N. A. Nekrasov
(1821— 1877)
Ruslarning ulug‘ shoiri Nikolay Alekseyevich Nekrasov xalq
kuch-qudratiga, uning porloq kelajagiga qattiq ishonar edi. Bu ruh,
isyonkorlik, kelajakka komil ishonch, zamonning, davrning
nobopligidan nolish, qahr-g‘azab „Bolalar yig‘isi“, „Dehqon
bolalari“, „Temiryo‘l“, „General Toptigin“ kabi she’rlarida bo‘rtib
turadi. Masalan, „Dehqon bolalari“ she’rini olib ko‘raylik. Unda
dehqon bolalari bilan pomeshiklarning bolalari o‘zaro chog‘ishtiriladi.
Dehqon bolalari mehnatda o‘sganliklari sababli, ular baquvvat, tetik,
insoniy xislatlari jihatidan dvoryan bolalaridan ustun turadilar. Bu
asar yosh kitobxonda dehqon bolalariga nisbatan muhabbat,
mehnatga qobiliyatsiz, tekinxo‘rlarga nisbatan nafrat hissini uyg‘otadi.
„Sasha“, „Ayoz-hukmdor“, „Kuzak“, „Bulbullar“ she’r-
larini maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar sevib tinglaydilar va
katta estetik zavq oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |