashtiradi, shunday qilib bozordagi raqobat xech qanday ob’ektiv asoslarsizbuziladi;
2. samarali raqobat mavjud bo`lgan holatda bo`lishi mumkin bo`lmagan xaqni va boshqa ish shartlarini talab qiladi; ushbu ma’noda korxonalrni taqqoslanadigan bozorlardagi xatti-harakatlari, ya’ni samarali raqobat ustun bo`lgan holda, e’tiborga olinadi;
3. ushbu tarzda tabaqalashtirish uchun ob’ektiv sabablar mavjud bo`lmaganda taqqoslanadigan (o`xshash) bozorlarda ustunlikka ega bo`lgan korxona o`xshash xaridorlardan unchalik qulay bo`lmagan haq to`lash va boshqa ish shartlarini talab qiladi;
4. boshqa korxonani o`z tarmoqlariga va infratuzilma xizmatlariga kirishiga, bir xil haq to`lashni o`rnatishga to`sqinlik qiladi, bunda vertikal bo`yicha yuqori yoki quyida joylashgan bozorlarda ustunlikka ega bo`lgan korxonani raqibi qonuniy va haqiqiy sabablarga ko`ra ushbu tarzdagi parallel foydalanish holaiga ega bo`lmasin; bunday holat taalluqli bo`lmaydi qachonki, ustunlikka ega bo`lgan korxona operasion yoki boshqa sabablarga ko`ra birgalikdagi (parallel) foydalanish mumkin emasligini ko`rsatib bersa.
Shunday qilib, GFR qonunchiligi qanday holat ustun mavqini suiiste’mol qilish deb e’tirof etilishiga aniq ta’rifni keltirmaydi, va ushbu buzilishlarni 4 ta turinigina keltiradi. Na “bozorlarni monopollashtirish”, na raqobatni kamsitish”, na iste’molchilar/xaridorlar manfaatlarini himoya qilish” mezonlari eslatiladi. Suiiste’mol qilishni keltirilgan 4 ta turini bittasi ham “bozorlarni monopollashtirish”na tegishli emas. Sherman Qonunidan (AQSH) farqli tarzda, GFR “Raqobatni cheklashga qarshi Qonun”ni “bozorlarni monopollashtirish”ni taqiqlamaydi. Har xil korxona ustun mavqeni olishi mumkin va ushbu holat bilan bog`liq o`zining raqobat afzalliklaridan suiiste’mol qilmasdan foydalanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |