«0 ‘zbekiston ovozi» gazetasi tahririyati Shreder nomidagi



Download 28,84 Kb.
bet1/2
Sana29.01.2022
Hajmi28,84 Kb.
#417737
  1   2
Bog'liq
DTIY


Rishton shahri
hokimligiga
« 0 ‘zbekiston ovozi» gazetasi tahririyati Shreder nomidagi
Bog‘dorchilik , tokchilik va vinochilik ilmiy-ishlab chiqarish bir-
lashmasining Samarqand filiali bir guruh ishchilaridan tahririyatga
kelgan ushbu shikoyat xatini ko‘rib chiqish uchun Sizga yo‘llaydi.
Tekshirish natijalari haqida tahririyatni xabardor qilishingizni
so‘raymiz.
Xatlar va ommaviy ishlar
bo‘limi mudiri (imzo) Y. Berdiyev
Farg’ona shahar «Mahalla va
oilani qo'llab-quvvatlash»hududiy
boshqarmasi boshlig‘i O. Erkaboyevga
Farg’ona shahri ‘’Nafosat’’ mahallasida
2017-yil mobaynida mahalla
ahlidan tushgan shikoyatlar haqida
MA’LUMOTNOMA
2017-yilda mahalla oqsoqoli nomiga mahalla ahlidan 33 ta ariza va 15 ta shikoyat tushdi.
Mazkur hujjatlaming barchasi qonunda belgilangan muddatlarda ko’rib chiqilgan.
Ma’lumotnomaga asos:Mahalla ahlining 2017-yildagi ariza va shikoyatlarini qayd qilishi daftari.
Kotiba (imzo) S. Qodirova
2017-yil 15-dekabr____________________________________
0 ‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi,
0 ‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi akademigi,
Yuridik fanlari doktori
U. Alimovga
Hurmatli Ulug’bek Alimov !
Sizga « 0‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomoni­
dan 2018-yilda nashr etish rejalashtirilgan « Yuridikdan ruscha-
o‘zbekcha atamalar lug'ati » va « Huquqdan ruscha - o‘zbekcha
tushunchalar izohli lug‘ati » nomli kitoblar qo‘lyozmalarini ko‘rib
chiqib, tegishli tavsiya berish uchun yo‘llaymiz.
Lug‘atlaming qo‘lyozmalari ilova qilinadi:
1. «Yuridikdan ruscha-o‘zbekcha atamalar lug‘ati»
(805 sahifa).
2. «Huquqdan ruscha-o‘zbekcha tushunchalar izohli lug‘ati»
(323 sahifa).
Direktor (imzo) O. G‘ulomov

O'zbekiston Respublikasi


Fanlar akademiyasining
ilmiy-tadqiqot institutlari
va ilmiy-ishlab chiqarish
birlashmalari rahbarligiga
O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi-
ning so'roviga binoan Fanlar akademiyasi Prezidiumi Sizdan
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2019-yilda tayyor-
langan «Ilm-fan va innovatsion faoliyat to'g'risidagi O'zbekiston
Respublikasi qonuni» haqidagi fikr-mulohazalaringizni 2020-yil
30-dekabrgacha Ilmiy kadrlar boshqarmasiga yoilashingizni
so’raydi.
Siz bildirgan fikr-mulohazalar qonunning takomillashishida
asqotadi, deb o‘ylaymiz. Qonun loyihasini regulation.gov.uz por-
talidan olishingiz mumkin.
Prezident (imzo) Sh.Mirziyoyev
Farg’ona «Volida» birlashmasi
2019-yil 25-noyabr 650-son Farg’ona shahri
«Volida» BIRLASHMASIDA NOVVOT SEXI ISHINI
QAYTA TASHKIL ETISH HAQIDA
FARMOYISH
2016-yil yakuniga ko'ra novvotga ehtiyoj nihoyatda o‘sgan.
Bu mahsulotni yanada ko‘proq ishlab chiqarish uchun muayyan
ishlami amalga oshirish, Xitoydan yangi jihozlar olib kelish zarur.
Shu munosabat bilan quyidagilami
TAVSIYA ETAMAN:
Birlashmaga foyda bermaydigan yordamchi sexlami tugatish
maqsadida birlashmada doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissiyaga
bu boradagi aniq takliflami shu yil 22-dekabrgacha ishlab chiqish
topshirilsin; mas’ul - komissiya raisi H. Jabborov
Direktor (imzo) U. Xakimov

Xizmat guvohnomasi namunasi


O’zbekiston Respublikasi
Iqtisodiyot va
kambag'allikni qisqartirish
vazirligi
127-sonli GUVOHNOMA
Qodirov Samandar Hakimjon o’g’li
Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash va
sanoatni rivojlantirish
masalalari bo‘yicha bosh
boshqarma boshligining
o‘rinbosari
Lavozimdan bo'shaganda
qaytarilishi shart
2024-yil 1-yanvargacha amal
qiladi
Vazir B. Xo‘jayev

TAKLIFNOMA


Muhtaram Qodirov Samandar Hakimjon o’g’li
0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 0 ‘zbek tili,
adabiyoti va folklori instituti va 0 ‘zbekiston Yozuvchilar uyush­
masi Sizni ulug‘ o'zbek adibiy
ABDULLA QODIRIY
tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanga
taklif etadi.
Ilmiy anjuman shu yil 12-yanvar ertalab soat 10.00 da 0 ‘zbek
tili, adabiyoti va folklori institutining majlislar zalida boshlanadi
(Shahrisabz ko'chasi, 17-uy, 3-qavat)
DARSLIKLAR BILAN TA’MINLASH
HAQIDA
« 0 ‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi o'quvchilar uchun
o'zbek tilida quyidagi darsliklami nashrdan chiqarganligini Sizga
ma’lum qiladi:
«Ona tili» - 11-sinf uchun
«O’zbekiston tarixi» - 7-sinf uchun
«Kimyo» - 9-sinf uchun.
Q. Abdullayeva. «Yozishni o'rganamiz».
Ushbu darslik va kitoblami yetkazib berish uchun tegishli
nusxada buyurtmalar qabul qilinadi.
Ulgurji xaridorlarga darsliklami sotib olishda chegirma beriladi.
Tasdiqlayman
Farg’ona viloyati Farg’ona shahri
1-oilaviy poliklinika bosh shifokori
Abdurazzoqov Oybek
Abdukari o’g’li (imzo)
2017-yil 22-dekabr
Yo‘q qilish DALOLATNOMASI
Ushbu dalolatnoma 2021-yil 24-fevral soat 11:25 da Komis­
siya a'zolari tomonidan quyidagi qollash uchun yaroqsiz dori
vositalari va tibbiy buyumlarning yo‘q qilinganligi haqida tuzildi.
Yo‘q qilinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning nomi,
seriya raqami, o'ramlar soni quyidagicha:
GOLD PHARM tomonidan 2017-yilda ishlab chiqarilgan 100
(yuz) o ‘ram «Sitramon» dori vositasi (seriya raqami: R-DV/M
02453/03/15) 2017-yil 22-dekabrda aholi yashash manzilidan
uzoq bo‘lgan hududda ko‘mib yuborish usuli bilan yo‘q qilindi.
Yo‘q qilishda ishtirok etganlar:
Xakimov Ulug’bek Qurbonaliyevich, 1-oilaviy poliklinika bosh shifokari
(imzo)
Alimova Dildora Abidovna,1-oilaviy poliklinika umumiy
amaliyot shifokori
(imzo)
Musajonova Gulshoda Hikmatovna,1-oilaviy poliklinika katta
hamshirasi
(imzo)
Alimova Dilnoza Erkaboyevna,1-oilaviy poliklinika dorixonasi
hamshirasi
(imzo)
Abduvaliyeva Dilnoza Oybek qizi,1-oilaviy poliklinika xo‘jalik
bo‘limi boshlig‘i
(imzo)
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar
agentligi rahbarining
BAYONOTI

Barcha ommaviy axborot vositalariga!



Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yurtimizda
so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash borasidagi islohotlar davom
etmoqda.
O‘zbekiston haqqoniy,xolis,xalqaro jumalistik etika asosida
ish olib boradigan har qanday xorijiy ommaviy axborot vosita­
lariga ishlash uchun zarur sharoit yaratib,ulami har tomonlama
qo‘llab-quvvatlaydi.
Ishlash prinsipidan,ular ilgari surayotgan masalalar bizning
qarashlarimizni aks ettirishi yoki zidligidan qat’i nazar,betaraf va
adolatli jumalistika uchun erkin maydon yaratishga tayyormiz.
Samandar Qodirov
FARG’ONA«VOLIDA» BIRLASHMASIDA
BUYUMLAR VA MOLIYAVIY YO'QLAMA
O’ TKAZISH HAQIDA
2020-yil 25-MART 655-son Fargona shahri
BUYRUQDAN KO’ CHIRMA
I. Qandolatchilik, choy va pivo-alkogolsiz ichimlik sanoati
korxonalari uyushmasining 2020-yil 19-noyabrdagi 07-82-raqamli
buyrug‘ini bajarish borasida birlashmada tovar-moddiy qimmatdor
buyumlar, korxona mulki, ishlab chiqarishning tugallanmagan
asosiy mablag‘lari, balansdagi hisob-kitob va boshqa bandlarida
turgan pul mablagiari yuzasidan buyumlar va moliyaviy yo‘qlama
o‘tkazish uchun
BUYURAMAN:
II. Rejalashtirilgan yo‘qlamani o‘tkazish uchun quyidagilardan
iborat komissiya tuzilsin:
1. Karimov L. - rais (kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi).
2 . Jalilov M.-bosh yurist(kasaba uyishmasi qo’mita bosh yuristi).
3.Davlatov S.-bosh hisobchi(kasaba uyishmasi qo’mita bosh hisobchi).
Direktor (imzo) B. Olimov
Asliga to‘g‘ri
Kotib-shaxsiy
Referent (imzo ) S. Shamsiyev
Toshkent davlat yuridik universiteti
Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani
D.Kamolovaga
Farg’ona shahri jinoiy ishlar sudyasi bosh maslahatchisi O.Salimovni
jinoiy Ishlar bo'yicha malaka oshirish maqsadida 2 oy muddatga
(2021-yil 20-yanvardan - 2021-yil 20-martgacha) tajriba o'tabshiga
qabul qilishingizni so'raymiz.
Fargona shahri jinoiy
Ishlar bo’yicha bosh sudyasi
o'rinbosari (imzo) U. Xakimov
VASIYATNOMA
Farg’ona viloyati Rishton shahri,
ikki ming o ‘n beshinchi yilning yigirmanchi dekabr kuni
Men, Farg’ona viloyati Rishton shahri Istiqlol ko‘chasidagi
11-uyda yashovchi S. Qodirov, ushbu vasiyatnoma orqali quyidagi
topshiriqni beraman:
1. Menga tegishli bo‘lgan mol-mulkimdan Farg’ona shahri
Istiqlol ko’chasidagi 11-raqamli hovli-joyimni o ‘g ‘lim Mirzavali
Mirzakarimovich Hamidovga, Fargona viloyati Yo‘l harakati
xavfsizligi boshqarmasi Fargona shahar ro‘yxatga olish va imtihon
olish mobaynida 1998-yilning 17-aprelidan ro'yxatda turuvchi
VV seriyali 943934 raqamli texnik pasport bo‘yicha menga tegishli
«Nexia» rusumdagi oq rangli, davlat raqamli belgisi 01A917GA
bo‘lgan avtomashinamni o 'g ‘lim Mirzavali Mirzakarimovich
Hamidovga vasiyat qilib qoldiraman.
2. Menga 0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksidagi
1142-moddaning mazmuni, ya’ni merosdan majburiy ulush olish
huquqiga ega bo‘lgan merosxo‘rlar haqida notarius tomonidan
tushuntirish beriladi.
Ushbu vasiyatnoma ikki nusxada tuzildi va imzolandi: ular-
ning bir nusxasi saqlash uchun Fargona shahri davlat notarial
idorasida qoldirildi, ikkinchisi esa vasiyat qiluvchi Mirzakarim
Mirzarahimovich Hamidovga berildi.
(Imzo) S. Qodirov
(Notariusning tasdiqlovchi yozuvi)

TELEGRAMMA


FARG’ONA 27 ISTIQLOL 18 MARKAZIY XALQ BANKI FILIALI JORIY HISOBLAR BO’LIMIGA MEN QODIROV SAMANDAR 1712 RAQAMLI O’Z JORIY HISOBIMDAN 2511005 SO‘MNI MASHINA TO'LOVI UCHUN FARGONADAGI 0‘N BIRINCHI SPORT MAGAZININING 002121505 RAQAMLI MAXSUS HISOB RAQAMIGA O'TKAZISHINGIZNI SO‘RAYMAN.
Pasport: AC № 1577210 imzo
2021-yil 20-oktabr Guliston Toshkent 106 Istiqlol ko'chasi
shahar ichki ishlar bo'limi 4-uy.
tomonidan berilgan. (Telegrafchi imzoni tasdiqlaydi).

Farg’ona shahri hokimligi ‘’LAW FIRM’’direktoriga


Yetkazuvchi-yo‘riqchi qabul qiluvchi-kotiba
Egamqulova. Qodirov.
Tel: 71-268-25-11. Tel: 71-267-01-18 soat 16:00
TELEFONOGRAMMA
2014-yil 29-sentyabr Farg’ona 16-son
2014-yil 12-sentyabr kuni soat 15.30 da Farg’ona shahri
hokimligining majlislar zalida qishki mavsumga tayyorgarlik masalasi
bo'yicha yig‘ilish boladi. Yig'ilishda korxona rahbari va
kasaba uyushmasi tashkiloti raisi qatnashishi shart.
Fargona shahri hokimligi
kotibi N.Umarova

ISHONCHNOMA


Men, Qodirov Samandar Ulugbek o’g’li,turmush o‘rtog‘im
Qodirova Sarvinoz Bobur qizga Madaniyat saroyi g‘aznasidan mening
2019-yil noyabr oyi uchun yozilgan maoshimni olishga ishonch
bildiraman.
(imzo) S. Qodirov
2019-yil 3-dekabr
O .Rahimovning imzosini tasdiqlayman.
Madaniyat saroyi kadrlar
bo‘limining boshlig‘i (imzo) S. Kornilova
(muhr) 2015-yil 15-dekabr
Fargona viloyati Rishton
shahridagi «Volida» fermer
xo‘jaligining 2017-yilda
rejalashtirilgan ishlarining
bajarilishi haqida
HISOBOT
Xo'jalik tasarrufidagi ekin ekiladigan 57 gektar yerga yil
boshida 9 turdagi ekin ekish rejalashtirilgan edi . Shundan 8 tur
ekin ekildi. Ikki turi - ukrop va kashnich sharoit yo'qligi tufayli
ekilmay qoldi. Yil oxirida rejadagi 2000 tonna o'miga 2030 tonna
sabzavot mahsulotlari olindi.3 gektar tokzorda 90 tonna xo'raki
uzum yetishtirildi. Bu rejadagidan 26 tonna ko‘p. Kartoshka, po-
midor, piyoz, sabzi gektar boshiga avvalgi yildagiga qaraganda bu
yil 2-3 tonna ko'proq yetishtirildi. Piyoz rejadagidan 3 tonna kam
olindi. Sababi - un-shudring tushdi, vaqtida agrotexnika tadbiri
o'tkazilmadi.
Xo'jaligimiz ishida o‘mak ko'rsatgan a’zolarimiz quyidagi-
lardir:
1. O. Xakimov
2. M. Rayimov
3. S. Musajonov
4. D. O’lmasboyev
Yil yakuni bo'yicha moddiy va ma’naviy rag'batlantirishda
bulaming xizmatini inobatga olishingizni so‘ray man.
Fermer xo'jaligi
rahbari (imzo) U. Xakimov
2020 yil 15 mart
0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
0 ‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
ilmiy kengashi yig‘ilishining 7-raqamli
BAYONNOMASIDAN KO‘CHIRMA
2020-yil 20-oktyabr Toshkent shahri
KUN TARTIBI:
3. «Xalqaro huquqiy terminlarning izohli lug‘ati» kitobini
nashrga tavsiya etish. U. Alimov axboroti.
3. ESHITILDI:
A. Bobojonov - Ilmiy kengash a’zolarini «Xalqaro huquqiy
terminlarning izohli lug‘ati» bilan batafsil tanishtirildi.
Ushbu lug‘at 1000 dan ortiq huquqiy terminlarni
qamraganligi, ulaming har biri hozirgi kun talabi darajasida
izohlanganligini ko‘rsatib o ‘tdi.
3. QAROR QILINDI:
1. «Xalqaro huquqiy terminlarning izohli lug‘ati» nashrga
tavsiya etilsin.
2. Mas’ul muharrir etib filologiya fanlari doktori N.Mahmudov
tasdiqlansin.
Rais (imzo) F.I.O. Kotib______________ (imzo)______________ F.I.O
0 ‘zbekiston Respublikasi Fargona viloyati
Rishton shahri ‘’LAW FIRM’’
SHAXSIY TARKIBI
2021-yil 15-aprel 28-son Fargona shahri
BUYRUQ
Download 28,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish