Daniyel Defo
(1660—1731)
Jahon bolalar adabiyotining shoh asarlaridan biri „Robinzon
Kruzo“dir. Bu kitobning yozilganiga ikki yuz ellik yildan ham ko‘p
bo‘lgan. Bu sarguzasht roman buyuk ingliz adibi Daniyel Defoning
qalamiga mansubdir.
Defo uzoq umri davomida ko‘p kitoblar yozgan, ammo hech
biri „Robinzon Kruzo“chalik shuhrat qozonmagan.
Adib bu romaniga Ibn Sinoning bir orolda yolg‘iz yashovchi
bola haqidagi „Hay y ibn Yaqzora“ asarini hamda XVII asr oxiri
va XVIII asr boshlarida kimsasiz orolda 28 yil yashagan shotlandiyalik
Aleksandr Selkirkning boshidan kechirgan sarguzashtlarini asos
qilib olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |