Bobil dini. Bobilda ilm fan, yozuv



Download 31,44 Kb.
bet4/4
Sana16.01.2022
Hajmi31,44 Kb.
#372037
1   2   3   4
Bobilda ilm fan, yozuv. Fan taraqqiyotining muhim omili insonning xoʻjalik faoliyati boʻldi, chunki u oʻlchovlar tizimini ishlab chiqishni, yer maydoni oʻlchamlarini, don omborlari va sunʼiy suv havzalari hajmini aniqlash usullarini bilishni, kanallar qazish, imoratlar qurish va hunarmandchilikda band boʻladigan ishchi kuchini hisoblay olishni talab qilardi. Ana shu omillarning natijasi oʻlaroq miloddan avvalgi 3-ming yillik oxirida shumerbobil matematikasi yaratildi. Bobil matematiklari shumerliklar ilgariroq yaratgan oltmishlik pozitsion hisob tizimidan keng foydalanishgan; shu tizim asosida turli hisoblash jadvallari: sonlarni boʻlish va koʻpaytirish, sonlarning kvadratlari, kublari hamda kvadrat va kub ildizlari va boshqa jadvallarni tuzishgan (qarang Matematik mixxat matnlari). Bobilliklar kvadrat tenglamalarni yechishgan, "Pifagor teoremasi"ni va turli "Pifagor sonlari"ni topish usullarini (Pifagordan ming yildan ortiq vaqt ilgari) bilishgan; yer maydonlari, joylar, ayrim binolar tarxlarini chizishgan (lekin masshtabga rioya qilishmagan), fazoviy jismlarning hajmini aniqlay olishgan.

Bobilliklar kimyo borasida ham katta muvaffaqiyatlarga erishishgan, bu yutuqlar albatta sof amaliy tarzda boʻlgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillikdan boshlab jez tayyorlashning koʻplab reseptlari saqlanib qolgan, sirkori sopol buyumlar va ularning rangbarang naqshlari maʼlum boʻlgan.

Bobilda geografik tasavvurlarni ibtidoiy chizmalar — "dunyo haritasi"da umumlashtirishga harakat qilingan. Haritada yer yassi koʻrinishda va uni togʻlardan oqib keluvchi Dajla va Furot daryolari kesib oʻtgan tarzda tasvirlangan. Bularning hammasi dunyo okean bilan oʻralgan va yer ham uning ustida suzib yuradi deb tasavvur qilingan. Bobilliklar oʻzlari yashayotgan joyni odamlar yashaydigan quruqlikning markazi deb bilganlar. Okean "osmon toʻgʻoni" bilan oʻralgan, uning ustida bir necha (uchta yoki yegtita) osmon gardishi oʻrnashgan, yer ostida esa jahannam ("Ulugʻ togʻ") joylashgan deb oʻylaganlar. Lekin savdo ishlari bilan uzoqyaqin mamlakatlarga qatnagan bobillik savdogarlarning geografik tasavvurlari ancha keng boʻlgan (1-ming yillik boshlarida ularga Pirenei ya.o.dan Hindiston ya.o.gacha boʻlgan yerlar maʼlum edi).

Oʻsha davrda tibbiyot ham jadal rivojlandi. Jarrohlik yoʻli bilan oyoqqoʻllarni kesib tashlash, singan joylarni bitirish, koʻzga tushgan oqlarni olib tashlash va boshqa tibbiy muolajalar bajarilar edi. Miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmidan va 1-ming yillikning 1 yarmidan hozirgacha yetib kelgan tibbiy matnlarda inson tanasining boʻlaklari anatomik tizimga solinganligi maʼlum boʻldi. Baʼzi kasalliklar va tegishli dori-darmonlar ham muayyan tizimga solingan ekan.

Astronomik va meteorologik qaydlardan ilmi nujum (astrologiya) va falakiyotshunoslik (astronomiya) rivojlana boshladi. Qoʻzgʻalmas yulduzlarga zid oʻlaroq ohista oʻtlab yurgan qoʻylarga qiyoslasa boʻladigan sayyoralar aniklandi va ular "bibbu" (sayyora) va "echki" (oʻzb. "qoʻy") deb ataldi. Har qaysi sayyora oʻziga monand alohida nom bilan ataldi ("bibbu" deb atalgan Merkuriydan tashqari): Zuhra (Venera) — "Dilbat", Yupiter — "Mulubabbar" ("yulduzquyosh"), Mars — "Zalbatanu" va Saturn — "Kaymanu". Sayyoralar harakatini kuzatish ham oʻsha davrda boshlandi; xususan, Zuhra sayyorasining harakatini oʻrganishga doir matnlar saqlanib qolgan. Falakiyotshunoslikning qiyosan tezroq rivojlanishiga sabab oy takvimi (kalendar)ga ehtiyoj kattaligi boʻlsa ajab emas. Miloddan avvalgi 2-ming yillik oʻrtalaridayoq yulduzlar turkumlarining bayoni berildi, yoritqichlarning geliakal chiqishlari qayd qilib borildi va boshqa Miloddan avvalgi 1-ming yillik oʻrtalaridan boshlab kabisa oylarni kiritish uchun qatʼiy qoidalar belgilandi, hisoblash falakiyotshunosligi jadal rivojlandi. Bobil falakiyotshunoslarining fanga qoʻshgan katta hissasi sarosning ochilishi boʻldi.

Bobil falakiyotshunosligi qoʻshni xalqlar, shu jumladan, qad. yunon faniga ham katta taʼsir koʻrsatdi.

Shumerbobil oʻlchovlar va toshlar tizimi qad. Old Osiyo oʻlchovlar tizimiga ham asos boʻldi, oltmishlik pozitsion sanoq tizimi esa bizning davrimizgacha yetib keldi. Maye, graduslar (soatlar), minutlar va sekundlar aynan "oʻsha" oltmishlik tizimiga asoslangan.

Bobil fani asoslari bilan qoʻshni xalqlar — elamiylar, xurriylar, xettlar, finikiyaliklar ham tanish boʻlishgan. Unga Ossuriyaning qoʻshgan ulushi uncha sezilarli boʻlmagan, lekin Bobilda yaratilgan ilmiy asarlarning aksariyati mil.av 12—7-asrlarga oid Ossuriya kutubxonalari orkali hozirgi davrgacha yetib kelgan. Yunon ilmfani Bobil ilmfanining ayrim yutuklarini (Finikiya va Kichik Osiyo orqali) oʻzlashtirgan, ammo Bobil astronomiyasi yunon astronomiyasiga bevosita taʼsir koʻrsatgan.

Miloddan avvalgi taxminan 2100-yilda tuzilgan "Podshohlar roʻyxati"ni tarixning fan sifatida boshlangan payti deb hisoblaydigan ilmiy konsepsiya mavjud. Bu asar eng qad. davrlardan — "podshohlik osmondan tushgan" paytdan to soʻnggi podshohlargacha boʻlgan davr mobaynidagi tarixiy voqealarning bayonidan iborat. Bu roʻyxat podshoh hokimiyatini mutlaq ekanligi gʻoyasini asoslash uchun tuzilgan.



Avval suratlar, keyinchalik rivojlanish jarayonida vujudga kelgan mixxatlar tarzidagi yozuv belgilari roʻyxatini koʻhna Ikki dare oraligʻiga mansub ilk ilmiy bitiklar deb hisoblash mumkin. Xuddi shunday belgilar asosida yozilgan terminlar roʻyxati ham bor. Bu kabi roʻyxatlar taxminan miloddan avvalgi 3-ming yillikda tuzilgan. Keyinchalik turmush taqozosiga koʻra filologiya sohasida muayyan bilimlar toʻplangan. Shumer tili jonli soʻzlashuvdan qolib, uning oʻrnini akkad tili egallashi munosabati bilan shumer tilini din va oʻqituv (maktab) tili sifatida oʻrganish uchun qoʻllanmalar yaratilgan, turli sohalarga xususan, oʻsimliklar, hayvonot va minerallar va boshqalarga oid soʻzlar, maxsus terminlar roʻyxati tuzilgan. Miloddan avvalgi 2-ming yillik boshlarida shumerakkad umumiy va terminologik lugʻatlari paydo boʻlgan, hatto etimologik lugʻatlar tuzish uchun harakatlar boʻlgan. Keyinchalik mazkur hududda va undan tashqarida koʻp tilli lugʻatlar ham tuzilgan: mas, shumerakkadgarbiy somiyxurriy, shumerakkadxett va boshqa Grammatikaga oid qoʻllanmalar tuzilgan. Koʻhna Ikki dare oraligʻida ilm-fan oʻchogʻi boʻlib (2-ming yillik oʻrtalarigacha) edubbalar, yaʼni dunyoviy bilimlar beruvchi maktabakademiyalar hisoblangan, ularda asosan mirza (xattot)lar tayyorlangan. Yana ehromlar maktabi ham mavjud boʻlganligi ehtimoldan xoli emas. Maʼlumotli kishi uchun mirzolik faxrli unvon boʻlgan. Iqtidori hamda ixtisosligiga koʻra mirzolarning 20 turi farqlangan. Maktabga oid didaktik matnlar orasida dehqonchilik boʻyicha qisqacha maʼlumotnoma hisoblangan "Dehqon uchun oʻgitlar" ayniqsa mashhurdir. Bizgacha yetib kelgan mif larda asosan sugʻorma dehqonchilik, hamda oʻtroq ovchilik va chorvachilik bilan shugʻullanuvchi aholining tasavvurlari oʻz aksini topgan. Ikki daryo oraligʻidagi qad. xalkdar tushunchasiga koʻra, yer tekis boʻlib, suv ustida turadi, atrofi ham suvliklar bilan oʻralgan. Bu suvlar yer yuziga quduq va daryo suvlari sifatida chiqadi, ular osmon suvlaridan "Osmon toʻgʻoni" bilan ajratilgan va bu toʻgʻonda bir necha qattiq osmon jismlari — havo, Quyosh, Oy, sayyoralar hamda harakatlanmaydigan yulduzlar joylashgan. Yer qaʼri — oʻliklarning zulmatga choʻmgan shahri. Olam yoki ona xudo, yoki erkak xudo (Enlil, Marduk; keyingi davr mifologiyasida) yaratilgan. Mac, Bobil miflariga koʻra (miloddan avvalgi 2-ming yillik) keksa avlod va yosh avlod xudolar oʻrtasidagi kurashda keksa xudolarga maʼbuda Tiamat ("Dengiz"), yosh xudolarga maʼbud Marduk boshchilik qilgan. Marduk Tiamatni halok etadi va uning tanasini ikki nimta qiladi. Bir boʻlagini yer osti suvlariga, ikkinchi boʻlagini osmon suvlariga aylantiradi. Toʻfon haqidagi mif boshqa miflar orasida alohida diqqatga sazovor. Unda aytilishicha, bu toʻfonda yolgʻiz bir odam — donishmand Ziusudr (shumer mifologiyasida; akkad mifologiyasida — Utnapishti) kemada qutulib qolgan. Bu miflarga hayotiylikni balki Ikki daryo oraligʻida tez-tez yuz berib turgan halokatli suv toshqinlari baxsh etgan boʻlishi mumkin. Maʼbuda Innin (shumerlarda; akkadlarda — Ishtar) haqidagi mifda bayon qilinishicha, u marxumlar maʼbudasi bilan bahslashish uchun oʻliklar dunyosiga tushadi, ammo oʻz sevgilisi Dumuzini oʻzi uchun tovon sifatida oʻliklar maʼbudasiga qoldirib yer yuziga qaytib chiqishga muvaffaq boʻladi. Eng qiziqarli qahramonlik miflari mahalliy turkumlarga guruxdanadi. Uruk shahri miflari turkumi ichida Enmerkar, Lugalband va Gilgamesh nomlari bilan bogʻliq miflar eng diqqatga sazovor miflardir. Shuningdek, burgut va ilonning bir-biriga dushmanligi hamda qahramon Etanining burgut ustida koʻkka koʻtarilishga urinishi haqidagilari mashhur.



Download 31,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish