5.5. Hozirgi davr Germaniya iqtisodiyoti o`sishining
muammolari va Shreder dasturi
Hozirgi davrga kelib Germaniya iqtisodiyotida o`sish sekinlasha boshladi va buning oldini olish uchun hukumat o`zining chora-tadbirlarini belgilay boshlaydi.
Iqtisodiy islohotlar “Shreder dasturi” nomini olib, bundagi asosiy yo`nalishlar shu dasturda o`z o`rnini olgan. Shreder dasturidagi asosiy urg`u tub mazmuni bilan bozor iqtisodiyoti tomon bo`lgan harakat bozor munosabatlariga to`la yo`l ochish va uning mexanizmlari harakatiga to`la erkinlik berish bilan bog`liqdir.
Ta’kidlaganimizdek, Germaniya iqtisodiyoida davlatning o`rni katta bo`lib, uning bozorni tartiblashtirish vazifalari keng xajmli edi. Bu esa o`z navbatida raqobat sharoitlarini toraytirib, uning to`laqonli harkatiga to`sqinlik qilar hamda davlatning aralashuvi yuqori darajada edi. Hozirgi vaqtga kelib bunday holat o`zgarishni talab etadi.
Qo`ldan berilgan raqobatbardoshlik darajasini qaytarish va bu sohada yuqori cho`qqilarni egallashga harakat qilinayotgan edi. Iqtisodiyotdagi davlat ishtiroki darajasini qayta ko`rib chiqish, to`la erkin bozor iqtisodiyoti yo`liga o`tish bilan bog`liq tadbirlarni amalga oshirish zaruriyati tug`ilgan edi. Albatta bu barcha soha va tarmoqlardagi davlat iqtisodiyoti siyosatini qayta ko`rib chiqish va iqtisodiy o`sishni tezlashtirishga mos siyosatga o`tish yo`llari axtariladi.
Bunda liberallik siyosati, tadbirkorldikka to`la erkinlik berish, soliqlarni pasaytirish, ijtimoiy xarajatlarni kamaytirish, davlat sarflarini qisqartirish kabi nozik masalalarni xal qilish yo`llarini belgilash ko`zda tutiladi. Shu bilan birga ijtimoiy muammolarga e’tiborni qaratish zaruriyati ham tug`ilmoqda edi. Asosiy ijtimoiy muammolar quyidagilarni o`z ichiga oladi:
ish joyining qimmatligi va ijtimoiy yukning og`irligi;
xalq qarib borishining o`sishi 1997 – yilda 100 ishlovchiga 96 ta mehnatga layoqatsiz to`g`ri kelgan;
globallik darajasining o`sishi chetdan keluvchilarning ko`payishi va ularni mahalliylar bilan tenglashtirish muammosining o`tkirlashuvi.
Ijtimoiy muammolarni yyechishdagi eng ma’qul usul o`zini ta’minlay olish yo`llarini qo`llashdir. Eng yaxshi ijtimoiy tartibli joy jamiyat mahsulotini qayta taqsimlash yo`li bilan maksimal keng xajmdagi ijtimoiy qo`llaniladigan joy emas, balki qo`llashga muxtoj fuqarorlar eng kam bo`lgan joy hisoblanadi.
Asosiy maqsad bevosita ta’minlash emas, balki muxtojlikni yo`q qilishdir.
Shreder dasturi bo`yicha davlatning iqtisodiyotga bevosita aralashuvini imkoni boricha kamaytirib, erkin harakatini sharoitini kengaytirish, ayniqsa mayda va o`rta biznesni maksimal qo`llash siyosatini oldinga suriladi. Bu sohada ayniqsa davlat tartiblashtirishi, chegaralashga qarshi kurash olib borish talab etiladi va bu burinchi darajali ish deb bilinadi. Mayda va o`rta biznesmenlarni xalq taniqli ashulachi va futbolchilardek ardoqlab, hurmat qilishi kerak deb bilinadi. Agar davlat harakati raqobatni susaytirsa, u bozorga qarshi qaratilgan bo`ladi, deb bilinadi. Davlat tub mazmunan vatan ishlab chiqaruvchilarini ichki bozorda himoya qilish emas, balki raqobatga qarshi kuchlar, monopoliyaga qarshi kurashni ta’minlashi kerak va samarali xo`jalik yuritish usullarini keng qo`llash sharoitlarini yaratishi zarur.
Asosiy e’tibor yuqori texnikali tarmoqlarga, yangi innovatsiyali firmalarga qaratiladi. Industrial jamiyatdan bilim, axborot, xizmat ko`rsatishga asoslangan iqtisodiyotga o`tish amalga oshirila boshlandi. Buning uchun ta’lim sifatini ko`tarish, ilmiy texnologik siyosatni kuchaytirish, infratuzilmalarni qayta qurish yo`llari qo`llaniladi. Bungacha esa dalvat tarmoq shakli tuzilmalariga va ayrim ishlab chiqarishlarga investitsiyani tartiblashtirish usulini qo`llar edi.
Globallik va texnologik siljishlar tezligi davrida hukumat birinchi o`ringa bevosita mehnatkashlar daromadining o`sishini tezlashtirish, qashshoqlikka barham berish, ishsizlikni kamaytirish emas, balki daromadlar, bandlik masalalarini xal qila oladigan va yangi firmalarni tashkil etish va korxonalarning ravnaqini ta’minlashga o`z diqqat – e’tiborini qaratishi talab etiladi.
Soliqlar 2001 yilga kelib 45 foizdan 35 foizga tushurilib, nafaqa xarajatlari kamaytirildi hamda xususiy nafaqa jamg`armalarga soliq imtiyozlari qo`llanila boshladi. Davlat xarajatlari pasaytirilib, umumiy davlat sarmoyalari tejami 16,7 mlrd. dollarni tashkil etadi. Angliyadek bozor liberallashuviga o`tila boshlanadi va ijtimoiy mo`ljalli iqtisodiyotdan to`laqonli bozor iqtisodiyotiga o`tish asta-sekin kuchga kira boshlaydi. Davlat mulkini xususiylashtirish bo`yicha ancha ishlar qilindi. Shu bilan birga davlatning bozorni tartiblashtirish faoliyati ancha qisqartirilib, iqtisodiy aralashuv susaya bordi.
Shreder dasturining amalga oshirilishi va unda belgilangan tadbirlarning tadbiq etilishi, o`z natijalarini berib Germaniya iqtisodiyotining bozor munosabatlari asosida rivojlanishini tezlashtirdi. Bu esa Germaniya iqtisodiyoti salohiyatini ko`tarib, jahon xo`jaligidagi o`rnini mustahkamlaydi va o`ziga xos e’tiborni jalb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |