1. Sistemalar holatini ehtimolligi 2. Gibbs taqsimoti 3. Maksvell-Boltsman taqsimoti 4. Molekulalar sonining tezliklar bo’yicha taqsimoti
Makroskopik sistemalar xossalarini molekulyar-kinetik tasavvurlar asosida va matematik statistik usullar bilan o’rganuvchi nazariy fizika bo’limi statistik fizika deb ataladi. Termodinamik sistemalarning holatlari termodinamik parametrlar-sistema holatini tavsiflovchi hamma fizik kattaliklar qiymatlari bilan aniqlanadi. Agar termodinamik parametrlardan biri boshqa qiymatga ega bo’lsa, bunda sistemaning holati har xil bo’ladi. Agar holat vaqt bo’yicha o’zgarmasa statsionar holat deyiladi. Statsionar holatdagi sistemani muvosohat holatdagi sistema deyiladi. Asosiy termodinamik parametrlar bosim, harorat va hajmdir. Termodinamikada sistema holatlari kattaliklarini ichki va tashqiga ajratiladi. Sistemaga ta`sir etayotgan tashqi jismlar koordinatasiga bog’liq bo’lgan parametrlar tashqi deyiladi. Masalan, gazni hajmi tashqi jism-idish devorlariga bog’liq bo’lgani uchun tashqi kattalik hisoblanadi. Jism tashkil topgan zarrachalar tezliklariga bog’liq bo’lgan kattaliklar ichki kattaliklar deyiladi.Masalan, bosim va sistema energiyasi. Statistik fizika muvosohat holatdagi sistemalarni ko’rib chiqadi. Statistik fizikaning asosiy vazifasi sistemalarni atom to’zilishi nuqtai nazaridan xossalarini o’rganishdan iborat. Statistik fizikada kvant mexanikasida o’rganiladigan alohida atom, molekula elementar zarrachalar xossalari va qonunlari asos qilib olinadi. Ko’p sonli zarrachalardan tashkil topgan sistemalar holatini statistik qonuniyatlar bilan angiklanadi. Buning uchun fizik kattaliklarni o’rtacha qiymati olinadi. Alohida zarralar harakatini tavsiflaydigan qonuniyat (dinamik qonuniyatlar) lar bilan statistik qonuniyatlar orasidagi bog’lanish shundan iboratki, statistik fizika o’rganadigan makroskopik sistemalar xossalari alohida zarralar harakat qonunlariga bog’liq. Sistemalar holatini ehtimolligi Turli sistemalar holati u yoki bu ehtimollik bilan aniqlanadi. i holatni i ehtimolligi, bu holat bo’lishi mumkin bo’lgan ti vaqtni, sistemani ko’zatish tola vaqtga nisbatini chegarasiga aytiladi.