Raqobatga qarshi bitimlar va kelishib qilingan harakatlar
Germaniyaning kelishib qilingan harakatlarni tartibga soluvchi Raqobatga qarshi cheklash qonuni normalari barcha miliy qonunchiliklar ichida eng mukammali desa mubolag`a bo`lmaydi. Sherman Qonunidan farqli tarzda GFR qonuni raqobatni cheklash bo`yicha har xil bitimlar, birlashishlar yoki kelishib olishlarga nisbatan umumiy taqiqlashlar yo`q. Unda cheklashning ma’lum shakllariga nisbatan alohida normalar qayd qilingan, ularga quyidagilar kiradi:
1. Gorizontal cheklashlar ( 1-13 moddalar)
2. Vertikal cheklashlar (14-18 moddalar)
3. Kamsituvchi cheklashlar ( 20 modda)
4. Boykotlar ( 21 modda)
Lekin, GFR “Raqobatni cheklashga qarshi Qonuni” Yevropa Ittifoqi normalariga moslashtirilgan.
Xulosa qilishimiz mumkinki, Germaniya keyinroq industriya yo`liga o`tgan bo`lsa ham juda tez birinchilar qatoriga yetdi. Hozir u o`rta industriyalashtirilgan mamlakat hisoblanadi. Milliy xo`jalikda boshqa mamlakatlarga nisbatan sanoat hissasi katta – u YAIMda 39 foizga teng. U juda tez tuzumiy o`zgarishlarni amalga oshiradi. Sanoatda yyetakchi sohalar asosni tashkil etadi. Ilm sig`imli tarmoqlar, an’anaviy tarmoqlarni yangi texnologiya asosida qayta yangilash, texnik rivojlantirishda raqobatdan keng foydalanish Germaniya sanoati uchun xos xususiyatdir.
Germaniyaning ijtimoiy bozor xo`jaligining nemischa milliy modeli iqtisodiy taraqqiyot uchun zarur bo`lgan milliy birlik, davlat bilan aholi o`rtasidagi muvozanat mustaxkamligi, iqtisodiy o`sishdagi zarur resurslarni to`g`ri taqsimlab, ulardan samarali foydalanishdagi eng ma’qul usul bo`lib, o`zining hayotiyligini o`tgan davr ichida isbotlab berdi. Haqiqatdan bu model taxsinga sazovor va uni o`rganish foydadan xoli emas.
Germaniyaning Sharqida iqtisodiy qoloqlik borgan sari yo`q bo`lib, umumiy o`sish ham boshlanadi. GFR sotsialistik lagerda eng ilg`or mamlakat hisoblanardi. Shunga qaramay qo`shilish oldidan uning YAIM jon boshiga hisoblaganda G`arbiy Germaniyaga nisbatan 1/3 qismga teng edi. 1996 – yilga kelib 57 foizga ko`tariladi. Sharqiy zonada 1994 – yildanoq jonlanish boshlanib, YAIM 8 foizga o`sadi. G`arbiy qismda bu 2,5 foizga teng bo`lib, umuman GFRda 3 foizni tashkil etadi. Ishsizlik ancha pasayib, davlat xarajatlari va soliq to`lovlari darajasi pasaya boshladi.
Germaniyada Shreder dasturining amalga oshirilishi va unda belgilangan tadbirlarning tadbiq etilishi, o`z natijalarini berib Germaniya iqtisodiyotining bozor munosabatlari asosida rivojlanishini tezlashtirdi. Bu esa Germaniya iqtisodiyoti salohiyatini ko`tarib, jahon xo`jaligidagi o`rnini mustahkamlaydi va o`ziga xos e’tiborni jalb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |