Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

 Turmug‘lab — o‘rab.
www.ziyouz.com kutubxonasi


6 3
— Hoy, juvonmarg, zumrasha, tag‘in ko‘chagami? Bu yoqqa
kel, olovni jo‘nashtirib ket, tutay berib ko‘zimni ko‘r qilayozdi.
Noiloj qoldim, tuxumni qalpoqchamga solib, kiyib oldim-
da, oshxonaga kirdim. Onam meni tergay boshladi. Men jimgina
quloq solib, o‘choqning yoniga cho‘qqayib, o‘t qalashtirmoqqa
boshladim.
Men bilmagan ekanman.  O‘tning taftiga lippamdagi yog‘
erib, pochamdan oqmoqda ekan. Oyim qo‘lidagi xamir yoyib
o‘tirgan o‘qlov bilan boshimga astagina urdi.
— Juvonmarg, kap-katta bola, uylansang, bolang bo‘ladi. Shu
yerda, shunday Fotimayi Zuhroning dastgohlari
1
 bo‘lgan qutlug‘
yerda siyib o‘tiribsanmi?
Oyim boshimga o‘qlov bilan urganda, qalpoq tagida bo‘lgan
tuxum pachaqlangan edi. Uning sarig‘i oqqa aralashib,
chakkamdan sirqib, yuzimga oqmoqda edi. Oyim: „Bola
bechoraning boshini yorib, qatig‘ini chiqarib yubordimmi?“ —
deb esi chiqib ketgan ekan. Men bo‘lsam, xalfana qilamiz deb
o‘margan o‘g‘irligim ochilib qolganidan, bir chekkasi qo‘rqish
va bir chekkasi uy ichidagilardan uyalganimdan, oshxonadan
chiqib, ko‘chaga qochgan edim. Yog‘ erib oqqan, tuxum singan
bo‘lganidan, xalfanachi o‘rtoqlarimning oldiga borishdan ma’no
chiqmas edi. Kechqurun uyga qaytib kelish ham mushkul, nima
qilish kerak, qayerga borish kerak?!
O‘ylab - o‘ylab topdim. Sa’vonda bitta ammam bor. Shunikiga
boraman. O‘zi befarzand. O‘zi ham, eri ham meni juda yaxshi
ko‘rishadi, bularning uyida kishi zerikmaydi ham. Ammamning
eri mo‘ynado‘z — kosib. Bola-chaqalari bo‘lmaganidan, uylari
biznikiga o‘xshab bozor emas — yig‘inchoq. Innaykeyin, bularning
uyi salkam ajoyibxona. Unda dunyodagi hamma narsa bor.
Ovga kirishadigan sohibchangal qushlardan — qarchig‘ay,
miqqiy, qirg‘iy; urishadigan qushlardan — dakangxo‘roz, oddiy
xo‘roz, amirkon xo‘roz, kaklik, bedana (bu so‘nggi ikkisi sayrashi
uchun ham boqilib, cho‘p qafasda, to‘rqovoqda saqlanadi).
Sayraydiganlardan: qumri, sa’va, bulbul, mayna va boshqalar.
Bulardan tashqari, faqat uyning ziynati uchun boqiladigan bitta
ov tozisi, bitta ko‘ppak, bitta laycha kuchuk, besh-oltita bolalari
bilan ko‘ppak, bitta Buxoro baroq mushugi bor edi.


Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish