O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
Arxitektura va qurilish fakulteti
Arxitekturaviy loyihalash kafedrasi
Bino va inshootlar rekonstruksiyasi fanidan
MAVZU:
Binoning shikastlanishini aniqlash
BAJARDI:
Narzullayev Eldor
TEKSHIRDI
:
Qo’ldoshev E
Jizzax 2022
Mavzu: Binoning shikastlanishini aniqlash
Binolarni vazifasiga ko’ra foydalanish texnologik ekspluatatsiya deb qabul qilingan.
Binoni yaroqli holda saqlash bilan bog’liq jarayonlar esa texnik ekspluatatsiya deb ataladi.
Har bir bino vazifasiga ko’ra me’moriy jihatdan ko’rimli, chiroyli va umrboqiy
bo’lishi lozim. Unda issiqlik va tovush izolyatsiyasi, hamda germetiklik ta’minlanishi,
sanitar-
texnik qurilmalar mavjud bo’lishi kerak.
Binolarning ekspluatatsiyaga yaroqlilik omilllari
2 guruhda o’z ifodasini
topish mumkin:
Birinchi guruhga fizik-kimyoviy omillar ta’siri ostida konstruktiv ishonchlilik va
jismoniy chidamlilikni
tavsiflovchi parametrlar, ayniqsa, mustahkamlilik, barqarorlik,
konstruksiyalarning
namlanishiga
va
muzlashiga
chidamliligi,
yo’l qo’yiluvchi
deformatsiyalar, tomqoplamalarning germetikligi, gidroizolyatsiya va boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruh vazifasiga funksional muvofiqlikni tavsiflovchi parametrlar – ma’naviy
umrboqiylik, faoliyat-yashash sharoitlari (omborxonalardan tashqari), xususan:
nisbiy maydon va kubaturalari, xonalarning harorat-namlik rejimi, to’siqlarning germetikligi, tovush
izolyatsiya, namligi va boshqalar kiradi.
Binolarni qurishda loyihada ko’rsatilgan parametrlarning qiymatini ta’minlashi loyiha
va QMQ talablarini aniq bajarilishi qurilish-montaj ishlarini yuqori sifatli bo’lishi orqali
ta’minlanadi. Har qanday bino berilgan xizmat muddati mobaynida loyihada ko’zda tutilgan va
qurishda unga berilgan sifat darajasi saqlanishini hisobga olgan holda quriladi. Masalan,
devor
etarli mustahkamlik va tovush izolyatsiya hossalari bilan bir qatorda o’zining butun xizmat
muddati mobaynida 1 soatda 1 kv.m yuzasidan hisobiy miqdor kaloriyadan ko’p bo’lmagan
issiqlik o’tkazishi kerak, isitish tizimi esa o’z navbatida xonaga ma’lum miqdordagi issiqlikni
etkazib berishi lozim va shu kabilar.
Binoning ma’lum chegaralarida unga qo’yilgan parametrlarni saqlash hossasi binoning
ishonchliligi deb ataladi. U me’yoriy vaqt mobaynida berilgan ekspluatatsiyaviy sharoitlarda
talab qilinuvchi parametrlarni saqlashi ehtimoli bilan baholanadi.
Ishonchlilik loyihalashtirish jarayonida mustahkamlik, barqarorlik, germetiklik va shu
kabilarni hisoblash vaqtida qo’yiladi. Bunda ashyolarning xossalarini konstruksiyalarning
ishlash sharoiti bilan bog’lovchi koe’ffitsientlar konstruksiyaning
yaroqli holda tutib qabul
qilinadi. Binolarning ishonchliligi uni qurishda yuqori sifatli ashyolardan foydalanish, ish
texnologiyasiga qat’iy rioya qilish, loyiha talablariga to’la muvofiqlik orqali ta’minlanadi.
Ekspluatatsiya jarayonida binolarning ishonchliligi pasayishi mumkin, zero tabiiy
ta’sirlar ostida, asosan tashqi tarafdan atmosfera omillari va ichki
tarafdan turli tajovuzkor
texnologik chiqindilar ta’sirida konstruksiya eskiradi va sekin-asta emiriladi. Ekspluatatsiya
xizmatining vazifasi berilgan xizmat muddati mobaynida binolardagi ko’zda tutilgan
parametrlarni saqlanishini ta’minlovchi chora tadbirlar ishlab chiqilishi va ularni amalga
oshirilishdan iborat.
Bino parametrlarining saqlanganligiga, ya’ni ularning ishonchligiga ko’plab
konstruksiyaning hisobiy sxemasini haqiqiy ish sharoitiga mosligidan
to ashyolar sifati va
ularni tayyorlash texnologiyasiga rioya qilinishigacha bo’lgan omillar katta ta’sir ko’rsatadi.
Binobarin, bu omillarning ko’pchiligi tasodifiy tavsifga ega ekanligidan, ishonchlilik extimoli
tavsif kasb etiladi.
Bino ishonchliligi 3 asosiy tavsif bilan baholanadi:
1)
buzilmasdan ishlash extimoli (asllik);
2)
umrboqiylik;
3)
remontga yaroqlilik.
Binoning umrboqiyligi deb, shunday vaqt tushuniladiki, uning mobaynida, remontga
ketgan tanaffuslar bilan birga, binoga berilgan chegaralarda ekspluatatsiyaviy sifatlar saqlanib
qoladi. Ular to’liq remontda o’zgartirilmaydigan qismlar: devorlar, karkaslar,
poydevorlar
xizmat muddati bilan aniqlanadi.
Binoning qator konstruksiyalari (tom, pol, deraza romlari, muhandislik qurilmalari
va boshqalar) odatda kamroq umrboqiylikka ega bo’ladi, shuning uchun ular,
birinchidan,
davriy ravishda qoplamalar bilan himoyalanadi, ikkinchidan eskirish darajasiga qarab
o’zgartiriladi.
Umrboqiylik asosan 2 xilga bo’linadi: jismoniy va texnologik yoki ma’naviy
umrboqiylik.
Jismoniy umrboqiylik konstruksiyalarning jismoniy va texnik: mustahkamlik,
germetiklik, issiqlik va tovush izolyatsiyasi va boshqa tavsiflarga bog’liq.
Texnologik yoki ma’naviy umrboqiylik binoning o’z
mosligiga, unda sodir
bo’layotgan funksional yoki texnologik jarayonlarga bog’liq bo’ladi.