Bolalar sporti asoslari


XXXI yozgi va XXV qishgi Olimpia o’yinlari finalchilarining o’rtacha yoshi



Download 1,76 Mb.
bet25/143
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#431970
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   143
Bog'liq
“BOLALAR SPORTI ASOSLARI MAJMUO

XXXI yozgi va XXV qishgi Olimpia o’yinlari finalchilarining o’rtacha yoshi



Sport turlarining guruxlari

Sport turlari

Yoshi

Tezkor-kuch va yuqori intinsivlikdagi sport turlari




Erkaklar

100-400 m yuqurish

23,4

Sakrash

23,7

Uloqtirish

26,7

Og’ir atletika

26,3




Ayollar

100-400 m yuqurish

23,4

Sakrash

23,4

Uloqtirish

26,2

Harakatlarni bajara olish san’atini yuqori darajaga erishishda aniqlik muhim bo’lgan sport turlari




Erkaklar

Sport gimnastikasi

24,8

Suvga sakrash

22,2




Ayollar

Sport gimnastikasi

18,6

Suvga sakrash

20,2

Chidamlilik sifatini ifoda etuvchi sport turlari




Erkaklar

800-1500 m

24,3

5000-10000 m

27,3

20 km sportcha yurish

29,3

Konkida uchish

25,1

Ekademik eshkak eshish

25,2

Suzish

20,1




Ayollar

800-1500 m

24,4

Konkida uchish

23,5

Ekademik eshkak eshish

24,1

Suzish

17,5

Jismoniy sifatlar majmuasini shakllantirish uchun sport turlari. Bunday masqlar yakkakurash sport guruxlari uchundir.




Erkaklar

Yunon-rim kurashi

25,7

Erkin kurash

25,7

Boks

22,4

Basketbol

24,6

Futbol

24,8

Yengil atletikaning o’nkurashi

25,1




Ayollar

Basketbol

23,6

Yengil atletikaning beshkurashi

25,2

14-jadval
Sport yutuqlarining yosh chegaralari


Sport turlari

Yuqori natijaga erishish yoshi

Barqaror imkoniyat yoshi

Yuqori darajani ushlab turish Yoshi

Erkaklar

Yengil atletika:




100m yugurish

19-21

22-24

25-26

800m yugurish

24-22

23-25

26-27

10000m yugurish

22-23

24-26

27-29

Balandlikka sakrash

19-20

21-24

25-26

Nayza uloqtirish

21-23

24-26

27-28

Suzish

14-16

17-21

22-24

Sport gimnastikasi

18-20

21-24

25-26

Kurash turlari

19-21

22-26

27-30

Og’ir atletika

19-21

21-24

25-27

Boks

18-20

21-25

26-28

Akademik eshkak eshish

17-20

21-25

26-28

Basketbol

19-21

22-25

26-28

Futbol

20-21

22-26

27-28

Muz ustida Xokkey

20-23

24-28

29-30

Ayollar

Yengil atletika:




100m yugurish

17-19

20-22

23-25

800m yugurish

19-21

22-24

25-26

Balandlikka sakrash

17-18

19-22

23-24

Nayza uloqtirish

20-22

23-24

25-26

Suzish

12-15

16-18

19-20

Sport gimnastikasi

13-15

16-18

19-20

Basketbol

16-18

19-24

25-26

Konkida figurali uchush

13-15

16-24

25-26

Yosh sportchilarni ko’p yillik mashg’uloti jarayoni quyidagi asosiy uslubiy holatlarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim:



  1. Bolalar, o’spirin va yosh yigit-qizlar, o’smir va balog’atga etgan sportchilarning mashg’ulotlarining vazifa va vosita uslublarining izchilligi;

  2. Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik hajmining vositalari asta-sekin o’sish, ular o’rtasidagi mutanosiblik ham asta-sekin o’zgaradi. Yildan-yilga maxsus jismoniy tayyorgarlik hajmining umumiy miqdori oshadi (bu mashg’ulot yuklamasining umumiy hajmiga nisbatan) va muvofiq tarzda umumiy jismoniy tayyorgarlik hajmining miqdori kamayadi;

  3. Sport texnikasida to’xtovsiz, uzluksiz takomillashuv. O’qitishning birinchi bosqichidagi asosiy vazifa – ratsional sport texnikasi asoslarini o’zlashtirish, ularga egalik qilish, sport mukammalligi, barkamolligi bosqichida – harakat koordinatsiyasining yuqori darajasiga erishish texnikaning alohida unsurlarini mukammallikka etkazish4

  4. Mashg’ulot va musobaqa texnikalarini to’g’ri rejalashtirish. Yosh sportchilarning funktsional imkoniyatlarini tobora oshib borgan holda oshirish va harakat, mahorat va ko’nikmalarini ko’p yillik mashg’ulot jarayonida muvaffaqiyatli takomillashtirish mashg’ulot yuklamalari va musobaqaning hajmi hamda intensivligi izchil oshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Mashg’ulot yuklamalari hajmi va intensivligini oshirish jarayonida ketma-ketlikni amalga oshirish zarur. Bunda ko’p yillik mashg’ulotlar jarayonida ularning to’xtovsiz o’sishini ta’minlash ham lozim.

Navbatdagi yillik siklning har bir davri dastlabki yillik siklining muvofiq davriga nisbatan mashg’ulot yuklamalarining yanada yuqori darajada boshlanishi va yakunlanishi lozim. Aynan shu orqali yildan-yilga yuklamalarning izchilligi va ularni bir qator yillar davomida asta-sekin oshishi ta’minlanadi. Yuklamalarni vaqtinchalik pasayishi va oshishi davrlari sportchi tayyorgarligi va holatining muayyan vazifalaridan kelib chiqqan holda, yillik sikllarida nazarda tutilishi lozim. Ko’p yillik mashg’ulot asosiga deyarli bir xil yillik sikllarning takrorlanishi olingan, bunda mashg’ulot va musobaqa yuklamalarining hajmi va intensivligi muntazam ravishda doimo o’sadi. Mashg’ulot yuklamalari yuqori darajada hajmining oshishi hisobiga va kamroq darajada ularning intensivligi o’sishi hisobiga o’zgarishi lozim.

  1. Yosh sportchilarning ko’p yillik mashg’uloti jarayonida mashg’ulot va musobaqa yuklamalarini asta-sekin izchil o’sishi tamoyiliga qat’iy rioya qilish lozim. Sportchining tayyorgarligi ko’p yillik tayyorgarlikning barcha bosqichlarida yuklama sportchining yoshi va organizmining individual funktsional imkoniyatlariga muvofiq bo’lgandagina yaxshilanadi. Mashg’ulot yuklamalarining o’sishi jarayonida izchillik va asta-sekinlikka rioya qilish sportchilar organizmining funktsional imkoniyatlarini oshishi va moslashuvchanligining takomillashuviga olib keladi. Bularning barchasi turli vaqtni talab qilgan jismoniy mashqlarni bajarishga tayyorlaydi.

  2. Sportchilarni ko’p yillik mashg’ulotning barcha bosqichlarida jismoniy sifatlarini hmda shu bilan bir paytda eng qulay yosh davrlarida alohida sifatlarni ustuvor rivojlantirishdir.

Bolalik va o’spirin yoshda ratsional tashkillashtirilgan pedagogik jarayoni bo’lganida jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun qulay potentsial imkoniyatlar mavjud. Maqsadga yo’naltirilgan pedagogik ta’sir yo’li bilan insonning harakat funksiyasi rivojiga ijobiy ta’sirni ko’rsatish mumkin. Ammo bu ta’sirlar insonning harakat funksiyasining u yoki bu tomonlarini yoshga oid rivojlanish qonuniyatiga tamoyillik o’zgartirishlarni kiritmasligi lozim.
Yosh sportchilarning jismoniy sifatlarini tarbiyalashga bo’lgan pedagogik ta’sir maktab o’quvchisining yoshga oid rivojining u yoki bu bosqichi uchun o’sishi ahamiyatli darajada ifodalanganlarning to’liq namoyon bo’lishiga ko’maklashadi. Bu sifatlarning roli harakat ko’nikmalarini shakllantirish uchun ayniqsa, ahamiyatlidir. Shu bilan bir paytda yosh sportchilarning jismoniy sifatlarining rivojiga maqsadga yo’naltirilgan pedagogik ta’sir u yoki bu jismoniy sifatni tarbiyalashdagi yoshga oid muammolarni hal qilish imkoniyatini beradi.
Sport mashg’ulotining barcha bosqichlarida harakat ko’nikmalarini shakllantirish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash bola, o’spirin, yosh yigit-qizlarning jismoniy tarbiya bilan kundalik mashg’ulotlari, hayotdagi harakatlari, ishlab chiqarish faoliyati shart-sharoitlarining ta’siri ostida bo’ladi. Umumta’lim maktabdagi yoki bolalar-o’spirin sport maktabidagi o’qituvchi yoki murabbiyning maqsadga yo’naltirilgan ta’siri ham katta ahamiyatga ega.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalash hamda harakat ko’nikmalarini shakllantirishda bolalar, o’spirin va yosh yigit-qizlarni mazkur sifatlarni yoshga oid rivojlanishining har bir bosqichida har tomonlama namoyon bo’lishiga ko’maklashish, tayyorgarlikning turli bosqichlarida jismoniy sifatlarning rivojida tor ixtisoslashuvga qarshi chiqish, jismoniy sifatlarning me’yoriy rivoji va harakat ko’nikmalarining rivojidagi turli to’siqlarni barataf etish vazifasi qo’yiladi.
Kichik maktab yoshida maqsadga yo’naltirilgan tarbiya amalga oshirilgandagina, yosh sportchilarning jismoniy sifatini rivojlantirish intensivroq bo’ladi.
Yuqorida bayon etilgan asosiy uslubiy holatlar asosida yosh sportchilarni ko’p yillik tayyorgarligi jarayonining optimal boshqaruvi amalga oshiriladi. Mashg’ulotning optimal boshqaruvi – bu sportchi tayyorgarligining turli tomonli kompleksini sifatli, yangi, oldindan dasturlangan holatga izchil, asta-sekin va rejali o’tkazishga qaratilgan o’quv-mashg’ulot jarayonini ilmiy asoslangan tashkillashtirishning samarali tizimidir. Bunday boshqaruv sport mashg’ulotining ob’ektiv qonunlarini samarali amalga oshirilishiga ko’maklashuvchi shart-sharoitlarni yaratishda o’z ifodasini topadi.
Pedagogik jihatdan yosh sportchilarni ko’p yillik tayyorgarligi jarayonini boshqaruvini mazkur jarayonga yaxlitligida rahbarlik qilish vosita va uslublarning majmuasi sifatida tushunish lozim. Bundan tashqari, rahbar sport tashkilotlar, sport maktab, murabbiy kengashlari va alohida murabbiylarning yo’naltiriuvchi, tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi faoliyati uning alohida tarkibiy qismlari bo’ladi. Mashg’ulot jarayonini tashkil qilish va tartibga solish unda qo’yilgan vazifalarga qat’iy muvofiq bo’lishi lozim.
Yangi kelgan sportchi, toifali-sportchi, chempion yoki rekordchi sportchining ko’p yillik mashg’ulot jarayonini ma’lum qonunlarga bo’ysinuvchi yagona jarayon, rivojlanishning o’z yo’llari va o’z xususiyatlariga xos bo’lgan yagona tizim sifatida o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bunday tizimning boshqarilishi uni tartibga soladi va bu jarayon mazkur tizimni zaruriy samarani ta’minlab beruvchi yangi holatga o’tish imkoniyatini yaratadi. Mashg’ulot jarayonini ratsional boshqaruvining yakuniy ifodasi va uning samaradorligining o’ziga xos ko’rsatkichi bu sport natijadir. Sport natijani bunday o’rganganda, uning maksimal kattaligi va u erishiladigan optimal yosh chegaralarini hisobga olish lozim.
Tayyorgarlikning asosiy yo’nalishiga bog’liq ravishda sportchilarning ko’p yillik mashg’ulot jarayonini shartli ravishda 4 bosqichga bo’lish mumkin:
-dastlabki tayyorgarlik;
-boshlang’ich sport ixtisoslashuv tayyorgarligi;
-tanlangan sport turida chuqurlashtirilgan mashg’ulot tayyorgarligi;
-sport mukammalligi.
Mashg’ulot bosqichlarining davomiyligi sport turining o’ziga xos xususiyatlari hamda shug’ullanayotganlarning sport tayyorgarligi bilan belgilanadi. Bosqichlar o’rtasida aniq chegara yo’q. Tayyorgarlikning navbatdagi bosqichiga o’tish haqidagi masalani hal qilganda sportchining pasport va biologik yoshini, uning jismoniy rivojlanish va tayyorgarlik darajasini, hajmi va intensivligi bo’yicha tobora o’sayotgan mashg’ulot yuklamalarini bajarish qobiliyatini ham hisobga olish lozim. Bundan tashqari, shug’ullanayotganlarning pasport yoshiga qarab ish tutish noto’g’ridir, chunki maktab yoshidagi bolalarning yetuklik sur’atlari turlidir. Bir qator tadqiqotlarda shug’ullanayotganlarning biologik yoshi va ularning harakat faoliyati natijaviyligi o’rtasidagi bog’liqlik ko’rsatilgan. Sportchilar organizmining giteroxronligi sport mashg’ulotlarida kichik guruhlarni tashkil qilishda mashg’ulot yuklamalarini hajmi va intensivligini belgilashda, sport turlarida ixtisoslashuvni boshlash muddatlarini belgilashda hamda shug’ullanayotganlarning tayyorgarlik darajasini aniqlashda hisobga olinishi lozim.
Nazariy va eksperimental tadqiqotlar asosida bir qator sport turlarida ko’p yillik mashg’ulotlarining tuzish modellari ishlab chiqilgan (15-16-17-18 jadval). Sportning har bir turida ko’p yillik mashg’ulot jarayonini tuzish modeli o’z ichiga quyidagi komponentlarni, unsurlarni kiritadi: ko’p yillik tayyorgarlik bosqichlari, mazkur bosqichda sportchining yoshi, har bir bosqichda tayyorgarlikning ustuvor bo’lgan yo’nalishi, tayyorgarlikning asosiy vazifalari, tayyorgarlikning asosiy vosita va uslublari, imkoniyatli bo’lgan mashg’ulot yuklamalari, tayyorgarlikning har bir bosqichi uchun namunali nazorat motivlari.
15-jadval

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish