Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

Jonatan Svift
(1667—1745)
Ingliz adibi Sviftning „Gulliverning sarguzashtlari“ romanini
o‘qimagan kitobxon topilmasa kerak. Adib romanda ochko‘z,
molparast, mansabparast, tekinxo‘r, takabbur qirollar va vazirlar
hukmronlik qilgan jamiyatda inson hech qachon baxtini topa
olmasligini Gulliver sayohat qilgan o‘lkalar timsolida ochiq-ravshan
ko‘rsatadi.
GULLIVERNING SARGUZASHTLARI
(Romandan parcha)
Men Nottingemshirda tug‘ilganman, u yerda otamning uncha
katta bo‘lmagan mulki bor edi. Yoshim o‘n to‘rtga to‘lganda otam
meni Kembrij shahridagi Imanuyel kollejiga o‘qishga yubordi. U
yerda uch yil bilimlarni zo‘r hafsala bilan o‘rgandim. Biroq kollejda
o‘qishim uchun mablag‘ yetkazib berishga otamning qudrati yetmay
qoldi, shuning uchun meni u yerdan olib, Londondagi mashhur
shifokor Jems Betsga shogirdlikka berdi, undan to‘rt yil ta’lim
oldim. Otam har zamonda yuborgan pullarning hammasini
navigatsiya hamda matematikaning boshqa sohalarini o‘rganishga
sarfladim. Bu fanlar hamma sayohatda qo‘l kelishi mumkin, men
esa, taqdir meni sayohatchi qiladi, degan fikrga qattiq ishongandim.
Mister Betsnikidan ketib, uyga Nottingempshirga qaytib keldim.
Otam, tog‘am Jons hamda boshqa qarindosh-urug‘larimizning
qo‘llab-quvvatlashi tufayli qirq funt to‘plashga muvaffaq bo‘ldim
va ma’lumot olishni davom ettirish uchun Leydenga jo‘nashga ahd
qildim.  Qarindosh-urug‘larim menga har yili o‘ttiz funtdan pul
yuborishga va’da qilishdi. Leyden shahrida uzoq sayohatlarda asqotib
qolishini bilib, ikki yil-u yetti oy tibbiyotni o‘rgandim.
www.ziyouz.com kutubxonasi


2 4 9
Leydendan qaytgach, saxovatli ustozim mister Betsning
yordamida kapitan Eibregem Pennell qo‘mondonlik qilayotgan
„Qaldirg‘och“ kemasiga jarroh bo‘lib ishga kirdim. Ana shu kemada
uch yarim yil xizmat qildim. Levant va boshqa mamlakatlarga sayohat
qildim. Yurtimga qaytgach, Londonga ko‘chib kelishga jazm etdim.
Mister Bets bu fikrimni judayam ma’qulladi va meni bir qancha
bemorlarga tavsiya etdi. Men Old-Juridagi uncha katta bo‘lmagan
uyning bir qismini ijaraga oldim, Nyugetstritda yashovchi
paypoqfurush mister Edmond Bertonning qizi miss Meri Bertonga
uylanib, to‘rt yuz funt sep oldim.
Oradan ikki yil o‘tgach, saxovatli ustozim Bets vafot etdi:
maoshim keskin kamayib ketdi. Do‘stlarim juda oz edi, ko‘pgina
hamkasblarimning bema’ni qiliqlariga taqlid qilishga esa vijdonim
yo‘l qo‘ymadi. Shuning uchun ham xotinim va ba’zi tanish-
bilishlarim bilan maslahatlashib, yana dengizchi bo‘lishga ahd qildim.
Olti yil mobaynida kema jarrohi bo‘lib ishladim, ikkita kema
almashtirdim. Ost hamda Vest-Indiyaga bir necha marta sayohat
qildim. Ana shu xizmatda o‘z ishlarimni ancha o‘nglab oldim.
Safarga ketayotganda ko‘plab kitob olar va bo‘sh vaqtlarimni
qadimiy hamda yangi eng yaxshi yozuvchilarning kitoblarini o‘qishga
bag‘ishlardim, qirg‘oqqa chiqqanda esa yerli aholining urf-odatlarini
kuzatardim, tillarini o‘rganardim. Xotiramning yaxshiligi tufayli
bularni osongina o‘zlashtirib olardim.
Keyin sayohatim uncha muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Dengiz
me’damga tegdi, xotinim, bola-chaqalarim bilan uyda qolmoqchi
bo‘ldim. Men dengizchilar orasida bo‘lib ko‘proq tajriba orttirish
niyatida Old-Juridan Fegter-Leynga, u yerdan Uoppingga
ko‘chdim, lekin mo‘ljalim amalga oshmadi. Uch yillik behuda
kutishdan keyin „Ohu“ kemasining egasi, kapitan Vilyam
Prichardning naf keltiradigan taklifini qabul qildim, u bilan
Janubiy dengizga
1
 jo‘nadim.
Biz Bristoldan 1699- yil 4- mayda yo‘lga chiqdik. Avvaliga
sayohatimiz juda muvaffaqiyatli bo‘ldi. Hamroh shamol kemamizni
oldinga yo‘naltirdi. Ko‘p o‘tmay Ost-Indiya tomon yo‘l oldik.
Xuddi shu paytda dahshatli bo‘ron ko‘tarildi. Dovul bizni
Vandimen Yeridan shimoli-g‘arb tomonga qarab surib ketdi. Biz
janubiy kenglikning 30° 2` ida edik. Ekipajimizdagi  o‘n ikki kishi


Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish