Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

SHUM BOLA
(Qissadan parcha)
... Shunday qilib, bu falokatli ishni Yo‘ldosh boshladi. Mahal-
laning bir to‘da o‘spirin bolalari Laylakmachitning jilovxonasiga
yig‘ilib, oshiq o‘ynamoqchi edik. Men bugun juda ko‘p yutgan
edim.  Olacha yaktagimning cho‘ntagi, yengim, lippam oshiqqa
to‘lib  ketgan edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


6 2
— Bolalar qanda, oshiqlar manda, — deb sevinch bilan
qichqirmoqda edim. Xuddi shu oraga Yo‘ldosh shilqim suqildi-yu,
ishning pachavasini chiqardi. U bari mog‘orlab ketgan surp
yaktagining etagi bilan burnini arta-arta gapira boshladi:
— Bolalar, xalfana qilamizmi?
— Bo‘pti, qilamiz.
— Qayerda?
— Rizqi xalfaning ko‘chib ketgan hovlisida.
— Bo‘pti.
Xalfanaga palov qilmoqchi bo‘ldik. Masavur otaliqning nabirasi
Omonboyning o‘g‘li Husnibiy oshpaz bo‘ladigan bo‘ldi. Qozon,
cho‘mich, tuz, qalampir, suv — undan, qolgan masalliqlarni
shu yo‘sinda taqsim qildik: guruch bilan sabzi — Yo‘ldoshdan,
go‘sht — Abdulla do‘lvordan, yog‘ — mendan. Qolgan-qutgan
narsalar — Po‘latxo‘ja mug‘ombirdan. Hamma har tarafga qarab
ketdi. Men ham yog‘ keltirgani uyga ketdim. Onam oshxonada
yertandirga o‘t qalab, qovoq  somsa  taraddudida  edi. Bizning ro‘z-
g‘or mayda-chuydalari zax uyning orqasidagi uzun hujrada bo‘lar
edi. Ayvonda o‘rtancha singlim kichik ukamni ovutib o‘tirgan ekan.
Uning yonidan hujraga kirishning evini topolmadim, birorta hiyla
ishlatish kerak edi.
— Shapag‘, — dedim unga, — katta to‘ping qayerda?
— Qo‘g‘irchoqlarimning oldida, nima qildi?
— U yerda yo‘q-ku!
— Ha... o‘lg‘ur, sen olgandirsan, hozir berasan, ber.
Men iljayib turaverdim. U ovutib turgan ukamni qo‘ydi-da,
qo‘g‘irchoqlarining oldiga  yugurib ketdi.  Men ham „lip“ etib
hujraga kirib, ho‘qachadan yog‘ o‘yib oldim. Yog‘ni bir qog‘ozga
turmug‘lab
1
, lippamga qistirdim. U yerdan chiqib o‘tinxonaga
kirdim. Kulrang tovug‘im piyozdan qilingan moyak ustida tug‘ib
o‘tirar edi. Sekin borib, qanotini ko‘tarib qarasam, allaqachon
tug‘ib bo‘lgan ekan, lekin onalik mehri bilan tuxum ustida bosib
yotar ekan. Òuxumni oldim. Òovuq qaqalab qochdi.
O‘rtoqlarimga yaxshi ko‘rinish uchun rasamaddan ko‘r-
satilmagan bo‘lsa ham, yog‘ yoniga tuxumni ham qo‘shib olib
borishni o‘zimga ma’qul qilgan edim. Zing‘illab ko‘chaga chiqib
keta boshladim. Oshxonamiz yo‘l ustida bo‘lganidan, onam ko‘rib
qoldi.


Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish